Mavzu: Fonologik oppozitsiya. Korrelatsiya. Fonemalarning differensial va integral belgilari.
Reja:
1.Fonemika
2. Fonemalarning differensial va integral belgilari
3. Fonologik oppozitsiya
4. Korrelatsiya
Fonemika-fonologiyaning bir qismidir, u fonlarning fonemalarga birlashuvini o'rganadi. Fonema - so'zlar, morfemalar va grammatik shakllarning tovush qobig'ini farqlash orqali ularning ma’nolarini tafovutlash vazifasini bajaradigan eng kichik segment birlikdir. Masalan, or so'zi tarkibida ikkita segment birlik («о» va «г» fonemalari) bor; zor, ozor, bozor so'zlari tarkibida esa ularning soni ko'proq: 3 ta («zor»da), 4 ta («ozor»da) va 5 ta («bozor»da) kabi. Bu holat yuqoridagi so'zlarning tovush qobig'ini (fonetik qiyofasini) va ma’nosini farqlash imkonini bermoqda. Bunday holni «-man» va «-san» morfemalarida, boraman va borasan kabi grammatik shakllarda ham ko'ramiz: ularda fonemalar miqdori ortmasa-da, fonema turlari o'zgarmoqda («-man»da «m» fonemasi, «-san»da esa «s» fonemasi qo'llangan), natijada morfema va so'z shakllarining tovush qobig'i va ma’nolari farqlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |