Nutq texnikasi qo‘llanma Sa’nat va Madaniyat institutlarining o‘qituvchi va
Download 1,15 Mb. Pdf ko'rish
|
xrpt a3fx96eloigm4m4yxz79jv48itc394z0u5vt126e0bs4okpb0l0j94ggmi9lcykxs8fhybmyc6p
TALAFFUZ
Inson nutqidagi aniq va ravon talaffuz nutq a’zolarining sog‘lomligi va ulàrning to‘g‘ri faoliyatiga bog‘liq. Bir kishining nutq a’zolari o‘ziga zos tuzilgani uchun bir-biridan ozmi- ko‘pmi farq qiladi. Shunga ko‘ra odamlarning tovushlari ham bir-biriga o‘xshamaydi – birov ingichka, birov jarangdor, birov xirildoq talaffuz qiladi. Nutq a’zosining tuzilishi. 1-bosh miya; 2-burun bo‘shlig‘i; 3-qattiq tanglay; 4-og‘iz bo‘shlig‘i; 5-lablar; 6-tishlar; 7-til uchi; 8-til orqasi; 9-til ildizi; 10-kichik tilcha; 11-halqum; 12-hiqildoq; 13-traxåya; 14-o‘ng bronx; 15-o‘ng o‘pka; 16-diàfragma; 17-qizilo‘ngach; 18-umurtqa; 19-orqa miya; 20-yumshoq tanglay. Talaffuz vaqtida nutq a’zolarining harakati ikki holatda, ya’ni ma’lum tovushni talaffuz åtishga chog‘lanish va aytish 7 «artikulyatsiya», tovush tugagach, nutq a’zolarining o‘z joyiga (asl) qaytishi, ya’ni «råkursiya» bilàn bog‘liq. Nutq a’zolari asosan ikki turgà bo‘linadi: 1) faol nutq a’zolari – tovush paylari, lablar, til, yumshoq tanglay; 2) sust (nofaol) nutq a’zolari – o‘pka, kåkirdak, og‘iz bo‘shlig‘i, tishlar, burun bo‘shlig‘i, qattiq tanglay. Nutq a’zosiga shuningdåk, jag‘-tish qatori, kichik tilcha, ovoz paychalari, bo‘g‘iz va halqum kàbilàr kiradi. Tovushning sifati, jarangdorligi nutq a’zolarining tuzilishi va talaffuz jarayonida ishtirok åtish dàràjàsigà bog‘liq. Quyidagi holatlar talaffuzdagi nuqsonlarni keltirib chiqaradi. 1.Nutq a’zosining noto‘g‘ri tuzilishi: a) yuqori jag‘ oldinga chiqib kåtgan bo‘lsa, buning oqibatida yuqori tishlar, pastki labni bosib turadi. Bu kamchilik nutq a’zosining artikulyasiya holatiga va noto‘g‘ri talaffuzgà olib kåladi; b) pastki jag‘ning oldinga chiqib kåtish holati. Bu holat ham nutq a’zosidagi tuzilishi mushkul ko‘rinishlardan biridir. Nutqdagi bunday nuqsonlar ba’zida sirg‘aluvchi tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilishga olib kåladi. Bunga yuqori va pastki tish qatorlarining oralari ochiq joylashuvi va jag‘lar yopilganda ham qisman ochiq qolishi sabab bo‘ladi; d) uzun va yo‘g‘on til esa til harakatining sustlàshuvi va chuchuklanuviga olib kåladi; e) tilning kaltaligi (til osti pardasining pastki jag‘ga yopishgan holati) – bu duduqlanib gapirish hamda «R» va «L» tovushlarini aniq tàlàffuz qilà olmaslikka olib kåladi. 2. Nutq a’zolari mutlaqo to‘g‘ri bo‘lsayu undan noto‘g‘ri foydalanilsa; 3. Oliy asab sistemasining ayrim qismlari faoliyati buzilishi oqibatida. Nutq a’zolaridagi kamchiliklarni nutq tåxnikàsi o‘quv jarayonida, ba’zilarini åsa tibbiy usulda (jarrohlik yo‘li bilan, tish qatorlarini to‘g‘rilab torttirish) tuzatishga årishiladi. 8 Ko‘pincha bu usullàrning bàrchàsi qo‘llàngàndà ham nutqni yaxshilàshgà yordam båra olmaydi, natijada nutq avvalgi holicha qolib kåtadi. Yaxshisi bunday nuqsoni bor insonlarni san’at o‘quv yurtlariga o‘qishga kirmasliklarini tavsiya qilardik. Download 1,15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling