Nutq tovushlarining umumiy tavsifi


O'zbek adabiy tili unlilari tasnifi


Download 301 Kb.
bet7/9
Sana08.11.2023
Hajmi301 Kb.
#1756311
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
"Hozirgi o`zbek tilida unlilar  tavsifi va uning ta`lim bosqichlari darsliklarida berilishi"

O'zbek adabiy tili unlilari tasnifi

Tilning vertikal holatiga ko'ra

Tilning gorizontal holatiga ko'ra

til oldi

til orqa

lablanmagan

lablangan

Yuqori (yopiq)

I

u

O'rta (yarim yopiq yoki ochiq)

E

o'

Quyi (ochiq)

A

o



2-jadval
Rus adabiy tili unlilari tasnifi

Tilning vertikal holatiga ko'ra

Tilning gorizontal holatiga ko'ra

til oldi

o'rta qator

til orqa

lablanmagan

Lablangan

Yuqori (yopiq)

i

ы

U

O'rta (yarim yopiq yoki ochiq)

e




O

Quyi (ochiq)




a






O'zbek, rus va ingliz tillari unlilarining tasnifi

Tilning verikal holatiga ko'ra ko'tarilish belgilari

Tilning gorizontal holatiga ko'ra qator belgilari

Oldi qator

Aralash va o'rta qator

Orqa qator

Til
oldi

Orqa yo'na-lishi-
dagi til oldi

Oldi yo'na-lishdagi
til orqa

Chuqur til orqa

Yuqori ko'tarilish

Tor shakli










u:

Keng shakli




I




υ




O'rta ko'tarilish

Tor shakli






ə:






Keng shakli







ə

Λ




Quyi ko'tarilish

Tor shakli













כ כ:

Keng shakli

æ









a:

Shartli belgilar: – o'zbek tili unlilari;
 – rus tili unlilari;
– ingliz tili unlilari;
Eslatma: 1) Til orqa qator unlilari, /Λ/, /a:/ dan tashqari, qolganlari – lablangan. Til oldi, aralash va o'rta qator unlilari –lablanmagan.
2) Rus tilidagi (ы), (a) unlilari – o'rta qatorga, ingliz tilidagi /ə:/, /ə/ – aralash qatorga kiradi.

3) Ko'rsatilgan shartli bel-gilar shu til unlilar sistema-sining geometrik tabiatini hi-sobga oladi. Masalan, o'zbek tili-ning unlilar sistemasi to'rtbur-chak shakliga ega. Rus tili voka-lizmi uchburchak shakliga ega.
Ingliz tilidagi unlilar (dif-tonglar ko'rsatilma-gan) har ikki shaklga ham zid keladi. Ularni ko'pincha Xalqaro Fonetik Assotsia-





siyaning jadvaliga asosan trapetsiya shaklida ko'rsati-ladi va bu shakl boshqa til-lar-dagi unlilarni ko'rsa-tish uchun ham keng qo'llanadi.



O'zbek va ingliz tillaridagi undosh tovushlarning artikulatsiya o'rniga (to'siqning hosil bo'lish o'rniga) ko'ra tasnifi

Lab undoshlari

Til undoshlari

Bo'g'iz
yoki faringal

til oldi

til o'rta

til orqa

lab-lab

lab-til

dorsal

alveolyar

tish o'rta

palatal

sayoz

chuqur (uvulyar)

b b
p p
m m
w

o’z/ing


v v
f f

s s
z z
d
t
s
n
l

t
d
l
n

θ – ð


y j

k k
g g

k
g'
x

h h



A a harfi. badan, vazifa, gap, dasht, jabr, zarb, kalla, lab, mana, nam, past, rasm, talaba,faraz, xabar, shabada, g’azab, harf so’zlarida old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi. Bahor,vaqt, davom, zavq, nahor, savob, tavfiq, xaloyiq, Qahhor kabi so’zlarda o eshitilsa ham, a yoziladi. Muomalo, muhokama kabi so’zlardaieshitilsa ham, a yoziladi.
O o harfi. obod, ovoz, odob, ojiz, ozod, oy, olomon, ona, opa, oson, ota, oxur, och, oq, og’ir, ohkabi so’zlardaorqa qator keng unlini ifodalash uchun qo’llanadi. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida boks, gol, domna, azot, kod, lom, morfema, nota, pochta, rota, sotka, tonna, fosfor, xor, shonkabi so’zlarda o’zbekcha harfi o’rniga ishlatiladi.
I i harfi . ish, tiyin, jiyron, ziyrak, kiyim, muhimkabi so’zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi.Bir, sira, bilankabi so’zlarda qisqa eshitilsa hami yoziladi.
U u harfi.Bur, quv, tuzkabi so’zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun ishlatiladi. Tovush, qovun so’zlaridavdan keyiniishlatilsa ham,uyoziladi.
O’o’ harfi.Lekin, kel, tejamoqkabi so’zlarda old qator o’rta keng unlini ifodalash uchun qo’llanadi.
Diqqat! a, i, u, o harflariso’z ortasida,a harfi so’z oxirida qo’shaloq kelish mumkin:manfaat, tassurot, tabiiy, shuur, mudoffa.

Demak, nutq a’zolarining ishtiroki hamda ovoz va shovqin o’rniga ko’ra nutq tovushlari ikki turga bo’linadi. 1.Unli tovushlar. 2.Undosh tovushlar. Ovozdangina hosil bo’lib, og’iz bo’shlig’ida to’siqlarga uchramaydigan nutq tovushlari unli fonemalar deyiladi. Hozirgi o’zbek adabiy tilida unli fonemelar soni oltita: a, i, e, o’, o. Unli fonemalar uch tomondan tasnif etiladi: 1.Tilning to’g’ri (gorizontal) harakatiga ko’ra:



  • Tili oldi (old qator) unlilar:a,e,I;

  • Til orqa ( orqa qator) unlilar:o,o’,u.

2. Tilning tanglay tomon ko’tarilishi (vertikal) harakatiga ko’ra:

  • Yuqori ko’tarilish (tor) unlilar: i, u.

  • O’rta ko’tarilish (o’rta keng) unlilar: e, o’.

  • Quyi ko’tarilish (keng) unlilar: a, o.


3.Lablarning ishtirokiga ko’ra:

  • Lablangan unlilar: u, o’, o.

  • Lablanmagan unlilar: a, e, i. Unli fonemalar o’zining quyidagi muhim belgilari bilan undoshlardan farq qiladi.Unlilar faqat un (ovoz)dan hosil bo’ladi; Og’iz bo’shlig’ida to’siqlarga uchramaydi; Un paychalari tebranadi; Og’iz ochilishi darajasi har xil bo’ladi. Ohangdor bo’ladi; Unlilar cho’zib talaffuz qilish mumkin va boshqalar. Har bir til o’ziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lot. vokalis – ovoz) deyiladi. Unli va undosh tovushlar o’zaro munosabatda bo’ladi, ammo ularning qaysi biri yetakchi hisoblanadi?Aslida til uchun ularning har ikkalasi ham teng qimmatga ega, ular tilning asosiy birligi-so’zlarni hosil qilishda bir xil xizmat qiladi. Lekin nutq jarayonida unlilar undoshlarga nisbatan salmoqli o’rin tutadi. Bu esa unlilarning ovozdorligi bilan belgilanadi.Unli fonemalar tavsifi: A unlisi til oldi, keng, lablanmagan fonemadir.bu unli so’zdagi o’rniga qarab ikki xil talaffuz etiladi. Masalan, qala, dala, ana, mana kabi so’zlarda til oldi, q, g’,x kabi til orqa tovushlar bilan yonma-yon kelgan qars,qalin,g’araz, xari kabi so’zlarda orqa qator unli tusini oladi.I unlisi til oldi, tor, lablanmagan fonema,so’zning turli o’rinlarida turlicha aytiladi. Masalan: siz, biz, idish, ildiz kabi so’zlarda i old qator tovushdir; qiz, qimiz, qilich, qing’ir, g’isht kabi so’zlarda til orqa tovush tarzida aytiladi. E unlisi o’rta keng, til oldi, lablangan tovushdir. Bu unli ayrim so’zlar tarkibida itovushi bilan almashib turadi. Masalan: elektr-iliktr, mehmon-mihmon, deyman-diyman.O unlisi keng til orqa, lablangan tovushdir. Bu unli ham urg’usiz bo’g’inlarda, ko’pincha, ruscha so’zlar tarkibidai tovushiga aylanadi. Masalan: traktor-traktir, rector-rektir kabi. unlisi o’rta keng, til orqa, lablangan tovushdir. Bu unli soda so’zlarning birinchi bo’g’inida keladi. Masalan: o’g’ri, to’g’ri, o’rin, o’g’il, o’qish.U unlisi orqa qator, tor va lablangan tovushdir, bu unlini talaffuz qilganda, tilning to’g’ri gorizontal harakati tanglay orqasiga qaratilgan bo’ladi.

O’zbek tilidagi unli tovushlarni jadvalda quyidagicha tasvirlash mumkin.

Tilning to’g’ri (gorozontal) harakatiga ko’ra.

Tilning ko’tarilishi (vertikal) harakatiga ko’ra

Lablarning ishtirokiga ko’ra

Til oldi
(old qator)

a,i,e

Tor unlilar

i ,u

lablangan

o, u, o’

Til orqa
(orqa qator)

o,y,u

Orqa keng

e,o’, a, o

lablanmagan

a ,i ,e

So'z bo'g'inga bo'linadi, bo'g'indan kerakli — o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o'qish jarayoni o'zlash-tiriladi. Bunda o'zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Ona tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:


1. Savod o'rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. Hozirgi o‘zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‘.
E harfi so'z va bo'g'in boshida qo'llanadi (ekin, echki, ) undoshdan keyin o 'rta keng lablan-magan unli tarzida o'qiladi (kel, tez).
Savod o'rgatishda oldin so'z boshida keladigan e, so'ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi bilan tanishtiriladi. 0 harfi o'zbekcha, umumturkiy so'zlarda quyi keng, lablangan о tovushini ifodalaydi, ruscha-baynalmilal so'zlarda urg'usiz bo'g'inda a tarzida (botanika), o‘ tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (traktor) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so'zlar savod o'rgatish davridan so'ng o'quv jarayoniga kiritiladi. A tovushi bahor, savol kabi so'zlarda о kabi, muomala, munosabat kabi so'zlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi. U tovushi qovun, sovun kabi so'zlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham u yoziladi.
Tovush tasnifi
Unli tovushlar tasnifi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida 6 unli fonema bor: a, o, i, e, o', u.
Ular quyidagicha tasnif qilinadi:
1) tilning gorizontal harakatiga ko'ra;
2) tilning vertical harakatiga ko'ra;
3) lablarning ishtirokiga ko'ra.
1. Tilning gorizontal harakatiga ko' ra unlilar ikkiga bo' linadi:
a) til oldi yoki oldingi qator unlilar: i, e, a ;
b)til orqa yoki orqa qator unlilar: u, o', o
Bunday bo'linishning sababi shundaki, til oldi unlilari talaffuz qilinganda tilning oldingi qismi faolroq harakatga keladi. Til orqa unlilarni talaffuz qilganda esa , tilning orqa qismi harakatga kelib , ko'pincha yumshoq tanglay tomon yo'naladi.
2. Tilning vertikal harakatiga ko'ra unlilar uchga bo'linadi:

  1. yuqori unlilar (tor) unlilar: i, u;

  2. o'rta (o'rta keng) unlilar:
    c) quyi (keng) unlilar: a, o.Unli tovushlarning tilning vertikal harakatiga ko'ra tasnifida tilning tanglayga tomon ko'tarilishi va tushishi, og'izning ochilishi darajasi hisobga olinadi. Chunonchi, i, u tovushlarini hosil qilishda til tanglayga yaqin tur adi, shuning uchun og'izning ochilish darajasi tor bo'ladi; a, o tovushlarini hosil qilishda esa til tanglaydan ancha uzoqlashadi (quyida turadi), shuning uchun og'izning ochilish darajasi ham keng bo'ladi; e, o' tovushlarini hosil qilishda til va tanglay o'rtasidagi oraliq o'rtaga bo'ladi, ya'ni tor ham emas, keng ham emas. Shunga ko'ra, og'izning ochilishi ham o'rtacha keng darajada bo'ladi.
    3. Lablarning ishtirokiga ko'ra unlilar ikkiga bo'linadi:
    1) lablangan unlilar: o', u, (o oraliqdagi)
    2) lablanmagan unlilar: a, i, e

Yuqorida aytilgan fikrlarga yondashadigan bo'lsak, har bir atama o'z mazmun-mohiyatiga ega. Ya'ni, mashq muayyan harakatni, bir necha bor aynan takrorlash orqali shu mashg'ulotdan ko'zlangan ko'nikma va malakaga ega bo'lishni nazarda tutsa, o'quv topshiriqlari esa o'quvchining zimmasiga biror mazvuni mustahkamlash maqsadida bir marta bajarish uchun beriladigan ish, vazifani anglatadi.
Demak, mashq - ko'nikma yoki malaka hosil qilish vositasi. Topshiriq esa ma'lumotlarni kishi xotirasiga kirituvchi maxsus qurilmaga o'xshaydi. U yo'naltiruvchi xususiyatga ega. Topshiriq orqali o'quvchini fikrlashga, mustaqil ishlashga, ong va tafakkurini yuksaltirish vazifasini bajaradi. Zero, bugungi kunda mashqlar ham, topshiriqlar ham "Ona tili" darsliklarining muhim ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Nazariy ma'lumotlar, ya'ni grammatik qoidalar o'quvchida belgilangan mavzu doirasida bilim, tushuncha hosil qiladi. Ta'lim mazmunida o'quvchi egallashi ko'zda tutilgan ko'nikma va malakani, asosan, mashqlar shakllantiradi. Topshiriqlar bu o'rinda ko'proq o'quvchi bilimini boyitishga xizmat qiladi.
Maktabda, odatda, muayyan o'quv predmetiga tegishli darslik dars jarayonida ham, hatto darsdan so'ng ham o'quvchi va o'qituvchining shu o'quv predmeti bo'yicha bilim berish hamda ma'lumot olishning asosiy vositasi, tayanchidir. Shunday ekan, asosiy diqqatni darslikdagi o'quv materiallarining tarkibi, tuzilishi va, albatta, mazmuniga qaratish kerak. Maktab darsliklarida millat tafakkuri va mafkurasining eng ilg'or namunalari aks etishi kerak, degan ta'kid, fikrimizcha, "Ona tili" darsliklariga ko'proq tegishlidir. Ajdodlardan, umuman, insoniyat daholaridan bugungi kungacha yetib kelgan tafakkurning eng ilg'or mahsuli bo'lgan maqol, matal, hikmatli so'zlar, tasviriy ifodalar, iboralar ona tili ta'limining mazmuni ni tashkil etishi kerak, ulardan onda-sonda emas, balki har darsda, har o'quv topshiriq tarkibida unumli foydalanish maqsadga muvofiq. O'z o'rnida va o'z vaqtida o'quvchilar tafakkuriga singdirilgan bu kabi xalqona, milliy durdonalar ularning fikrlarini teranlashtirishga, dunyoqarashlarini kengaytirishga va o'zlarida hosil bo'lgan ijodiy tafakkur mahsulini ravon, aniq hamda tushunarli tarzda bayon eta olishlariga zamin yaratadi.
Amaldagi dastur va darsliklar o'quvchini ona tili ta'limi maqsadiga muvofiq mustaqil izlanishga undashi lozim. Bunday sharoitda darslikning eng muhim qismini nazariy ma'lumotlar bazasi emas, balki o'quvchiga ona tilimizning son-sanoqsiz imkoniyatlaridan unumli va o'rinli foydalanishni o'rgatadigan o'quv topshiriqlari tashkil etmog'i lozim. (Chunki maktabda ona tili ta'limi tilshunos tayyorlash maqsadini emas, til imkoniyatlaridan keng foydalana oladigan ijodiy fikr yurita oladigan yuksak tafakkur sohibini jamiyatga yetkazib berishni taqozo etadi). Demak, o'quv topshiriqlari o'quvchini mustaqil izlanishga unday olsagina, ularni talab darajasida deb hisoblash mumkin bo'ladi. Hozirda respublika miqyosida amalda bo'lgan maktab darsliklaridagi o'quv topshiriqlarining ayrimlari belgilangan talablarni qondira olmaydi. Chunonchi, ona tili darslarida tez-tez uchraydigan "Matndan ochiq bo'g'inlarni topib tavsiflang" kabilarni o'quv topshiriqlari darajasida baholab bo'lmaydi, sabab shuki, ular o'quvchida hech qanday ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qila oladigan yetarli ko'nikma, malakalarni qilmaydi. Shuning uchun darsliklarning topshiriqlar qismi mukammal, tizimli, puxta ishlab chiqilishi lozim. Hozirgi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'tilayotgan 5-sinf ona tili darsligi oldingi chiqqn darsliklarga nisbatan ancha mukammalroq tuzilgan desak mubolag'a bo'lmaymiz.
"Ona tili" darsliklarida to'g'ri talaffuz va imlo me'yorlarini ko'nikma sifatida shakllantirish borasida ko'plab mashqlar, turli tushuntirishlar beriladi. Ammo nutqiy faoliyat davomida ayrim nutq tovushlarining adabiy talaffuzi va imlosini o'quvchiga o'rgatish qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaraveradi.
Ma'lumki, psixologik nuqtai nazardan inson xotirasi, jumladan, o'quvchi xotirasi ham muayyan turlarga bo'linadi. Ma'lumotlarni bir marta o'qish oddiy xotirada vaqtincha saqlanadi va qisqa muddatda unutiladi. Agar uzluksiz takrorlansa, u doimiy xotiraga o'tadi. E.G'oziyev ta'kidlagan G.Ebbingauzning o'quvchi eslab qolishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar tarkibi, miqdori va sifati haqida olgan xulosalarini shu o'rinda keltirish o'rinli. U hech qanday ma'no anglatmaydigan 38 ta bo'g'inni o'quvchi 55 marta takrorlaganda eslab qolganini; 38 - 40 ta so'zdan iborat materialni eslab qolish uchun esa, 6-7 marta takrorlash kifoya qilganni aniqlagan. O'quvchining ijtimoiy hayotda aloqa-aralashuvni to'g'ri amalga oshirishida xizmat qila oladigan zaruriy ma'lumotlarni uning uzoq muddatli xotirasiga o'tkazish uchun o'sha ma'lumotlarni ko'p marta takrorlatish va xotirasida qayta tiklab turish lozim. Shu o'rinda aytish mumkinki, fonetika sathini o'qitishda mashq va topshiriqlarning o'quv materialini tashkil etuvchi sermazmun, purhikmat matnlardan o'rinli foydalanilsa, o'quvchi ularni bir-ikki takrorlash bilan uzoq muddatli xotirasiga "yozib qo'yadi". Biror jismoniy harakat avtomatlashish darajasiga yetishi uchun qancha uzluksiz mashq zarur bo'lsa, muayyan nutqiy malakaning shakllanishiga ham shuncha mashq, harakat kerak bo'ladi.
O'quvchining og'zaki nutqi tug'ilib o'sgan yeri, oilasi, yaqinlari ta'sirida shakllangan holda maktabga keladi. Ba'zan ularni o'zlari o'rganib qolgan holatdan adabiy talaffuz me'yorlari doirasiga o'tkazish ancha qiyinchilik tug'diradi. Bunday sharoitda o'qituvchi, albatta, fonetika o'qitish jarayonidagi dastlabki faoliyatni hududiy muammolardan kelib chiqqan holda talaffuzi qiyin nutq tovushlari ustida ishlashga qaratishdan boshlashi zarur. Aks holda, ayrim o'quvchilar balog'atga yetganda ham ba'zi nutq tovushlari talaffuzini eplay olmaydigan bo'lib qolishadi. Bu kabi "nutqiy kemtiklik" madaniy davralarda o'quvchiga bir umr xalaqit berishi mumkin. O'qituvchi o'z vaqtida og'zaki nutqida muammolari bor o'quvchilarga alohida e'tibor berib, maxsus talaffuz mashqlari ustida muntazam ishlasa, muammoga o'rin qolmasligi aniq. Biroq bu borada maktabning amaldagi didaktik ta'lim vositalari (darslik, qo'llanmalar)da fonetik mashqlarga maxsus o'rin ajratilmagan.
O'tkazilgan tajriba-sinov ishlarimiz natijasida umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5-sinf ona tili mashg'ulotlarida qo'llangan qiziqarli, noan'anaviy, ijodiy izlanishga asoslangan tilning "Fonetika", "Leksikologiya", "Orfoepiya", "Orfografiya" va "Frazeologiya" bo'limlariga doir mashq va topshiriqlar orqali, avvalo, o'quvchilarning og'zaki va yozma nutq savodxonligini oshirishga, nasriy va she'riy matnlarni ifodali o'qiy olishiga, muammoli vaziyatlarda o'zlarining mustaqil fikrlarini bayon etishlari mumkinligi aniqlandi, bu esa bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etishini ko'rsatadi.
Ona tili darslarida o'quvchilarga adabiy tilning talaffuz me'yorlari o'rgatilmas ekan, savodxonlikka, nutq madaniyatiga erishib bo'lmasligi, o'quvchining so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishni o'rganishi uning to'g'ri yoza olishi, shuningdek, ona tili ta'limida fonetika o'qitishni takomillashtirmasdan nutqiy kompetensiyaga erishib bo'lmasligi asoslandi.
Ona tili mashg'ulotlarida o'quvchilarga so'z boyligini oshirishga mo'ljallangan, xalq og'zaki ijodi namunalaridan maqol, hikmatli so'z va aforizmlar mavjud bo'lgan o'quv topshiriqlari berib borilsa, ko'proq natijalarga erishish mumkinligi aniqlandi.



Download 301 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling