Nutq tovushlarining umumiy tavsifi


Download 301 Kb.
bet8/9
Sana08.11.2023
Hajmi301 Kb.
#1756311
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
"Hozirgi o`zbek tilida unlilar  tavsifi va uning ta`lim bosqichlari darsliklarida berilishi"

Xulosa
Xulosa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oily ta’lim tizimi ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir. O‘zbek tilining sohada qolanishi fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv uslubiy majmua o‘quv jarayoninig nazariy, amaliy, ijodiy jihatlarini to‘liq aks ettirib, innovatsion texnologiyalar bilan boyitilgan. Bu talabalarning fanni qulay va oson o‘zlashtirishlariga yordam beradi, o‘z ustida ishlashlari uchun sharoit yaratadi. O‘zbek tilini o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, o‘zbek tilini o‘rganish jarayonini tezlashtirish, talabalarning o‘rta maktabda, akademik litsey va kollejlarda olgan bilimlarini chuqurlashtirish, takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan nutqiy ko‘nikmalarni hosil qilish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, fikrni to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etishga o‘rganish ko‘zda tutiladi.
Ko`rinadiki, o`zbek tilida mana shu olti unli tovush so`z ma’nolari va uning Grammatik shakllarini o`zaro farqlash uchun xizmat qiladi. So`zlashuv nutqi va o`zbek tili shevalarida bu unlilarning har qaysisi turlicha variantlarda kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, tilshunosligimizda hozirgi o`zbek adabiy tili vokalizmining ayrim jihatlari, ayniqsa, unli fonemalarning fonologik belgilarini tanlash masalasi hozircha munozarali bo`lib qolmoqda. Tilshunoslarimizning fonema va ottenkalariga, adabiy tilning tayanch shevalari masalasiga bo`lgan munosabatlari ham har xil. Xususan, kontrast juftliklarni tiklash tarafdorlarining qarashlarida fonema va uning ottenkalarini qorishtirish hollari hamon davom etib kelmoqda. Ayrim shevalargagina xos bo`lib, millat vakillarining ko`pchiligi uchun me’yor darajasiga ko`tarilmagan sanoqli so`zlarga (o`t – o`simlik, o`t – o`tmoq fe’li, o`r – bedani o`r, o`r – sochni o`r, o`z – o`zishga buyruq, o`z – o`zlik olmoshi ga) tayanib, adabiy til vokalizmiga kontrast juftliklarni kiritish, shu asosda alifbo va imloni ham qayta ko`rib chiqish ijobiy natija berishi qiyin. Adabiy tilning o`ziga xos belgilaridan biri undagi me’yorlarning barqarorligi va barcha uchun umumiyligidir.



Download 301 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling