Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning tasavvur faoliyati xususiyatlari Komila,Xolisxon, Madina, Zebo


Tasavvurni tekshiruvchi metodikalar


Download 8.18 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi8.18 Kb.
#1057384
1   2
Bog'liq
Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning tasavvur faoliyati xususiyat-fayllar.org

Tasavvurni tekshiruvchi metodikalar

«Berilgan geometrik shakl bo'yicha rasm yaratish»,

«Boshi bor rasmni tugallash»

Rorshax testi

Shunday qilib, nutqida kamchiligi bor bolalar chizgan rasmlar obrazlarning qashshoqligi, fazoviy tasavvurlarning noaniqligi bilan ajralib turadi. Ma’lumki, o'yin — bolalarning tabiiy holati. Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar turmush mavzusiga oid o'yinlarni ko'proq yaxshi ko'radilar, chunki ular uncha keng tasavvurni talab etmaydi va har kuni kuzatiladigan tanish sahnalardan iborat bo'ladi. Biroq ko'p holda ularning o'yinlari o'zining bir xilligi, mazmuni deyarli boyitilmasligi bilan xarakterlanadi. O'ylab qo'yilgan fikr mustahkam boimaydi va o'yin ayrim hollarda tugallanmay to'xtatib qo'yiladi. Nutqiy nuqsonga ko'ra o'zaro muloqot imkoniyatlari cheklangan bo'ladi. Xulosa qilib aytganda, nutqi to'liq rivojlanmagan bolalarda o'yin faoliya.ti me’yorda nutq rivojlanishiga ega tengdoshlariga nisbatan ancha sust bo'ladi, o'yin yangi detallar bilan boyitilmaydi.


Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar uchun ijodiy topshiriqlarni bajarish qiyinchilik tug'diradi: masalan, pedagog hikoyasini qayta gapirib berish, shaxsiy tajribadan olingan hodisalarni gapirib berish. Ular so'zning ko'chma ma’nosini metaforalarni yaxshi tu- shunmaydi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun rivojlantiruvchi ta’lim dasturini ishlab chiqish va mashg'ulotlarda bolalar bilan tasavvurni takomillashtirish va bola ijodiy qobiliyatlarini faollash- tirishga qaratilgan maxsus topshiriq va mashqlardan muntazam foydalanish kerak.
Bu ishni bir qancha yo'nalishlarda tashkil qilish mumkin. Nutqiy rivojlanishda orqada qolayotgan bolaga xayolidagi fikrni o'yinda yaratish va tatbiq qilish qiyin. Shuning uchun ishning birinchi bosqichida pedagog bolalar o'yinining faol ishtirokchisi bo'lishi kerak. Katta odamning o'yinga qiziqqanligi, o'zini tabiiy tutishi, sami- miyligi muhimdir. Bola ijodi yorqin hissiy kechinmalar bilan organik ravishda bog'liq. Biroq nutqi to'la rivojlanmagan bolalar, masalan, g'amgin yoki quvnoq ertak, she’r, nafis kuyning mazmunini to'liq idrok etmaydilar, shuning uchun undan yetarli darajada hissiy ta’sirlanmaydilar. Ularning nutqi uncha ifodali emasligi, harakatlari erkin emasligi bilan ajralib turadi, bolalar o'ziga yetarli darajada ishonmasligi ko'rinib turadi. Mana shu xususiyatlarni e’tiborga olib, tuzatish ishida artterapiya, teatrlashtirishdan foydalanish, ko'proq musiqa va logoritmikaga murojaat qilish kerak.
Shunday qilib, nutqi to'liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar o'zlarining sog'lom tengdoshlaridan tasavvur darajasining yetishmasligi bilan farqlanadilar; nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar uchun birmuncha faoliyatsizlik, harakatlarda sustkashlik, xayo- lot olamining torligi, obrazlarni fazoda joylashtirish malakasining yetishmasligi kabi belgilar xos. Shularni e’tiborga olib, bolalar ijodiy qobiliyatlari shakllanishiga ko'ra ishning birinchi yo'nalishi — tasav-vurni rivojlantirish va mazmunli-rolli o'yinlar vositasida hissiyot olamini boyitishdan iborat.
Ishning ikkinchi yo'nalishi maxsus topshiriqlardan foydalanishni ko'zda tutadi, ularni bajarish jarayonida tayyor tasavvurlarni qayta hosil qilish va shu asosda yangilarini yaratish qobiliyati rivojlantiriladi.
Uchinchi yo'nalish bolaning faol nutqini rivojlantirishdan iborat. Bolalarda ijod qilish, yangilik yaratishga intilish, fikrlash va tasavvur qilish kabi yuqori psixik jarayonlari ilk bolalikdan rivojla- na boshlaydi. Aynan ularning rivojlanishiga 5—12 yoshgacha bo'lgan bolalarni tarbiyalashda katta e’tibor berish zarur. Bu davrni olimlar senzitiv, ya’ni tasavvurni fikrlash va tasavvur qilishni rivojlantirish uchun eng ma’qul davr deb hisoblaydilar.

Geometrik shakllardan rasm yasash metodikasi



Maqsad: Bolaning tasavvurini rivojlanganlik darajasini tekshirish
O’tkazilish tartibi: Bolaga turli xildagi geometric shakllar beriladi
va unga shu shakllardan foydalanib nimadir yashash vazifasi
beriladi.Bola tasavvurini ishga solib bor narsalardan rasmlar
yasashi kerak .
Baholash . Bunda eksperiment individual va guruhiy shaklda
olib borilishi mumkin. Eksperimentning borishida bolalarning
berilgan vazifani bajargan vaqti, ular faoliyatining sifat jihatdan
tahlili o'tkazildi.
http://fayllar.org
Download 8.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling