Nutq texnikasi qo‘llanma Sa’nat va Madaniyat institutlarining o‘qituvchi va


Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi1,15 Mb.
#1152160
1   2   3
Bog'liq
xrpt a3fx96eloigm4m4yxz79jv48itc394z0u5vt126e0bs4okpb0l0j94ggmi9lcykxs8fhybmyc6p

TALAFFUZ
Inson nutqidagi aniq va ravon talaffuz nutq a’zolarining
sog‘lomligi va ulàrning to‘g‘ri faoliyatiga bog‘liq. Bir kishining
nutq a’zolari o‘ziga zos tuzilgani uchun bir-biridan ozmi-
ko‘pmi farq qiladi. Shunga ko‘ra odamlarning tovushlari ham
bir-biriga o‘xshamaydi – birov ingichka, birov jarangdor, birov
xirildoq talaffuz qiladi.
Nutq a’zosining tuzilishi.
1-bosh miya; 2-burun bo‘shlig‘i; 3-qattiq tanglay; 4-og‘iz bo‘shlig‘i;
5-lablar; 6-tishlar; 7-til uchi; 8-til orqasi; 9-til ildizi; 10-kichik
tilcha; 11-halqum; 12-hiqildoq; 13-traxåya; 14-o‘ng bronx;
15-o‘ng o‘pka; 16-diàfragma; 17-qizilo‘ngach; 18-umurtqa;
19-orqa miya; 20-yumshoq tanglay.
Talaffuz vaqtida nutq a’zolarining harakati ikki holatda,
ya’ni ma’lum tovushni talaffuz åtishga chog‘lanish va aytish


7
«artikulyatsiya», tovush tugagach, nutq a’zolarining o‘z
joyiga (asl) qaytishi, ya’ni «råkursiya» bilàn bog‘liq. Nutq
a’zolari asosan ikki turgà bo‘linadi: 1) faol nutq a’zolari –
tovush paylari, lablar, til, yumshoq tanglay; 2) sust (nofaol)
nutq a’zolari – o‘pka, kåkirdak, og‘iz bo‘shlig‘i, tishlar,
burun bo‘shlig‘i, qattiq tanglay. Nutq a’zosiga shuningdåk,
jag‘-tish qatori, kichik tilcha, ovoz paychalari, bo‘g‘iz va
halqum kàbilàr kiradi.
Tovushning sifati, jarangdorligi nutq a’zolarining tuzilishi
va talaffuz jarayonida ishtirok åtish dàràjàsigà bog‘liq.
Quyidagi holatlar talaffuzdagi nuqsonlarni keltirib
chiqaradi.
1.Nutq a’zosining noto‘g‘ri tuzilishi:
a) yuqori jag‘ oldinga chiqib kåtgan bo‘lsa, buning
oqibatida yuqori tishlar, pastki labni bosib turadi. Bu
kamchilik nutq a’zosining artikulyasiya holatiga va noto‘g‘ri
talaffuzgà olib kåladi;
b) pastki jag‘ning oldinga chiqib kåtish holati. Bu holat
ham nutq a’zosidagi tuzilishi mushkul ko‘rinishlardan biridir.
Nutqdagi bunday nuqsonlar ba’zida sirg‘aluvchi tovushlarni
noto‘g‘ri talaffuz qilishga olib kåladi. Bunga yuqori va pastki
tish qatorlarining oralari ochiq joylashuvi va jag‘lar
yopilganda ham qisman ochiq qolishi sabab bo‘ladi;
d) uzun va yo‘g‘on til esa til harakatining sustlàshuvi va
chuchuklanuviga olib kåladi;
e) tilning kaltaligi (til osti pardasining pastki jag‘ga
yopishgan holati) – bu duduqlanib gapirish hamda «R» va
«L» tovushlarini aniq tàlàffuz qilà olmaslikka olib kåladi.
2. Nutq a’zolari mutlaqo to‘g‘ri bo‘lsayu undan noto‘g‘ri
foydalanilsa;
3. Oliy asab sistemasining ayrim qismlari faoliyati
buzilishi oqibatida.
Nutq a’zolaridagi kamchiliklarni nutq tåxnikàsi o‘quv
jarayonida, ba’zilarini åsa tibbiy usulda (jarrohlik yo‘li bilan,
tish qatorlarini to‘g‘rilab torttirish) tuzatishga årishiladi.


8
Ko‘pincha bu usullàrning bàrchàsi qo‘llàngàndà ham
nutqni yaxshilàshgà yordam båra olmaydi, natijada nutq
avvalgi holicha qolib kåtadi. Yaxshisi bunday nuqsoni bor
insonlarni san’at o‘quv yurtlariga o‘qishga kirmasliklarini
tavsiya qilardik.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling