Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo
Download 1.01 Mb.
|
Bahromova Mehrangiz
- Bu sahifa navigatsiya:
- UCHUB KETUVCHI QUSHLAR , ASOSIY TURLARING HAYOTI ’’
- I.BOB. UCHUB KETUVCHI QUSHLAR , ASOSIY TURLARING HAYOTI
- II.BOB. UCHUB KETU VCHI QUSHLARNING TABIATGADI AHAMIYATI VA YER YUZIDA TARQALISHI
- II.BOB. CHUMCHUQSIMONLARINING TAKSONOMIK TARKIBI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA FAN , INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA YO‘NALISHI 2-KURS 21.1-GRUH TALABASI BIOLOGIYA –60110900 Bahromova Mehrangizning ZOOLOGIYA FANIDAN “ UCHUB KETUVCHI QUSHLAR , ASOSIY TURLARING HAYOTI ’’ MAVZUSIDAGI KURS ISHI CHIRCHIQ-2023 MUNDARIJA: KIRISH………………………………………………………………..…..……...3 I.BOB. UCHUB KETUVCHI QUSHLAR , ASOSIY TURLARING HAYOTI…………………………………………………………………..……...6 1.1. Uchub keluvchi qushlaring qishlov joylari………………………..………….7 1.2. Mavsumiy o’zgarishlar. Uchub ketuvchi qushlar…………………………...10 II.BOB. UCHUB KETU VCHI QUSHLARNING TABIATGADI AHAMIYATI VA YER YUZIDA TARQALISHI……………………………13 2.1. Qushlarning tashqi tuzilishi va umumiy xususiyatlari………………………14 2.2. Qushlarning ekologik xususiyatlari…………………………….…………...16 II.BOB.CHUMCHUQSIMONLARINING TAKSONOMIK TARKIBI…....20 3.1.Chumchuqsimonlar turkumining tavsifi………………………………..........21 3.2. Chumchuqsimonlar asosiy turlarining vakillari……………………………..27 XULOSA………………………………………………………………………..30 ILOVALAR……………………………………………………………………..32 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………36 KIRISH Qushlarning inson xo’jaligidagi ahamiyati katta. Ko’pchilik qushlar zararkunanda hasharotlarni va kemiruvchilarni kirib foyda keltiradi. Bir qancha qushlar qadimdan inson tomonidan xonakilashtirilgan va hozir ham xonakilashtirilmoqda. Hozir er yuzida 100 mlrd.ga yaqin qushlar yashaydi.Ba'zi qushlar boshqa hayvonlarga oziq bo’ladi.Ular o’simliklar urug’ini tarqatishda ham katga ahamiyatga ega.Kolibrlar, nektarchilar o’simliklarni changlatadi.Yovvoyi qushlar ov ahamiyatiga ega.Dengiz o’rdaklarining momig’i juda yumshoq, issiqlikni yaxshi saqlaydi. Ularning azot va fosforga boy tezagi o’g’it sifatida foydalaniladi. Madaniyat tarixida qushlar pati juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Rim imp eriyasi davridan boshlab o’tgan asr o’rtalarigacha patlardan yozuv quroli sifatida foydalanilgan.1 Qushlar umurtqali hayvonlarning sinfi bo’lib tanasining par, patlar bilan qoplanganligi, oldingi oyoqlarining shakli, ko’rinishi o’zgarib, uchish a’zosi – qanotlarga aylanganligi bilan xarakterlidir. Ayrim istisnolarni inobatga olmaganda qushlar – uchuvchi hayvonlardir.Ucha olmaydigan turlar ozchilikni tashkil etadi.Ularda qanot rivojlanmagan.Qushlarning keyingi oyoqlari ularni qattiq substratda yer yuzi bo’ylab harakatlanishini ta’minlaydi.Shunday qilib qushlar quruqlikdagi boshqa umurtqalilardan farq qilib, ular ikki oyoqli hayvonlardir.Qushlarda moddalar almashinuvi zo’r shiddat bilan boradi, tana harorati doimiy va yuqori bo’ladi, yurak to’rt kamerali, arterial qon venoz qondan ajralgan. Qushlarda bosh miya yarim sharlari va sezgi organlari, ayniqsa ko’rishva eshitish yaxshi rivojlangan. Agar biologik nuqtai nazardan qarasak hayotiy jarayonlarning jadal borishi va parvoz etish, uchish orqali harakatlanish qushlarning xarakterli xususiyatlaridir. Ana shu ikki muhim xususiyat ko’p hollarda ularning biologiyasini, hayot kechirish tarzini belgilaydi. Xuddi shu xossalari bilan qushlar boshqa umurtqalilarning guruhlaridan, sinflaridan tubdan farq qiladi. R.N.Meklenburtsevning ma'lumotlariga ko’ra chug’urchuqlarning ayrim koloniyalari bir oyda O’rta Osiyoda 100 mingga yaqin chigirtkalarni eb quritadi. M. D. Zverovning ma'lumotiga ko’ra Novosibirskda bitta uyadagi chug’urchuq jo’jalarini boqish uchun 5 kunda 796 ta may qo’ng’izni va 160 ta lichinkasini, 27 ta sim kurti qo’ng’izini va 12 ta lichinkasini eb kuritadi. Umuman bir marta ko’payish davrida bitta chug’urchuq oilasi 7800 may ko’ng’izining lichinkalarini yeb quritadi.2 Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling