Maqsad: Tarbiyachi tomonidan aytilgan hikoyani nihoyasiga yetkazishga, jumlalarni qisqa, lo‘nda tuzishga o‘rgatish. Vazifalar:
•Bog’langan nutqni rivojlantirish.
•Gapirayotganda so‘zlarni bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzish malakasini mustahkamlash.
Savodga o‘rgatish. So‘zlardan gap tuzish va uni «o‘qish» malakasini o‘stirish.
So‘zlarni bo‘g’inlarga ajratish. Kutilayotgan natijalar:
•Hikoya to‘qishga qiziqish uyg’onadi.
•Sifatlarning qiyosiy (solishtirma) darajalarini yasashga o‘rganadilar.Kerakli jihozlar:
•Mavzuga oid rasmlar Mashg’ulotning borishi. Bolalar, hozir men sizga o‘jar jo‘jacha haqida hikoya aytib beraman. Siz diqqat bilan eshiting, hikoyaning davomini siz aytib berasiz. Bir tovuqning 7 ta jo‘jasi bor ekan. Ulardan bittasi o‘jar ekan. Onasining so‘ziga quloq solmay uni qiynar ekan. Bir kuni ona tovuq jo‘jalarga yolg’iz ko‘chaga chiqmanglar, adashib qolasiz, – deb o‘zi donlagani ketibdi. Oradan ko‘p o‘tmay haligi o‘jar jo‘ja ko‘chaga chiqib ketibdi. U yuraveribdi, yuraveribdi, oxiri adashibdi. Yo‘lda bir gala g’ozlarni ko‘ribdi. Chi-chi mening onam qayerda ?
– deb so‘rabdi. G’ozlar bilmaymiz, deb suvga cho‘milgani ketishibdi. Jo‘jacha yana yuraveribdi, yuraveribdi,yo‘lda kuchukchani ko‘rib qolibdi. Chi-chi, mening onam qayerda? – deb so‘rabdi.
O‘jar jo‘jacha yo‘lda yana nimalarni uchratdi, qanday qilib onasini topib oldi. Shular haqida hikoya tuzib aytib bering.
Agar bolalar qiynalsalar tarbiyachi yordamlashadi.
Nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirsh. Yo‘lda o‘jar jo‘jacha mushukni ko‘rib qoladi. Mushuk jo‘jani aldab tutib olmoqchi bo‘lib turganda Ona tovuq yugurib kelib mushukni ta’zirini beribdi. Ona tovuq o‘jar jo‘jachani ham urishibdi. Jo‘ja esa o‘jarligidan pushaymon bo‘libdi. Bolalarni hikoya tuzishlari uchun ular 3-4 ta boladan iborat guruhlarga ajratiladi: biri boshlaydi, ikkinchisi davom ettiradi, uchinchisi yakunlaydi.
Guruh bolalarining javoblari eshitilgach tarbiyachi ularni rag’batlantiradi. Tetiklashtiruvchi mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |