Tuxsanova zebinisoning
Download 382.12 Kb.
|
Qushchani kuzatish. “Yomg\'ir va qushlar” harakatli o\'yin.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashgulotning borishi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI SHAHAR 13-MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISI TUXSANOVA ZEBINISONING UCHIB KETUVCHI QUSHLAR Mavzu: UCHIB KETUVCHI QUSHLAR. “Yomg'ir va qushlar” harakatli o'yin. Maqsad: Qushchani kuzatish orqali bolalarda quvonch hosil qilish. Bolalarda qushchani avaylash, unga g'amxo'rlik qilish hissini uyg'otish. Vazifalar: · Bolalarning kuzatish vaqtida olgan taasurotlarini so'z bilan ifodalay olishlariga erishish (uchyapti, sakrayapti, cho'qiyapti). · Bolalarni savollar berishga va savollarga javob berishga o'rgatib borish. Kutilayotgan natijalar: Tarbiyachining savollari bo'yicha hikoya tuzishga o'rganadilar. Mashg'ulotning borishi. Tarbiyachi: qaranglar bolalar bizning guruhimizda qanday chiroyli qushlar yashaydi-a? Qani eslab ko'ring-chi qushlarimiz qanday harakatlar qilishni bilishadi? (Bolalar javoblari) Tarbiyachi: to'g'ri bolalar, bizning qushlarimizni kuzatish juda qiziqarli. Ular goh shoxchada o'tiradilar, goh sayraydilar, goh don cho'qilaydilar, goh suv ichadilar, goh qanotlarini tozalaydilar. Hozir bolalar birgalikda qushchalarimizni kuzatamiz. Ular cho'chib ketmasliklari uchun shovqin qilmaslikni harakat qilamiz. Bolalar qushchani kuzatish vaqtida ularning harakatlarini so'z bilan ifodalab beradilar. Bolalar qushning tumshug'i, dumi, qanotlarini ko'rib chiqadilar. So'ngra tarbiyachi qafasdagi qushchani joyiga olib qo'yadi va bolalarga qish manzarasi suratini ko'rsatadi va surat asosida hikoya qiladi. “Bolalar hozir men sizga qishlab qoluvchi qushlar haqida so'zlab beraman. Suratga qarang daraxtga donxo'rak o'rnatilgan. Daraxtga donxo'rak nima uchun o'rnatiladi? To'g'ri, bolalar donxo'rakka don, non uvoqlarini sochishadi. Tarbiyachi surat bo'yicha gapirayotganda shakllardan (bolalar, qushlar) foydalanadi. Bolalar donxo'rakdan uzoqlashib ketishganda, qushlar daraxtdan uchib donxo'rakka qo'nadilar. Bolalar sochib ketgan don, non uvoqlarini cho'qiydilar. Qushlarni don cho'qiyotganlarini bolalar uzoqdan turib kuzatadilar. Bolalar qushlarni don cho'qiyotganganlarini ko'rib suyunib ketdilar. Hozir bolalar “Qushlar va yomg'ir” harakatli o'yinini o'ynaymiz. Sizlar qushlar bo'lasizlar. “Qushlar uchadilar, don cho'qishadi va yana uchishadi, sayrashadi” desam, siz so'zlarimga qarab harakat qilasiz. (bolalar tarbiyachi so'zlarini harakatda ifodalaydilar). “Yomg'ir yog'yapti” desam, hamma qushlar o'tirib olishadi. “Yomg'ir to'xtadi qushlar yana uchadilar, sayraydilar, don cho'qidilar” desam siz yana o'rningizdan turib, harakat qilasiz. O'yin shu tariqa davom etadi. Mashg'ulot yakunida tarbiyachi barcha bolalarni shirin so'zlar bilan rag'batlantiradi. Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: -Bolalar bizning guruhimizda qanday chiroyli qushlar yashaydi ? -Qushlarimiz qanday harakatlar qilishni bilishadi? - Daraxtga donxo'rak nima uchun o'rnatiladi? -Qanday o'yin o'ynadik? Download 382.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling