Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
grammatik shakllar bo‘lishi lozim. Hikoya qilishni mashq qilishdan oldin leksik, grammatik 
(zarur xollarda – fonetik) mashqlar bajarilishi, shuningdek, suhbatlashishni mashq qilish zarur. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalarning uchta turini ko‘rsatish mumkin: 
– qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida nimani 
ko‘rayotganligi haqida hikoya); 
– xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalarni qabul qilganligi 
haqida hikoya); 
– tasavvur asosida hikoya qilish (o‘ylab topilgan hikoya). 
Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan bo‘lib, bolalar 
faktlarni bayon qiladilar. 
Tasavvurga asoslangan hikoyalar ijod maxsuli bo‘lib, unda hikoyachi bola mavzuga 
qarab o‘z tajribasining shaklini o‘zgartiradi hamda yangi vaziyat va obrazlar yaratadi. 
Hikoya – biron-bir fakt, voqeaning mustaqil tuzilgan keng qamrovli bayonidir. 
Hikoya tuzish – hikoya qilib berishga nisbatan ancha murakkab faoliyatdir, chunki 
bolalarning o‘zi ushbu mavzu bo‘yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy shaklini tanlashlari, uni 
ketma-ket (tarbiyachi yoki o‘z rejasi asosida) bayon qilishlari zarur. 
Hikoyalar shakliga ko‘ra tavsifiy va syujetli bo‘lishi mumkin. 
Tavsiflash – narsa yoki hodisaning o‘ziga xos belgilarini bayon qilishdir. Tavsiflash qisqa 
bo‘lishi va muayyan tuzilma asosida tuzilishi lozim: dastlab narsaning nomi aytiladi, so‘ngra 
uning o‘ziga xos belgilari, uning qismlarining nimaga mo‘ljallanganligi va ular o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqlik hamda narsaning vazifasi bayon qilinadi. Tavsifiy hikoyalar qiyosiy (qarama-
qarshi belgili hamda hajmi, rangi, materiali, qismlari, shakliga qarab bosqichma-bosqich 
taqqoslanadigan ikki narsani tavsiflash) va izoxlovchi (mulohaza yuritish, isbotlash bilan 
birgalikda hikoya qilish va aytilayotgan harakatlarni bajarib ko‘rsatish) bo‘lishi mumkin. 
Syujetli (bayoniy) hikoya – voqealarni biron-bir qahramon bilan birgalikda vaqt bo‘yicha 
ketma-ketlikda aytishdir. Bolalarga uni odatdagi tuzilma asosida tuzishni o‘rgatish zarur – 
dastlab qahramonning nomi aytiladi, ba‘zan uning tashqi ko‘rinishi tavsiflanadi, birinchi voqea 
bayon qilinadi, u qachon va qayerda yuz berganligi tushuntiriladi, so‘ngra ikki-uch lavxa 
keltiriladi va hikoya yakunlanadi. 
Bitta mashg‘ulotda bitta fikrdagi hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo‘l qo‘yish 
mumkin: bola o‘yinchoqni tavsiflab (qabul qilish asosida hikoya) bo‘lganidan so‘ng uni 
qayerdan sotib olganligi yoki uni qanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib 
berishi mumkin. 
YUqorida sanab o‘tilgan barcha hikoyalar turlari ta‘lim maqsadlaridan kelib chiqqan 
holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin. 
Hikoyaning maxsus vazifasi (qayta hikoya qilish vazifasi kabi) – monologik nutqni 
rivojlantirishdan iborat.
Tarbiyachi hikoya qilishni o‘rgatishni savollar zanjiri yordamida, ya‘ni bolaning bayon 
qilish, tavsiflash yoki mulohaza yuritishda mantiqqa amal qilishni ko‘zda tutuvchi reja 
yordamida amalga oshiradi. 
Hikoya rejasi oddiy bo‘lishi, ya‘ni bir chiziqdagi savollar zanjiri shaklida yoki murakkab, 
ya‘ni keng tarmoqlangan qo‘shimcha (aytib turuvchi yoki faqat yo‘naltiruvchi) savollar zanjiri 
shaklida bo‘lishi mumkin. 
Turli yosh guruhlaridagi bolalar bilan mashg‘ulotlar turlicha o‘tkaziladi va ushbu 
mashg‘ulotlarda bolalarga qo‘yiladigan talablar ham turlicha bo‘ladi. 
Hikoyaga oid mashg‘ulotlarda doimo taniqli she‘rlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlarni 
esga olish maqsadga muvofiqdir: bu bolalarning emotsional kayfiyatini ko‘taradi va ularning 
hikoyalarini yanada ifodali qiladi. 
Monologik nutqqa oid mashg‘ulotlarni real ob‘ektlarga (quyoncha) tayanish usullari 
yordamida va real narsalarni eslash (farrosh mexnati haqida hikoya) asosida o‘tkazish 
maqsadga muvofiqdir. 



Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling