Nutqiy faoliyat


Download 36.92 Kb.
bet1/2
Sana02.12.2023
Hajmi36.92 Kb.
#1780552
  1   2
Bog'liq
9-MA\'RUZA


9. Nutqiy faoliyatning psixologik mexanizmi. Nutqiy faoliyat turlari. Verbal va noverbal tafakkur.

Nutqiy faoliyat” tu shunchasi. Nutqiy faoliyatning tuzilishi. Nutqiy faoliyatning psixologik mexanizmi.


1.Nutqiy faoliyat tu shunchasi F. de Sossyur tomonidan til va nutqning farqlanishi psixolingvistik tadqiqotlarda nutqiy faoliyat tu shunchasining yanada aniqroq bo‘lishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. A.A.Leontev fikriga ko‘ra, F.de Sossyur nutqiy faoliyatni til va lisoniy qobiliyatning birligi sifatida tu shuntirgan. L.V.Shcherba esa nutqiy faoliyatni so‘zlash va tu shunish jarayonlarining umumlashmasi, deb belgilagan. E.S.Kubryakovaning ta’kidlashicha, aynan L.V.Shcherba til hodisalariga oid bo‘lgan nutq, uning real asosi hamda nutqiy jarayon mahsulini ajratib ko‘rsatgan. shuningdek, olima nutqiy faoliyat termini ostida nutq yaratilishi va uning qabul qilinishiga oid barcha hodisalarni tu shunish kerakligini alohida qayd etgan. A.A.Leontev nutqiy faoliyatni nutqiy jumlalarning nutqiy bo‘lmagan subektiv kodlar orqali dasturlashtirilishi sifatida baholaydi va uni predmetlik, aniq bir maqsadga qaratilganlik, motivlashganlik, pog‘onalilik hamda bosqichlilik singari alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan, boshqa inson faoliyatlari chog‘ida muloqot vositasi sifatida tildan foydalanish jarayoni, deb izohlaydi. Nutqiy faoliyat o‘zining barcha mezonlariga ko‘ra, masalan, tashkil bo‘lishiga ko‘ra eng murakkab faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. Nutqiy faoliyat mustaqil, tugallangan faoliyat akti sifatida kamdan-kam holatlarda namoyon bo‘ladi. U odatda, faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ishtirok etadi. Jumladan, odatdagi nutqiy ifoda boshqa odamning xatti-harakatini boshqaruvchi ifoda hisoblanadi. Biroq shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday boshqaruv muvaffaqiyatli tamomlangandagina faoliyat tugallangan sanaladi. Masalan, stolda yoningizda o‘tirgan kishidan bir bo‘lak non uzatib yuborishini iltimos qildingiz. Agar bu holatga butunligicha qaraladigan bo‘lsa, faoliyat akti hali tugallanmagan. Yoningizda o‘tirgan kishi nonni sizga uzatib yuborgandagina maqsadga erishilgan bo‘ladi.
I.A.Zimnayaga ko‘ra, nutqiy faoliyat faol, aniq bir maqsadga qaratilgan, til vositasida amalga oshiriladigan va holatlardan kelib chiqqan holda insonlar o‘rtasida o‘zaro ta’sir qilish, muloqot qilish jarayonidir. Nutqiy faoliyat boshqa kengroq masalan, ijtimoiy-ishlab chiqarish (mehnat), bilish faoliyatiga ham kirishi
mumkin. Biroq u mustaqil faoliyat bo‘lishi mumkin. Nutqiy faoliyatning har qaysi turi o‘zining ―kasbiy timsoli ga ega bo‘ladi, masalan, gapirish - ma’ruzachining, yozish yozuvchining kasbiy faoliyatini ko‘rsatadi. Umumiy psixologiyada nutq insonlar moddiy faoliyatining shakllanishi jarayonida tarixan vujudga kelgan til vositasidagi muloqot shakli, deb belgilanadi. Nutqiy faoliyat deganda til belgilari stimul-vosita sifatida ishtirok etadigan faoliyatni tu shunish mumkin. Bu faoliyatda nutqiy ifodalar shakllanadi va ulardan oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun foydalanamiz. Nutq to‘liq muloqot yoki xususiy faoliyatni to‘liq boshqarish va nazorat qilish uchun xabarni yaratish va uni qabul qilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Zamonaviy psixologiya nutqni universal muloqot vositasi, nutqiy ifodani hosil qiladigan va uni qabul qiladigan ikki subekt ishtirok etadigan ongli faoliyatning murakkab shakli sifatida talqin qiladi. Psixolingvistikani tilning subektiv jihati, uning aniq nutqiy ifodaning shakllanishidagi roli qiziqtiradi. Nutqiy faoliyatga berilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, u ba’zan turg‘un hodisa sifatida (masalan, matn), ba’zan esa harakatdagi hodisa sifatida (masalan, so‘zlash va eshitish) talqin qilinadi. Nutqiy faoliyatga berilgan mazkur ilmiy ta’riflar bir-biridan turli jihatlariga ko‘ra farq qilsa-da, ularning barchasida ikki omil, ya’ni so‘zlovchi va tinglovchi faoliyati nazarda tutilganligini ko‘rish mumkin.

Download 36.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling