Nutq tovushlarining umumiy tavsifi


Download 301 Kb.
bet1/9
Sana08.11.2023
Hajmi301 Kb.
#1756311
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
"Hozirgi o`zbek tilida unlilar  tavsifi va uning ta`lim bosqichlari darsliklarida berilishi"


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
O’ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIK KAFEDRASI


________________fakulteti
______________________yo’nalishi
--------gurux talabasi
______________________________________________________ning


“___________________________________________________________________”
mavzusidagi


(mualliflik huquqi asosida)


KURS ISHI
Ilmiy rahbar:


Toshkent-2023
Mundarija


Kirish .
ll. Bob. Asosiy qism. Hozirgi o`zbek tilida unlilar tavsifi va uning ta`lim bosqichlari darsliklarida berilishi.
1.1.Tildagi unlilar tavsifi
1.2. Unli fonemalarning nutqiy xususiyatlari.( fizik-akustik, anatomik-fiziologik, funksional-fonologik)
II. Bob.
2.1. Unli fonemalar va ularning boshqichlari.
2.2. Unlilarning ta`lim bosqichlari darsliklarida berilishi.


lll. Xulosa


Foydalanigan adabiyotlar
KIRISH
Maktab ta`limi tarixida nimani o‘qitish va qanday o‘qitish masalalari asosiy muammolardan biri bo‘lib keldi va shunday bo‘lib qolmoqda. Bular garchi alohida-alohida masalalar sanalsa-da, ammo aslida bir-biri bilan chambarchas bog`langandir. Ta`lim samaradorligi ma`lum darajada ana shu ikki masalaning o‘z yechimini to‘g`ri topa olishi bilan belgilanadi.
O‘rta umumta`lim maktablarida ona tilidan o‘quvchilar nimani o‘rganishlari va nimalarni bilishlari lozimligi bugungi kunda ham hali uzil-kesil hal bo‘lgan masala emas. Chunki uzoq yillar davomida biz maktabda o‘rganiladigan barcha fanlar qatori ona tilidan ham mutlaq dastur va darsliklar yaratishni ma`qullab, uni tubdan yangilash, o‘zgartirishga qaratilgan har qanday harakatni qoralab keldik. Bu ona tilidan ta`lim mazmunining deyarli bir nuqtada depsinishiga, 50-yillarda maktab darsliklaridan o‘rin olgan nazariy talqinlarning ayrim juz’iy o‘zgarishlar bilan yildan-yilga ko‘chirilishiga sabab bo‘ldi. Maktab ona tili dasturlari va darsliklarida mavjud bo‘lgan akademizm, grammatizm va berilgan til hodisalarining o‘quvchi amaliy faoliyatidan ajralib qolganligi uni o‘rganish imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi, o‘quvchilarning bu fanni katta qiziqish bilan o‘rganishlariga salbiy ta`sir ko‘rsatdi.
Biz til hodisalarini o‘quvchining ijodiy fikrlashi, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki, yozma shakllarda to‘g`ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, talaffuz, imlo va punktuatsion savodxonlikka erishish nuqtai nazaridan kelib chiqib tanlashimiz lozim. O‘zbek tili mustaqil O‘zbekistan Respublikasining davlat tili bo‘lib, uning o‘rta umumta`lim maktablarida o‘qitilishi davlat ahamiyatiga molik masala sanaladi. Yoshlarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, ko‘pgina imkoniyatlardan eng maqbulini tanlay olish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, udum va an`analarimiz ruhida tarbiyalashda ona tili fanining tutgan o‘rni va imkoniyatlari benihoya kattadir. Ayniqsa, mustaqil respublikamiz uchun tadbirkor va ijodkor insonni tayyorlash masalasi ko‘ndalang bo‘lib turgan bir sharoitda bu fanning o‘qitilishi yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Ammo, afsuski, o‘rta umumta`lim maktablarida ona tilining o‘qitilishini talab darajasida deb bo‘lmaydi. Buning bosh sabablaridan biri shundaki, biz inson ongini, uning tafakkurini rivojlantirishda ona tilining tutgan o‘rniga noto‘g`ri baho berib keldik. Ongni, tafakkurni shakllantirish ijtimoiy fanlarning vazifasi deb bilib, maktabda ona tilidan ta`lim mazmunini ona tili qurilishining ilmiy talqini, grammatikani o‘rganishdan iborat deb hisobladik. Natijada o‘quvchi 750 dan ziyod grammatik tushuncha va ta`riflarga duch kelib, turli hajm va murakkablikdagi ko‘plab topshiriqlarni bajarsa-da, ammo og`zaki va yozma savodxonligi sezilarli o‘zgarmayapti. Uquvchilarning ko‘pchilik qismida ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og`zaki, yozma shakllarda to‘g`ri, ravon ifodalash ko‘nikmalari hamon past saviyada qolib kelmoqda. Bu holning asosiy sabablarini faqat o‘qituvchiga to‘nkash yoki maktablarning, moddiy-texnikaviy qashshoqligidan izlash adolatsizlik bo‘lardi.

O’zbek tilshunosligida hozirgi o’zbek adabiy tili unlilari miqdori masalasida ikki xil fikr mavjud. Birinchi fikrga ko’ra, adabiy til unlilari oltita: i, e, a, u, o’, o. ( Bu fikr tarafdorlari qatorida E. D. Polivanov, A. K. Borovkov, V. V. Reshetov, A. G’. G’ulomov, Sh. Shoabdurahmonov, F. Kamolov, A.Mahmudov, S. Otamirzayeva, A. Abduazizov, A. Nurmonov, Sh. Rahmatullayev va boshqalar bor). Ikkinchi fikr tarafdorlarining (X. Doniyorov, B. To’ychiboyev, M. Valiyevlarning) ta’kidlashicha, hozirgi o’zbek adabiy tili vokalizmida eski o’zbek adabiy tiliga va hozirgi qipchoq lahjalariga xos bo’lgan kontrast juftliklar mavjud, shundan kelib chiqib, adabiy til vokalizm va alifbo masalalari qayta ko’rib chiqilishi – alifboga qo’shimcha harflar kiritilishi kerak.


Bu o’rinda shuni ham ta’kidlash kerakki, ta’lim tizimining barcha bosqichlari uchun yaratilgan o’quv adabiyotlarida o’zbek adabiy tilining vokalizmiga oid ma’lumotlar birinchi fikrga – olti unli tizimiga asoslangan. Ammo ularning tasniflarida ma’lum tafovutlar ham bor. Masalan, professor V. V. Reshetov o’zbek adabiy tilining i, u, o’, a unlilarini artikulyatsion-akustik xususiyatlariga ko’ra, indifferent (aralash qator) tovushlar tarzida tasniflagan, chunki ular old qator e va orqa qator o unlilari orasida joylashadi.
Ko’pchilik manbalarda hozirgi o’zbek adabiy tili unlilari quyidagicha tasnif qilinadi:
Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko’ra:
Old qator yoki til oldi unlilari: i, e, a
Bu unlilarning talaffuzida tilning uchki qismi oldinga tomon cho’zilib, pastki tishlarga tiraladi;
orqa qator yoki til orqa unlilari: u, o’, o.
Bu unlilarning talaffuzida tilning uchki qismi biroz orqaga tortiladi (demak, u pastki tishlarga tiralmaydi).O’zbek adabiy tilida i til oldi fonemasining til orqa variant, u va o’ til orqa fonemalarining esa til oldi variantlari mavjud: o’rdak, ulush, uka, o’ch kabilar.Ma’lumki, o’zbek adabiy tili unlilarini paydo bo’lish o’rniga ko’ra tasnif qilishda ikki xil qarash mavjud. Birinchi qarash tarafdorlari unlilarni til oldi, oraliq
(indifferent) va orqa qatorga bo’ladi. Ikkinchi qarash tarafdorlari esa, unlilarni til oldi va orqa qatorga ajratadi va bu eksperimental-fonetik tekshirishlar orqali tasdiqlanadi. Biroq o’zbek tili fonetikasiga doir adabiyotlarda unlilar tasnifidagi bu ikki xillik haqida hech nima deyilmaydi. Quyida o’zbek adabiy tili unli fonemalari tasnifidagi ana shu ikki xillik haqida o’z mulohazalarimizni bayon etamiz.
Odatda, birinchi qarash oʻzbek adabiy tilning tayanch shevasi hisoblangan Toshkent shevasi talaffuziga, ikkinchi tasnif adabiy tilga oid deb qaraladi. Prof. V. V. Reshetov Toshkent shevasi talaffuziga asoslanib, oʻzbek tilidagi i, u, o’, a unlilarini oraliq (indifferent) tovushlar deb ataydi. Bunda fiziologik jihatdan oʻzbek tilidagi i unlisini orqa yoʻnalishidagi til old qator, u, oʻ, unlilarini old yoʻnalishidagi til orqa qator, a unlisini esa qator boʻyicha muayyan emas deb koʻrsatadi.
O’zbek tili unlilarining bu fonetik tasnifi rus tili unlilari bilan qiyoslash asosida beriladi. Chunki ikki tildagi unli tovushlarning talaffuzini qiyoslashda akustik tomondan yaqin tovushlar, chunonchi, oʻzbek va rus tillaridagi i, u, a, e kabilar fiziologik hosil boʻlish oʻrniga koʻra, bir tipdagi unlilar boʻlib qolmay, balki ular til oldi va til orqa qatorlarini har birining ikki xil koʻrinishiga egaligi, yaʼni til oldi, orqa yoʻnalishdagi til oldi va til orqa, old yoʻnalishdagi til orqa unlilarga boʻlinishini hisobga olish orqali aniqlikka erishish mumkin. Ayrim tillar fonetikasiga doir adabiyotlarda oraliq qator tushunchasini uchratmadik.
Prof. V. V. Reshetov oʻzbek tili unlilari tasnifida birinchi boʻlib oraliq qator tushunchasini tavsiya etgan. Bizningcha, bu atamaning ishlatilishida boshqa bir tomon ham bor. Oraliq qator terminini unlilarning umumiy tasnifida berilib, ularning har birini alohida tasnif qilishda esa, qator belgilarini koʻrsatmay oʻtishi koʻrinadi. Bunda mashhur olimning oʻzbek tili unlilarini tasnif qilishda bir yoʻla fonetik va fonologik yoʻnalishini hisobga olganligini sezish mumkin. Haqiqatan ham, ayniqsa oʻzbek tilidagi i, u, oʻ, a unlilarning til oldi undoshlaridan keyin til oldi, til orqa undoshlaridan keyin esa til orqa variantlarga ega boʻlishi fonologik jihatdan qator belgisi ahamiyatsiz ekanligini tasdiqlaydi. Demak, oʻzbek tili unlilardan i, u, oʻ, a qator belgilari bilan farqlanmay, fonologik nuqtai nazardan “oraliqda”, qolgan boʻlib hisoblanadilar. V. V. Reshetovning oraliq qator unlilarini alohida ajratishiga sabab ham ularning fonologik tabiatini nazarga olganligidir.
O’zbek tili unlilarini til oldi va til orqa qatorlarga boʻlish faqat fonetik jihatdan tasdiqlanishi mumkin. Biroq bu oʻrinda ham unlilarning til orqa va til oldi variantlarga ega boʻlishi undoshlarning taʼsirida roʻy berishi koʻrsatiladi. Unlilarning bu xususiyati qator belgisining yoxud oʻzi fonologik emasligini ifodalaydi. Bunda barcha til oldi unlilari – lablanmagan va til orqa unlilari — lablangan ekanligi ularni birgalikda qarashni taqozo etadi.
Biroq bu tushunchani til oʻrta, markaziy va aralash qatordan farqlash lozim. Talaffuzni nazarda tutilsa, oraliq qator aniq artikulyatsiyaga ega boʻlmay, unlilar undoshlar taʼsirida til oldi yoki til orqa unlisi sifatida koʻrinadi. O`rta yoki markaziy qator unlisining talaffuzida (rus tilidagi ы) til uncha yassi holatda boʻlmay, uning oʻrta yoki markaziy qismi koʻtarilgan bo`ladi. Aralash qator unlilarining talaffuzida esa til yassi holatda boʻladi, biror qismining koʻtarilishi uncha sezilmaydi (bunday unlilar ingliz tilida bor). Til oʻrta, markaziy va aralash qator unlilar tushunchalari fonetik-fiziologik tasniflarda keng qoʻllaniladi va ularni fonologik nuqtai nazardan ishlatganda, unlilarning farqlanish va farqlanmaslik belgilari eʼtiborga olinadi, oraliq qator tushunchasi oʻz-oʻzidan unlilarning fonologik tabiatini ham izohlay oladi.
Tilning vertikal (tik) harakatiga ko’ra:
Tor unlilar: i, u. Bu unlilarning talaffuzida og’iz tor ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham tor bo’ladi;
O’rta keng unlilar: e, o’. Bu unlilarning talaffuzida og’iz o’rta darajada ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham o’rtacha kenglikda (yuqori ko’tarilish bilan quyi ko’tarilish orasida) bo’ladi;
Keng unlilar: a, o. Bu unlilarning talaffuzida og’iz yuqoridagi har ikki holatdan kengroq ochiladi.
Unlilarning tor, o’rta yoki keng deb bo’linishlariga sabab shuki, ularni talaffuz qilish vaqtida quyi jag’ning pastga tushuvi yoki tilning qattiq tanglaydan uzoqligi har xil darajada bo’ladi. Masalan, I unlisini talaffuz qilish vaqtida til maksimum darajada ko’tariladi, pastki jag’ ham shunday pozitsiyani egallaydi. Natijada, til bilan qattiq tanglayning orasi minimum darajada yaqinlashadi va og’iz bo’shlig’idagi havo yo’li ham minimum darajada qisqarib, torayadi. Ana shuning uchun ham I, u fonemalari tor yoki yopiq unlilar deyiladi. Bu yerda u bilan i ni bir qatorga qo’yishning sababi shundaki, ularning talaffuzi vaqtida qattiq tanglay bilan tilning oralig’I deyarli bir xil bo’ladi. Lekin u ning talaffuzida lab faol ishtirok qilganligi uchun unda lablanish hodisasi yuz beradi. a unlisini talaffuz qilish vaqtida og’iz bo’shlig’ining holati esa tor unli i tovushini talaffuz qilishdagi holatdan keskin farq qiladi, ya’ni a tovushini talaffuz qilishda pastki jag’ning quyiga tushishi ham, tilning qattiq tanglaydan uzoqlashishi ham maksimum darajada bo’ladi. Shunga ko’ra, til bilan tanglay o’rtasidagi havo yo’li ham maksimum darajada keng bo’ladi. Ana shuning uchun ham a, o unlilari keng yoki ochiq unlilar deb ataladi. E bilan o’ tovushini talaffuz qilgan vaqtda esa til bilan qattiq tanglayning oralig’idagi masofa I va o’ tovushini yoki a bilan o ni talaffuz qilgandagi holatga nisbatan o’rtacha holatda bo’ladi.
lablarning ishtirokiga ko’ra unlilar ikkiga bo’linadi:
Lablashgan unlilar – bularga o’zbek adabiy tilidagi u, o’ unlilari kiradi;
Lablashmagan unlilar – bularga o’zbek adabiy tilidagi I, e, a, o fonemalari kiradi.
Lablashgan unlilarni talaffuz qilgan vaqtda lablar faol ishtirok qiladi. Shuning uchun ham lab cho’chchayib oldinga chiqadi. Bu hol tovushning aytilishi, eshitilishini o’zgartiradi, natijada yangi lablashgan tovush hosil bo’ladi. Lablashmagan unlilarni talaffuz qilgan paytda ham lablar ishtirok etadi. Lekin ularning ishtiroki passiv bo’ladi.
Unlilar tavsifi

Download 301 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling