Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet100/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Bolalar suratlarga qarab hikoya qilishni tegishli suratlarni (harakatlanadigan yoki 
harakatlanmaydigan) ko‘rib chiqish jarayonida o‘rganadilar. 
Statik suratlar – bu tavsiflash uchun didaktik materiallardir: ularda tasvirlangan narsalar 
yoki harakatlar haqida hikoya qilish bir vaqt rejasida olib boriladi. 
Harakatlanadigan suratlar – (bosmaxonada chop etilgan turkum suratlar, diafilmlar, 
diapozitivlar va boshq.) – bayon qilish uchun didaktikmateriallardir: ularda tasvirlangan 
narsalar yoki harakatlar bir-biridan keyin keladigan vaziyatlardan iboratdir. 
Mulohaza yuritish uchun materialni har qanday surat berishi mumkin, faqat buning uchun 
―nima uchun?‖ (u yoki bu voqea, harakat yuz berdi) yoki ―qanday vaziyatda?‖ (narsa u yoki bu 
belgiga ega bo‘ladimi-yo‘qmi?) degan savol to‘g‘ri qo‘yilsa bo‘ldi. 
Bolalar tarbiyasi mavzusiga oid statik suratlardan didaktik material sifatida foydalaniladi: 
ular oson kompozitsiyaga ega bo‘lib, ularda ayrim ob‘ektlarni ajratib ko‘rsatish, ularning 
o‘zaro munosabatini aniqlash ham osondir (―Biz o‘ynayapmiz‖, ―Uy xayvonlari‖, ―YOvvoyi 
xayvonlar‖, ―Yil fasllari‖ va boshq.). 
Harakatlanadigan suratlar bilan ishlash metodikasi kitobning o‘z shakli bilan belgilanadi. 
Bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan ertaklar va hikoyalarga ishlangan diafilmlar va diapozitivlar 
bolalarga monologik nutqni o‘rgatish uchun ayniqsa, juda qulaydir. Dastlab bolalar ularni ko‘p 
marta tomosha qiladilar, uning titrlari o‘qib chiqiladi (pedagog yoki ota-ona tomonidan), 
so‘ngra titrlarni o‘qishdan bolalarning kadrlarda tasvirlangan lavxalarni hikoya qilib berishiga 
o‘tiladi. 
Monologga o‘rgatish jarayoni (bayon qilish, tavsiflash, mulohaza yuritish) shundan 
iboratki, tarbiyachi o‘z rejasi (savollar zanjri) asosida birinchidan, bolaga mavzudan chiqib 
ketmaslikka, voqealarni mantiqiy ketma-ketlikda bayon qilishga yordam beradi, ikkinchidan, 
hikoyachi nutqining emotsional ifodaliligi haqida qayg‘uradi va ushbu mavzu uchun mos 
keladigan she‘rlar, ertaklar, topishmoqlar, yozuvchilar hikoyalari parchalarini taklif qiladi. 
Bolalarning tasavvur asosidagi og‘zaki to‘qima hikoyalari monologik nutq turlaridan biri 
hisoblanadi. Xayolparast bolalar suratlarning boshlanishi yoki nihoyasini ishtiyoq bilan o‘ylab 
topadilar, ya‘ni suratlarda tasvirlangan voqealardan oldin yuz berishi mumkin bo‘lgan 
voqealarni yoki suratda tasvirlangan voqealardan keyin yuz berishi mumkin bo‘lgan voqealarni 
o‘zlari to‘qiydilar; tanish ertaklar yoki hikoyalar mavzusida kontaminatsiya
13
tuzadilar, 
qahramon nomidan (1 –shaxs nomidan hikoya qilish) hikoya qiladilar, unda yil faslini 
o‘zgartiradilar va x.k.; o‘zlari ertak hamda hikoyalar to‘qiydilar. 
Bolalar ijodlarini quyidagi tarzda tasniflash mumkin:
– suratlar asosida ijodiy to‘qima; 
– badiiy asarlar mavzusidagi kontaminatsiyalar; 
– ertaklar, hikoyalarni erkin to‘qish. 
Surat asosida ijodiy to‘qishni maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan amalga oshirish 
tavsiya etiladi. Hikoya suratda tasvirlangan har qanday narsa haqida bo‘lishi mumkin. 
Badiiy asarlar mavzusidagi kontaminatsiyalar. Bolalar katta ishtiyoq bilan o‘zlarini o‘z 
sevimli qahramoni (qahramonlari) tushib qolgan vaziyatlarga qo‘yib ko‘radilar, uning 
harakatlarini o‘zlashtiradilar, muallifni ―tuzatadilar», asar qahramonlarining muayyan 
vaziyatlardagi sarguzashtlarini ijodiy jihatdan qayta hazm qiladilar. Bolalarning ushbu 
xususiyatidan eng avvalo, ularda oliyjanob harakter qirralarini tarbiyalashda foydalanish zarur. 
Nutqni rivojlantirish uchun – monologni o‘rgatish: tarbiyachi yoki ota-onalardan birortasining 
iltimosi bilan rag‘batlantirilgan bolalar ishtiyoq bilan xayol sura boshlaydilar, o‘zlarini badiiy 
asarning biron-bir qahramoni (ijobiy yoki salbiy) sifatida tasavvur qiladilar. 
13
Kontaminatsiya (lotincha Contaminatio – to’qnashish, o’rnini almashtirish; matn usuli, bir asarning turli tahrirdagi qismlarini birlashtirish), BSE, 622-bet, 4-
nashri, M., 1987. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Yaxshilik va go‘zallikka qarama-qarshi qo‘yilgan ertakdagi hamda real hayotdagi 
yomonlik va badbasharalik obrazlari ham tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga egadir. 
Hikoya to‘qish – kombinatsiyani o‘rgatish metodikasi quyidagicha: bolaga ertak yoki 
hikoyaning muayyan lavxasini bu xuddi uning o‘zi bilan yuz bergani kabi o‘z nomidan aytib 
berish taklif qilinadi. Pedagog «to‘qish»ning borishini hamdardlik bilan kuzatib boradi, o‘zini 
bolaning har so‘ziga ishonayotgandek qilib ko‘rsatadi, ayni paytda bolaning nutqini kuzatib 
boradi, uning nutqidagi kamchiliklarni unga xalaqit bermasdan tuzatib boradi. Asarni tanlashda 
pedagog uning bola asar qahramonlarining ijobiy xususiyatlaridan namuna oladigan darajada 
munosib bo‘lishiga alohida e‘tibor qaratishi lozim. Zero, ushbu yoshda bolaning o‘rganganlari 
butun umrga muhrlanib qoladi. 
Erkin to‘qish shundan iboratki, bunda bolaga ertak yoki «bo‘lishi mumkin bo‘lmagan» 
loflarni to‘qish uchun to‘liq erkinlik beriladi. To‘qishga ataylab o‘rgatilmaydi, ammo erkin 
(mustaqil) ijod qilish qobiliyati maktabgacha ta‘lim muassasasida va uyda bola nutqini 
rivojlantirish ishlarining butun tizimi doirasida tarbiyalab boriladi. Bola nutqiy jihatdan 
qanchalik yaxshi tayyorlangan bo‘lsa, undagi tasavvur va ijodiy qobiliyat shunchalik yaxshi 
rivojlanadi. 
Leksikasi boy, grammatik to‘g‘ri bo‘lgan, eng asosiysi – mantiqiy va ifodali mustaqil ijod 
qilish olti-etti yoshli bolalarning qo‘lidan keladi. Bungacha ularning to‘qimalari – o‘zlariga 
tanish bo‘lgan badiiy asarlarning mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan so‘zlar 
to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Kichik yoshdagi bolalarning hikoya to‘qishga qodir emasliklarini me‘yordan chekinish, 
deb hisoblamaslik lozim. Bu tabiiy bo‘lib, bolalarning nutqi va fikrlash darajasi hali hikoya 
to‘qish uchun yetarli emasligi bilan izoxlanadi. 
Qayta hikoya qilishni mashq qilishni hikoya to‘qish borasidagi tayyorgarlik ishi 
hisoblanadi. 
Ravon nutqni (hikoya qilishni) rivojlantirishning asosiy sharti kattalar va bolaning 
birgalikdagi so‘z ijodkorligi hisoblanadi. Yuqorida qayd etilganidek, hatto besh yoshli bolalar 
ham tanish ertaklarni, to‘qima voqealarini hikoya qilishga, o‘z shaxsiy tajribasidan kelib chiqib 
hikoya qilishga qiziqa boshlaydilar. Katta odam yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollar 
berish, o‘zining qiziqayotganligini bildirish, o‘yin vaziyatlarini hosil qilish (o‘yinchoqlar, 
rasmlar to‘plami, qo‘g‘irchoq teatri qahramonlari yordamida) bola tashabbusini qo‘llab-
quvvatlashi zarur. Pedagogning hikoya mavzusini, voqealar rivojini, voqealarning ehtimoliy 
yakunini, so‘z shaklini aytib berishi birgalikdagi so‘z ijodkorligi uchun katta ahamiyatga 
egadir. Birgalikda hikoya qilib berish dastlab dialog ko‘rinishiga ega bo‘ladi, bunda katta odam 
savol beradi, bola javob beradi, katta odam gapni boshlaydi, bola esa uni nihoyasiga yetkazadi. 
Bunday dialogdan – monolog nutqi tug‘iladi. Keyinchalik bola monologi asosida bolalarning 
birgalikdagi ijodkorligi boshlanadi, u kattaning bola bilan dialogi shaklini takrorlaydi. 
Birgalikda hikoya qilish uchun yaxshi asos rasmlar turkumi bilan ishlashda, rollarga bo‘linib 
hikoya qilib berishda, o‘yin sahnalashtirishlarda yaratiladi. 
Maktabgacha katta yosh – bolaning nutqni o‘rganishga qizg‘in kirishish, til voqeligini eng 
oddiy tarzda anglash davridir. Maktabgacha yoshdagi bolaning til sohasidagi boy tajribasi, aniq, 
obrazli so‘zda ifodalangan yorqin taassurotlari, kechinmalari uning til va nutq sohasidagi mustaqil 
faoliyatining muhim shartidir. 
Muammoli nutq holatlari fonetik, leksik va grammatik mazmundagi turli so‘zli didaktik 
o‘yinlarda modellashtiriladi. Shuning uchun maktabgacha ta‘lim muassasalarida didaktik 
o‘yinlarni tashkil qilishni bolalarda so‘zga nisbatan lingvistik munosabatni rivojlantirishning 
asosiy sharti sifatida ko‘rib chiqish mumkin. 
Leksik mazmundagi o‘yinlar va mashqlar nutqning mazmun jihatini rivojlantirishning 
zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli buyumlar va ob‘ektlarni qiyoslash, ularning turli umumiy 
xususiyatlari va vazifalarini ajratish muhim ahamiyatga egadir. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Real ob‘ektlar (o‘yinchoqlar, rasmlar, kiyimlar, mebellar va x.) ham va tasavvur 
qilinadigan vaziyatlar (quvnoq va ma‘yus ayiqcha, ertagi va kechki ob-havo, qahramonning 
voqea boshidagi va uning yakunidagi kayfiyati) ham taqqoslanishi mumkin. Hikoyani 
boshlashdan oldingi lug‘at mashqlari bolalar ravon nutqining aniq va obrazli so‘zlar hamda 
iboralar bilan boyitilishiga yordam beradi. 
Turli toifadagi so‘zli o‘yinlar, mashqlar, muammoli vaziyatlarning o‘zaro bog‘liqligi, 
ularning asta-sekin murakkablashuvi, muammoli nutq vazifalarini muntazam ravishda qo‘yib 
borish-to‘laqonli nutqiy rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. Bolalar tili va ularning ravon 
nutqini rivojlantirishga doir doimiy ishlarning maqbul shakli maxsus nutq mashg‘ulotlari 
hisoblanadi, unda nutqni rivojlantirishga oid vazifalar yalpi tarzda va o‘zaro bog‘liqlikda xal etiladi. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling