Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo
Janub bulbuli - Luscinia megarhynchus Vrenm
Download 1.01 Mb.
|
Bahromova Mehrangiz
Janub bulbuli - Luscinia megarhynchus Vrenm.
May oqshomlari, kun botishi bilan Namangan atroflarida, ba'zi joylarda esa shahar markazida ham malladan kelgan kichkina bir qush bulbulning xilma-xilligi va go’zalligi jihatidan nihoyatda yoqimli bo’lgan sayrashi eshitiladi, bu qush tog’risida qanchadan-qancha shoirona hbikoyalar to’qilgan-u, lekin o’zini ko’rganlar kam. O’zbekistonda bulbul sohil bo’yi to’qaylarida, talaygina buta o’simliklar va suv bo’ladigan bog’-rog’lar va qishloqlarda, tog’lardagi bargli o’rmonlarda uchraydi. Qanotining uzunligi 78—95 mm.Qishlash joyi (Janubiy Arabiston)dan bulbul aprel boshlarida uchib ketadi, aprel oxirlab, dov-daraxtlar endi yangi bargchiqargankezlardabizgauchibkeladi. Sentyabrda uchib ketadi.Uyalarini soy bo’ylari va daryo orollari, tog’ yonbag’irlaridagi butazorlarga, ko’pincha qarovsiz qoldirilgan bog’larda butalar orasidagi shundoqgina yerga, yonidan shox chiqargan daraxt to’nkalariga, kichik butalar va kichik-kichik daraxtlarga yerga yaqin qilib quradi. Uyasining tagi qatlamini qiyosan dag’ al poyalar va donli o ’simliklarning barglarini qayrag’ och yoki jiyda barglari bilan aralashtirib solsa, ichki katlamini donli o’simliklarning nozik barglaridan soladi.Uyasini topish qiyin, chunki u atrofdagi Yerda yotgan quruq barglar bilan qo’shilib ketadi.May-iyunda tuxum qo’yadi.Uyasida kattaligi 21X16 mo' keladigan 4—5 ta tuxum bo’ladi.Tuxumining po’sti kulrang yoki ko’kimtir sarg’ish-yashil tusda. Tuxumlarini modasi, aftidan, 13—14 kun bosib yotadi. Tuxumdan chiqqan bolalari patsiz va nimjon bo’ladi. 15 kundan keyin ular ancha o’sib, uyasini tashlab chiq adi. Bulbulning ovqati faqat hasharotlar va ularning lichinkalaridir. Bu sayroqi kushni muhofaza qilish kerak. Oqtomoq bulbul (Irania gutturalis Guerin.) tog’larda (2200 m gacha balandlikda) uya quradi.Bu qushcha boshining ikkala yoni qora, tomog’i oq, ustki tarafi kulrang, pastki tarafi qovokrang-malla. U butalarda yashaydi, yerga kamdan- kam tushadi, lekin toshlar bor joylarda bu qush shu toshlar ustida ham o’tiradi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling