Nutq vamuomila «nutq va muomila» Reja


gradasiya, inversiya


Download 39.75 Kb.
bet3/6
Sana10.02.2023
Hajmi39.75 Kb.
#1183993
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU

gradasiya,

  • inversiya,

  • intonasiya

    kabi stilistik usullardan foydalanish orqali ham ma'lum bir samaradorlikka erishish mumkin.



    ANAFORA - har bir jumladan so'ng ayrim so'z yoki jumlalarni qayta-qayta ishlatish. Bunday takrorlalar nutqqa o'ziga xos ritm berib, u nutqning ifodaliligini oshirishga yordam beradi. Masalan, «Vatan – bu Ona er, Vatan – bu o'z uyimiz, Vatan – bu o'riklar oppoq bo'lib gullagan bog', Vatan – bu bolaligimda yugurgan tuproqli ko'chalar!». Bu gapdagi «Vatan - bu» so'zining takrorlanishi nutqqa o'ziga xos ritm berib ta'sirchanligini oshirdi.
    GRADASIYA – gapdagi so'z yoki jumlalarning sifat o'zgarishiga ko'ra ketma-ket joylashtirishdir. Masalan, «Men Insondek tug'ilmoq, yashamoq, nom qoldirmoq uchun kurashdim!». Bu gapdagi «tug'ilmoq», «yashamoq» va «nom qoldirmoq» so'zlari amalga oshish ketma-ketligiga ko'ra joylashtirilgan.
    INVERSIYA - gap mazmuniga urg'u berish maqsadida so'zlarning odatiy joylashish tartibini o'zgartirish. Masalan, «Men oppoq tongni ko'rish uchun erta turdim» gapidagi «erta turish» fe'lini ajratib ko'rsatish uchun gap tartibini quyidagicha o'zgartirish mumkin: «Men erta turdim, oppoq tongni ko'rmoq uchun!».
    INTONATSIYA – nutq ohangini mazmuniga ko'ra o'zgartirish. Intonasiya mantiqiy va hissiy-ekspressiv ko'rinishda bo'lishi mumkin.
    Mantiqiy intonatsiyaning maqsadi gapda muhim o'rin tutadigan alohida so'z va jumlalarni ajratib ifodalash.
    Hissiy-ekspressiv intonatsiya o'qituvchiga nutqi davomida fikr bildirayotgan insonlar, voqea va hodisalarga nisbatan o'z munosabatini bildirish imkonini beradi. Bunday intonatsiya o'qituvchining haqiqiy his-tuyg'ularini ifodalashi lozim. Aks holda u o'quvchilarga salbiy ta'sir etishi mumkin.
    NUTQ SAMARADORLIGIGA SALBIY TA'SIR ETADIGAN HOLATLAR
    O'qituvchi nutqi samaradorligi uning to'g'ri tashkil etilishiga bog'liqdir. Ayrim holatlar nutq ta'sirchanligiga salbiy ta'sir etadi. Ular quyidagilardir:
    Sinonimlardan o'rinli foydalana bilmaslik. O'qituvchi hikoyasi davomida bir xil so'zlardan tez-tez foydalanishi nutqning noto'g'ri tuzilganligidan darak beradi. Bunday holat ko'pincha dialoglarni bayon etishda uchraydi. Masalan, «dedi», «aytdi» kabi kesimlardan tez-tez foydalanish holatlari uchraydi. Bu so'zlar o'rniga «fikr bildirdi», «ma'lum qildi», «aytdi», «so'radi», «javob berdi» kabi tarzdagi sinonimlardan foydalanish nutqni boyitadi va ta'sirchanligini oshiradi.

    Insoniyat taraqqiyoti tarixida til tufayli aks ettirishning imkoniyatlari qayta quriladi, olam odam miyasida yanada aniq, rav-shan in`ikos ettiriladigan bo`ladi. Tilning paydo bo`lish munosa-bati bilan har bir alohida shaxs jamiyatining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida, jarayonida to`plagan tajribalaridan foydalanish im-koniyati tug`iladi. Til yordami bilan har bir inson shaxsan o`zi hech qachon duch kelmagan notanish hodisalar, holatlar, vaziyatlar, sharo-itlar yuzasidan bilim olishga erishadi. Xuddi shu boisda til odamga ko`pchilik hissiy va intellektual ta`sirlar hamda taassurotlar to`g`ri-sida o`ziga o`zi hisobot berish imkoniyatini yaratadi. Inson til yordami bilan boshqa odamlarga o`tmish, hozirgi zamon va kelajakka zid nar-salar, voqelik yuzasidan axborot, xabar, ma`lumot berishi ularga ijtimoiy tajriba mohiyati, ko`nikma hamda malakalarni o`tkazishi, uzatishi mumkin.


    Ma`lumki, hayvonlar, jonivorlar o`zlarining individual taj-ribalarini o`z turkumidagi boshqa namoyandalarga o`tkazishga yoki be-rishga mutlaqo qobil emaslar. Ular, ayniqsa, o`z turkumlaridagi av-lodning ilgarigi tajribalarini o`zlashtirish qobiliyatiga ega emas-lar, chunki mavjudotlar tug`ma irsiy belgilarga, instinktlarga va shartsiz reflekslarga asoslanadilar, xolos.
    Biosfera va neosfera to`g`risidagi ma`lumotlar, qonuniyatlar, harakatlantiruvchi kuchlarni bilish va egallashda qisqa ijtimoiy-tarixiy davr oralig`ida g`oyat ulkan yutuqparga erishuvchi insonning hayvonot olamidan muhim farqi shundan iboratki, birinchidan, odam-ning shaxsiy individual tajribasi umuminsoniy tajriba bilan uzviy uyg`unlikka ega, ikkinchidan, tajriba mahsulotlari muayyan darajada sakdanadi, uchinchidan, mazkur tajribalar takomillashib, modifikatsiyalashib boradi, to`rtinchidan, ularning mohiyati, tuzi-lishi qo`lyozmalarda o`z aksini topadi.
    Odamdagi shaxsiy individual tajribaning umuminsoniy tajri-ba bilan bog`likdigi kishilarda tilning mavjudligi bilan izoxda-nadi. Til oddiy qilib tushuntirilganda so`z va belgilar sistemasi hamda majmuasidan iboratdir. Inson tomonidan u yoki bu faoliyat-ning bajarilishi belgilar, alomatlar xususiyatlari bilan bog`liq bo`lib, uning mahsuldorligi, muvaffaqiyati til tarkiblarining ahamiyatiga bevosita aloqadordir. Masalan, haydovchi uchun ko`cha qoida-lari, matematik uchun formulalar, operator uchun signallar (semiotika — zeta yunoncha «belgi») belgilar, simvollar, alomatlar vazi-fasini bajarib, faoliyat uchun regulyator sifatida xizmat qiladi.
    Shuning uchun belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik funksiyalari (ya`ni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vo-sitasidir. Odatda, belgilar turli-tuman bo`lishidan qat`i nazar, ularning eng muhimi — bu so`zdir. Har bir so`z ma`lumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni o`zida aks ettiradi (masa-lan: mashg`ulot, daftar, yomg`ir va boshqalar).
    Tilning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
    a) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, berish va o`zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar, o`qituvchilar va murabbiylar);
    b) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo`ladi (masalan: «Leksiya bo`lmaydi», «Bugun bayram» — ta`sir qilishdan, ta`sir o`tkazishdan iboratdir);
    v) tilning muhim funksiyalaridan yana bittasi — intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qilishdir (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, yechishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish).
    Odam hayvonot olamidan farqli o`laroqo`zi xohamaliy, xohaqliy harakat bo`lishidan qat`i nazar, uni rejalashtira oladi. Faoliyatni bunday rejalashtirish yechimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli tildir. Psixo-logik tadqiqotlarning ko`rsatishicha, tilning eng asosiy funksiya-si - bu kommunikatsiyadir.
    Nutq faoliyati — odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o`zlashtirish, avlodlarga berish (uzatish) yoki kommunikatsiya o`rna-tish, o`z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maq-sadida tildan foydalanish jarayonidir.
    Nutq axborot, xabar, ma`lumot va yangi bilim berish aqliy top-shiriqlarni yechish faoliyatidan iboratdir. Agardatil aloqa vosita-si (quroli) bo`lsa, nutq esa aynan o`sha jarayonning o`zidir.
    Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari.
    Nutqni idrok qilish oddiy reflektor faoliyatining qonunla-ri asosida sodir bo`lishi mumkin. Chunki uni yuzaga keltiruvchi sti-mullar birinchi signallartipidagi qo`zg`atuvchilardan iboratdir (ma-salan: «Marsh», «Salom»).
    Nutqni yuzaga kelishi va idrok qilinishidan inson «signallarningsignali» (I.P.Pavlov) tarzdagi so`zlardan foydalanishi mum-kin. Mazkur jarayon bosh miya katta yarim sharlarining po`stida amal-ga oshadi.
    P.Broka (1861 y.) miya po`stining ma`lum qismi (miya chap yarim shari peshana qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlansa, bemorlarda nutq artikulyatsiyasining buzilishini kashf etgan va «so`z obrazlarini harakatlantiruvchi markaz» deb atagan.
    K.Vernike (1874 y.) bosh miya yarim sharlari peshana qismining tepa tomonida «so`zlarning sensor obrazlari» joylashgan deb dalil-lashga harakat qiladi.
    P.K.Anoxin - nutq jarayonini ta`minlashda juda ham sodda elementar «stimul-reaksiya» tipidagi fiziologik mexanizm ham, nutq faoliyatining yuksak formalari uchun nutqvositasi bilan fikr bayon qilishning ichdan programmalashtirish mexanizmlari uchun xarak-terli va iyerarxik tuzilishiga ega bo`lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadilar.
    Nutq mexanizmlari (N.I.Jinkin).
    Biron fikrni nutq vositasi yordami bilan bayon qilishdan ol-din, maxsus kod orqali bu fikrning asosini tuzamiz — u program-malashtirish mexanizmidir.
    Undan keyin rejalashtirishdan gapning grammatik tuzilishi-ga o`tish bilan bir guruh mexanizmlar keladi.
    Esda olib qolishni so`zlarning grammatik xususiyatlarini amalda qo`llashni ta`minlovchi mexanizm.
    Bir xil tipdagi tuzilishdan boshqa tipdagi tuzilishga o`tish mexanizmi.
    Profamma elementlarini fammatik tuzilishga yoyish mexanizmi.
    So`zni ma`nosiga qarab qidirishni ta`minlovchi mexanizmlar.
    Sintagmalarni harakat jihatidan programmalashtiruvchi mexa-nizmlar.
    Nutq tovushlarini tanlash va harakat programmasidan tovush-larni to`ldirishiga o`tish mexanizmlari.
    9. Nutqni amalga oshirishni ta`minlovchi mexanizm. Tadqiqodchi A.R.Luriya nutqning afaziyasini tekshirib, ular qu-
    yidagi turlardan iborat ekanligini bayon qiladi:
    dinamik afaziya — gaplar yordami bilan so`zlash qobiliyatining buzilishi;
    efferent motor afaziyasi — gapning fammatik tuzilishi buzilishi;
    3) afferent motor afaziyasi - nutq artikulyatsiyasining buzilishi;
    4) semantik afaziya - gaplar o`rtasidagi bog`liqpikning buzilishi;
    5) sensor afaziya - so`zlarni idrok qilishning buzilishi.
    Nutq rivojlanishi davrlari.
    1-davr - 2 oydan 11 oygacha.
    2-davr - 11 oydan 19 oygacha.
    3-davr - 19 oydan 3 yoshgacha.
    Nutq rivojlanishi quyidagi xususiyatlarga ega:
    a) gugulash;
    6) g`udurlanish (soxta so`zlar);
    v) paradigmatik fonetika (1,3-1,5 yoshgacha) - buvi, buva, o`tir,
    o`tirdi, o`tiradi;
    g) nutqning vaziyatbopligi (J.Piaje - situativ nutq);
    d) nutq egotsentrizmi (J.Piaje - egotsentrik nutq).
    Nutq vujudga kelishining nazariyalari
    Psixologiya, psixofiziologiya, psixolingvistika fanlarida to`plangan nazariy va amaliy materiallar taxdiliga ko`ra, akustik nutq signallari murgkkab muvofiqlashgan harakatlarning natija-sida namoyon bo`luvchi majmuaviy holatlarning birlashuvi nutq ap-parati deb ataladi.
    Odatda, o`pka va nafas olish tana a`zolarning muskul harakatlari bosimning oshishini va havo oqimlarining (ichki va tashqi) nutq aktida artikulyatorlar qatnashishini uzluksiz ravishda ta`minlab
    turadi.
    Nutqni vujudga keltiruvchi umumiy apparat sxemasi uchta jihat-
    ni o`zida aks ettiradi.
    1. Nutqning anatomik tasviri:
    Ko`krak qafasi.
    O`pka.
    Traxeya.
    Ovoz paychalari (aloqalari).
    Tomoqtrubkasi.
    Halqum bo`shlig`i.
    Tanglay pardasi.
    Og`iz bo`shlig`i.
    Burun bo`shlig`i.
    II. Nugqning funksional elementlari:
    Nafas olish tomirlari, muskullarining kuchi.
    O`pka sig`imi.
    Traxeya harakati.
    Ovoz paychalari tebranishi yoki harakati.
    Tomoq trubkasining funksiyasi.
    Halqum bo`shligining organik vazifasi.
    Tanglay pardasining holati (torayishi, kengayishi, shilim-shikligi).
    Og`iz bo`shlig`i (uningtarkiblari, a`zolari: tish, havo harakati, kuchaytirgich, susaytirgichlar va hokazo).
    Burun bo`shlig`i va uning tarkibiy a`zolari (kataklari, tukla-ri, namligi, quruqligi).

    Og`izdan nurni (yorug`likni) kirib kelishi, ya`ni nurlanishi.


    Burundan nurni kirib kelishi.
    Og`iz va burundan havo oqimining kirishi.
    Ichki tana a`zolaridan havo oqimining chiqib ketishi. III. Nutqning ekvivalent blok sxemasi:
    1, 2, 3 — o`pka va traxeya sig`imi,
    4 — ovoz (tovush) tebranishining manbai,
    5, 6 — hiqildoq va tomoq a`zolarining sig`imi,
    ~ tanglay pardasi mexanizmi,
    — og`iz bo`shlig`i sig`imi,
    — burun bo`shlig`i sig`imi,

    — og`iz traktidan chiqish signali,


    — burun traktidan chiqish signali,
    — shovqin manbai.
    A. Tomoq— havo bo`shlig`i — konfiguratsiya — nutqning paydo bo`li-shi keskin ravishda o`zgaradi. Gapning bo`lagi, tarkibiy qismi lo-tincha «konfiguratsiya» deyiladi, frazeologik jihatdan ushbu atama-da o`z ifodasini topadi: «qo`li gul».
    B. Bunda yetakchi rol o`ynaydi:
    a) tanglay pardasining harakati,
    b) til,
    v) lab,
    g) pastki jag`.
    Akustik tebranishning qo`zg`atuvchi mexanizmlari tomoq faoliya-ti, shovqin va impulsiv, ya`ni ixtiyorsiz qo`zg`atish, tovushlarining paydo bo`lishi, havo oqimining (massasining) tor oralig`idan o`tishi, nutq aktining ayrim o`rinlari bilan uzviy aloqadordirlar. Akustika yunoncha «asshPka», ya`ni eshituv, tovush nazariyasi demakdir. Chastotali filtratsiya akustika manbasi bo`lib hisoblanadi. Nutq tovushlarning tavsifi:
    Har qaysi tilda nutqning paydo bo`lishida cheklangan tana a`zo-lari harakati ishtirok etishi mumkin (artikulyar imo-ishoralar).
    Artikulyar imo-ishora nutq apparatining xususiyati va holati-ga mos tushadi va muayyan nutqtovushining paydo bo`lishga olib kela-
    di.
    3. Artikulyar imo-ishoralar tartib bilan birin-ketin amalga
    oshiriladi.
    IV. Nutqning xususiyatlari.
    Matn — ma`no — fikr bildirish.
    Ma`lumot (xabar, axborot) bayoni.
    Og`zaki nutkda axborotning muayyan darajada yo`qolishi. U.Nutqning fonetik elementi.
    VI. Nutqni idrok qilish nazariyasi:
    Shkalalashtirish.
    Unutish.
    Xalaqit beruvchi vaziyat va sharoitda idrok qilish: a) akustik, b) vizual, v) taktil...
    VII. Dinamik spektogramma:
    a) undosh,
    b) unli.
    VIII. Nutq faoliyati:
    Anglash.
    Anglash (tushunish).
    Qayd qilish (fiksatsiya):
    a) nazariy va amaliy axborotlar,
    b) takroriy fikrlar,
    v) diqqatni yo`naltirish (soxta diqqat),
    g) inson shaxsiyati (shaxs, motiv, motivatsiya, emotsiya, hissiyot,
    iroda: emotsional-motivatsion, shaxsiy, irodaviy, kognitiv, regulya-
    tiv va boshqalar).
    Nutq turlarining psixologik tavsifi
    Psixologiya fanida nutqqa va nutq faoliyatiga bag`ishlangan bir talay ilmiy tadqiqot natijalari mavjud bo`lsa-da, lekin bu borada umumiylik, tariflar birligi, uning evolyutsion va ijtimoiy-tari-xiy taraqqiyotiga oid qarashlarda mohiyat hamda shakl jihatdan o`xshash-lik yo`q. Nutqning neyropsixologik asoslari, mexanizmlari, artikulyatsion va fonetik apparatlari, psixolingvistik tuzilishi (fo-nema, fleksiya) to`g`risida ilmiy-amaliy xususiyatli umumlashmalar hamda umumlashmalar umumlashmasi ishlab chiqilmagan. Xuddi shu boisdan nutqning genezisi, uning filogenetik va ontogenetik xusu-siyatlari, paydo bo`lishi, o`sishi, o`ziga xostavsiflanishi, bosqichla-ri, fazalari, patologiyasi bo`yicha xilma-xil yondashuvlar mavjuddir. Psixologlar tomonidan nutq psixologik muammo sifatida o`rganilishi ham o`ziga xoslik, uning qirralari, shakliy tuzilishi, man-tiqan izchilligi, tasniflanishi mavjud bo`lib, ilmiy talqinining tub mohiyati, bayoniyligi bilan o`zaro tafovutlanadi. Yondashuvlar tahliliga to`xtalishdan oldin nutqning psixologik tavsiflari yuza-sidan mulohaza yuritish, uning tatbiqiy jihati qiymatini oshi-rishga xizmat qiladi.
    Bizningcha, nutqning muayyan asoslarga suyangan holda noan`ana-viy tasnifini berish uning qiymatini yanada oshiradi, inson — texnika munosabatini amaliy jihatdan namoyish qilgan bo`ladi (odat-da, og`zaki va yozma turkumga ajratilar edi): verbal va noverbal.
    Genetik kelib chiqish jihatidan noverbal nutq birlamchi hisob-lanadi, chunki insonning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrida dastavval tovushsiz, so`zsiz nutq turlarini paydo bo`lgan bo`lib, u o`z ichiga shaxs kamolotining yirik sanasini qamrab olgandir. Inso-niyatda nutqning hozirgi zamon avlodiga xos artikulyatsion apparati paydo bo`lgunga qadar imo-ishora negiziga qurilgan. Ma`lumki, qadim-gi ajdodlarimizning nutqi va nutq faoliyati hozirgi zamon kishi-larida qanday funksiyani bajarayotgan bo`lsa, o`sha davrda ham xuddi shunday vazifani ijro etgan. U davrlarda axborotlar, ma`lumotlar ko`lami tor bo`lganligi tufayli insonlar noverbal nutqdan ko`p davr-lar muvaffaqiyatli foydalanib kelganlar. Avlodlar tarbiyasi ma`-lumotlar uzatish noverbal nutq orqali amalga oshirilgan, ijtimo-iy va xususiy (shaxsiy) fikr uzatish hamda qabul qilish ana shu ta-riqa namoyon bo`lgan, tobora takomillashib borgan.
    Noverbal nutq turini shartli ravishda quyidagi ko`rinishlarga ajratish mumkin:
    Imo-ishora,
    Mimika,
    Pantomimika,
    Exologik, ya`ni aks sado,
    Signifikatsiya,
    Daktilogik (barmoq nutqi).

    Inson yer yuzasidan hayot va faoliyat ko`rsatish davrining dastlab-ki pallasida asosiy nutqturi sifatida imo-ishora alohida ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun etnik stereotiplar asosida muayyan kechin-malarni, ma`lum axborotlarni shaxslararo munosabat jarayonida uza-tish va qabul qilishda ifodalanuvchi tovushsiz, lekin ma`noli, maz-munli nutq turi imo-ishorali nutq deyiladi. Masalan, o`zbeklarda fikrni tasdikdash old tomonga bosh siltash bilan ifodalansa, xud-di shu ma`noni bulg`orlarda boshni sarak-sarak qilish anglatib ke-ladi. Bir xalqda sanash boshmoldoqdan boshlansa, boshqasida jim-jiloqdan, birisida barmoqlar bukilsa, ikkinchisida unday qilin-maydi. Aksariyat hollarda imo-ishora his-tuyg`usiz namoyon bo`ladi va shaxslararo munosabatning tub ma`nodagi ham quroli, ham vositasi funksiyasini bajarib kelgan. Lekin uni his-tuyg`usiz deb nomlash ham ilmiy-amaliy qiymatini pasayishiga olib keladi, bu holat uning ijtimoiy funksiyasini o`zida aks ettiradi, shaxslararo munosabat mag`zini tashkil etib kelgan, ba`zida hozirgi zamonda ham undan keng ko`lamda foydalaniladi.


    Noverbal nutqni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1) tovushsiz: a) imo-ishora, b) mimika, v) pantomimika, g) daktilogik; 2) tovushli: a) exologik (aks sado), b) signifikatsiya (shartli belgilar, signallar, modellar).
    Verbal nutq turkumini shartli ravishda quyidagi turlarga ajra-tish mumkin: 1) og`zaki, 2) yozma, 3) monologik, 4) polilogik, 5) ta-shqi, 6) ichki, 7) ekspressiv, 8) impressiv, 9) lakonik (qatra, yig`iq), 10) epik (yoyiq), 11) affektiv (jaxd holatidagi).
    Insonning ijtimoiy — tarixiy taraqqiyoti davri taxdil qilin-ganda genetik kelib chiqish jihatidan birlamchi qatorida og`zaki nutqni keltirish joiz. Og`zaki nutq noverbal turkumdan keyin pay-do bo`lgan nutq turidan biri hisoblanadi va u shartli ravishda qu-yidagi nutq ko`rinishlarini qamrab oladi: monologik, dialogik, polilogik, tashqi, ichki, ekspressiv, impressiv, lakonik (yig`iq, qatra), affektiv (his-hayajon, jahl).
    Nutq odamlarning asosiy aloqa vositasidir. U siz odam katta hajmdagi ma'lumotni qabul qila olmaydi va uzatolmaydi. Yozma nutqsiz, odam avvalgi avlodlarning odamlari qanday yashaganligi, ularning fikrlari va ishlarini bilish imkoniyatidan mahrum bo‘lar edi. Uning fikrlari va his-tuyg'ularini boshqalarga etkazish imkoniyati bo‘lmaydi. Aloqa vositasi sifatida nutq tufayli insonning shaxsiy ongi, shaxsiy tajribasi bilan cheklanib qolmasdan, boshqa odamlarning tajribasi bilan boyitiladi va kuzatuv va nutqdan tashqari boshqa jarayonlarga qaraganda, to‘g'ridanto‘g'ri bilish amalga oshiriladi. sezgi orqali amalga oshiriladi: idrok, e'tibor, tasavvur, xotira va fikrlashga imkon beradi. Nutq orqali bir kishining psixologiyasi va tajribasi boshqa odamlar uchun mavjud bo‘lib, ularni boyitadi, rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Insoniyatda nutqning paydo bo‘lishigacha, imo-ishoralardan foydalanib kelgan. Qadimgi ajdodlarimizning nutqi va nutq faoliyati hozirgi zamon kishilarida qanday funksiyani bajarayotgan bo‘lsa, o‘sha davrda ham xuddi shunday vazifani ijro etgan. U davrlarda axborotlar, ma’lumotlar ko‘lami tor bo‘lgani tufayli insonlar noverbal nutqdan ko‘p davrlar muvaffaqiyatli foydalanib kelganlar [1, B.170]. Insonda nutq qachon paydo bo‘lganligi muammosini ko‘rib chiqsak, insonda ushbu ruhiy hodisaning paydo bo‘lishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatgan bir qator fikrlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu erda boshlang'ich nuqta ish, to‘g'rirog'i, faoliyatning qo‘shma shakli hisoblanadi, buning natijasida aloqaga shoshilinch ehtiyoj paydo bo‘ladi. Filogenezda nutq dastlab faqat odamlar o‘rtasida bevosita aloqa vositasi, ular o‘rtasida lahzalik ma'lumot almashish vositasi sifatida harakat qilgan. Bu taxmin ko‘plab hayvonlarning aloqa vositalarini ishlab chiqqanligi bilan tasdiqlanadi. Misol uchun, shimpanzelarda biz nisbatan yuqori darajada rivojlangan nutqni topamiz, u Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11 63 qaysidir ma'noda odamga o‘xshaydi. Biroq, shimpanze nutqi faqat hayvonlarning organik ehtiyojlarini va ularning sub'ektiv holatlarini ifodalaydi. Bu emotsionalekspressiv iboralar tizimi, lekin hech qachon hayvondan tashqarida biron bir narsaning ramzi yoki belgisi emas. Hayvonlar tilida inson nutqi boy bo‘lgan ma'nolar va undan ham ko‘proq ma'nolar mavjud emas. Shimpanzelarning imo-mimik va pantomimik muloqotining turli shakllarida hissiy va ekspressiv harakatlar juda yorqin, shakl va soyalarga boy bo‘lsa-da, birinchi o‘rinda turadi. O‘zbek millatida fikrni tasdiqlash uchun old tomonga bosh siltash bilan ifodalansa, xuddi shu ma’noni balgarlarda boshni sarak-sarak qilish anglatib keladi. Bir xalqda sanash boshmoldoqdan boshlansa, boshqasida jimjiloqdan, birisida barmoqlar bukilsa, ikkinchisida unday qilinmaydi. Etnik stereotiplar asosida muayyan kechinmalarni, ma’lum axborotlarni shaxslararo munosabat jarayonida uzatish va qabul qilishda ifodalanuvchi tovushsiz, lekin ma’noli, mazmunli harakat turi imo-ishorali nutq deyiladi. Yuz harakatlari (fizionomiya) yordamida insonni inson tomonidan idrok qilish, o‘zgalar fikriga javob qaytarish, tana a’zolari rangining o‘zgarishi hisobiga shaxslararo munosabatga kirishishda namoyon bo‘luvchi noverbal nutq turiga mimika deyiladi [1, B.170, 2, B.192 ]. Noverbal nutqni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1) tovushsiz: a) imo-ishora, b) mimika d) pantomimika, e) daktiologik; 2) tovushli: a) exologik (aks-sado), b) signifikatsiya (shartli belgilar, signallar, modellar). Og‘zaki nutq noverbal turkumdan keyin paydo bo‘lgan nutq turidan biri hisoblanadi va u shartli ravishda quyidagi nutq ko‘rinishlarini qamrab oladi: monologik, dialogik, poliologik, tashqi, ichki, ekspressiv, impressiv, lakonik (yig‘iq, qatra), affektiv (his-hayajon, jahl). Nutqning ikki xil: dialogik va monologik turlari mavjud bo‘llib, ularning har qaysisi o ‘z xususiyatiga ega. Dialogik nutq shakli (ikki yoki bir necha kishining suhbati, savollar va uning javoblari) bu toMiq boMmagan (qisqa) javobdir. Dialogik nutqning asosiy belgilari—to liq bo‘lmagan, undov so‘zlardan iborat, aniq intonatsion manodorlik (ifodalash), imo-ishora va boshqalardir. Dialogik nutqda savol tuza olish va savol berish, eshitgan savoliga taalluqli javobni berish, kerakli e’tirozni bildirish, suhbatdoshining javobini tuzatish va toldirish, muhokama va nuinozara qilish, o ‘z fikrini asoslash va boshqalar juda muhimdir. Monologik nutq bir kishining nutqi bo‘lib, so‘zlovchidan keng, aniq, to‘liq, bog‘langan fikrni talab etadi. Monolog hikoy tushuntirish, so‘zlovchidan o‘z fikrini asosiy narsaga qaratishni, jonli, obrazli, hishayajon bilan gapirishni talab etadi [4]. V. 1. Tixeyeva, A. Sh. Usova, A. M. M uxina, L. A. Penevskaya, M. M. Konina, O. I. Solovyova va boshqalarning bogianishli nutq sohasida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida bolalarda boglanishli nutqni rivojlantirishda tarbiyachining Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11 64 rahbarlik roliga katta ahamiyat beradilar. Ular: „Agarda bog‘ianishli nutqqa qaratilgan mashg‘ulotlar uzluksiz (sistemali) tarzda olib borilsa, unga tarbiyachi ongli ravishda rahbarlik qilsa, bolalarda o‘z fikrlarini bir-biriga bog‘lab gapirish malakasi rivojlanadi", degan fikmi bayon etadilar [3, B.190]. O‘zining hayotiy ma'nosiga ko‘ra nutq ko‘p funktsional xususiyatga ega. Bu nafaqat aloqa vositasi, balki fikrlash vositasi, ong, xotira, ma'lumot (yozma matnlar) tashuvchisi, boshqa odamlarning xatti-harakatlarini boshqarish va shaxsning o‘z xatti-harakatlarini tartibga solish vositasidir. Uning funktsiyalarining ko‘pligiga ko‘ra, nutq polimorfik faoliyatdir, ya'ni. turli funktsional maqsadlarida turli shakllarda taqdim etiladi: tashqi, ichki, monolog, dialog, yozma, og'zaki va boshqalar. Nutqning ushbu shakllari bir-biriga bog'liq bo‘lsa-da, ularning hayotiy maqsadi bir xil emas. Masalan, tashqi nutq, asosan aloqa vositasi, ichki - fikrlash vositasi rolini o‘ynaydi. Yozma nutq ko‘pincha ma'lumotni yodlash usuli sifatida ishlaydi. Monolog bir tomonlama, dialog esa ikki tomonlama ma'lumot almashish jarayoniga xizmat qiladi. Tilni nutqdan farqlash muhimdir. Ularning asosiy farqlari quyidagicha. Til - bu odatiy belgilar tizimidir, uning yordamida odamlar uchun ma'lum ma'no va ma'noga ega bo‘lgan tovushlar birikmasi uzatiladi. Boshqa tomondan, nutq - bu yozma belgilarning mos keladigan tizimi bilan bir xil ma'noga ega va bir xil ma'noga ega bo‘lgan talaffuz qilingan yoki sezilgan tovushlar to‘plamidir. Til uni ishlatadigan barcha odamlar uchun bir xil, nutq alohida o‘ziga xosdir. Nutq nutqning ushbu xususiyatlari o‘ziga xos bo‘lgan shaxs yoki odamlar jamoasining psixologiyasini ifodalaydi, til o‘zi uchun o‘zi bo‘lgan odamlar va nafaqat tirik odamlar, balki yashagan barcha odamlarning psixologiyasini aks ettiradi. oldin va ushbu tilda gaplashar edi



    Download 39.75 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling