Nutq tovushlarining umumiy tavsifi
Download 50.07 Kb.
|
UNLI VA UNDOSH TOVUSHLARNI O‘RGANISHDA LEKSIK MASHQLARNI TASHKIL ETISH.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
- Kurs ishining vazifasi
- Tilning ko`tarilish darajasi
- Unli fonemalar
Mavzuning dolzarbligi:
Respublikamizda boshlang’ich ta’lim allaqachon davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu bois ta’lim tizimining ilk bo‘g‘iniga doir har qanday muammo davlat miqyosida hal qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi mustaqllikka erishishi tufayli barcha sohalarda tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bu o‘zgarishlar uzluksiz ta’lim tizimiga ham tegishli bo‘lib, maktabgacha ta’lim zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017—2021 yillarda boshlang’ich ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qator chora tadbirlar belgilab qo‘yildi. Kurs ishining maqsadi: ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kеlajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida ushbu farmon bilan “Ta'lim- to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi etib bеlgilandi. “Ta'lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan so’ng rеspublikamiz butun ta'lim tizimi, jumladan, oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash yo’nalishini ham tubdan isloh qilishning aniq stratеgik dasturiga ega bo’ldi. Kurs ishining vazifasi: “Ta'lim to’g’risida”gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, unda quyidagi vazifalar bеlgilab qo’yilgan. I.BOB. Unli va undosh tovushlarni o‘rganishda leksik mashqlarni tashkil etish. 1.1. Tildagi unlilar tizimi va ularning paradigmasi. Unli tovushlar artikulyatsiyasiga ko`ra undosh tovushlardan farq qiladi. Unlilar talaffuzida o`pkadan chiqadigan havo og`iz bo`shlig`ida hech qanday to`siqqa uchramaydi, nutq a`zolarining holati bir xil bo`ladi. Musiqiy ohanglarga ega bo`ladi. Bunday xususiyatlarni undoshlar talaffuzida kuzatib bo`lmaydi.Undosh tovushlar og`iz bo`shlig`ida hosil bo`ladi, o`pkadan keladigan havo turli to`siqlarga uchraydi, musiqaviy ohangga ega emas. Undoshlarda, asosan, shovqin ustun turadi, unlilarda esa ovoz. Har bir til o`ziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (latincha unli, ovozli degan ma’noni bildiradi) deyiladi. Tilda unlilar o`zi alohida bir tizimni, paradigmani tashkil qiladi va fonetik paradigmaning bir mikrosistemasini tashkil etadi. Tilning ko`tarilish darajasi (yuqori, o`rta, quyi) va lablanish – lablanmaslik belgilari unli fonemalarning asosiy belgilari bo`lib, bu belgilar ularning sistema hosil qiluvchi belgilari sanaladi. Unlilarning tilning gorizontal holatiga ko`ra (old qator, o`rta qator, orqa qator) belgilari asosiy hisoblanmaydi. Chunki bu belgilar ularda nutqiy yondosh tovushlar ta’sirida o`zgarib turadi. Masalan, [q] undoshi bilan qo`shnichilik munosabatida [a] unlisi til orqalik xossasiga ega bo`lsa, [k] undoshi qurshovida o`z holatini saqlaydi: qarg`a, qurbaqa, kamalak, katta, kassa, katastrof kabi. Unli fonemalarning asosiy belgilariga ko`ra tasnifi quyidagicha:
Download 50.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling