Nutqiy faoliyat


Nutqiy faoliyatning tuzilishi


Download 36.92 Kb.
bet2/2
Sana02.12.2023
Hajmi36.92 Kb.
#1780552
1   2
Bog'liq
9-MA\'RUZA

Nutqiy faoliyatning tuzilishi. Insonning barcha boshqa faoliyatlari kabi nutqiy faoliyat ham darajali yoki bosqichli tuzilishga ega. I.A.Zimnayaning fikricha, nutqiy faoliyat qo‘zg‘atuvchi motivatsion, yo‘naltiruvchi-tadqiqot va ijro kabi uch bosqichdan tuzilgan bo‘ladi. Birinchi bosqichda faoliyat ehtiyojlar, motivlar va maqsadlarning o‘zaro ta’sirida amalga oshadi. Bunda faoliyatning asosiy manbasi ehtiyojdir. Umumiy psixologiyada ehtiyoj Shaxsni faoliyatni amalga oshirishga bo‘lgan xohishi, intilishi, urinishi, deb izohlanadi. Buni nutqiy faoliyatga gapirishni xohlayman yoki jim turolmayman ko‘rinishida tatbiq qilish mumkin. Nutqiy faoliyatning barcha ko‘rinishlarida uning asosiy manbasi kommunikativ bilish ehtiyoji va unga mos bo‘lgan kommunikativ-bilish motivi hisoblanadi. Bu ehtiyoj nutqiy faoliyatning predmetida o‘z o‘rniga ega bo‘lgandagina fikrlar mazkur faoliyatning motiviga aylanadi. Nutqiy faoliyat birinchi bosqichining muhim tarkibiy qismlaridan biri nutq niyati bo‘lib, u ehtiyojni nutqning turg‘un motiviga aylanishida katta rol o‘ynaydi. Nutq niyati nutqiy faoliyat subektining bu faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan ongi, irodasi va hissidir. Nutqiy faoliyatning ikkinchi bosqichini faoliyatni amalga oshirish
sharoitlarini o‘rganishga, faoliyat predmetini aniq belgilashga va uning
xususiyatlarini yoritishga qaratilgan yo’naltiruvchi-tadqiqot (yoki analitik) qism tashkil qiladi. Ayni paytda bu bosqich nutqiy faoliyatning rejalashtirilishi, dasturlanishi va ichki-ma’noviy tuzilishidir. Bu bosqichning birinchi unsuri nutqiy faoliyat subektining bu faoliyatni sharoitlarda amalga oshirishdagi (birinchi galda nutqiy kommunikatsiya sharoitida) turlicha plandagi yo‘nalishini ko‘zda tutadi. U nutqiy faoliyat subekti yo‘nalishining quyidagi savollar bo‘yicha «Kim bilan?”, «Qayerda?“, «Qachon?”, “Qaysi vaqt oralig‘ida?” nutqiy faoliyat amalga oshishini ko‘zda tutadi.
Ikkinchi bosqichdagi mazkur unsurning sxemasini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: mazkur bosqichning ikkinchi unsuri nutqiy faoliyat doirasidagi muhim ongli harakatlar – nutqiy ifodalarni rejalashtirish va dasturlashga asoslanadi. Psixologiyada rejalashtirish faoliyatning (nutqiy harakatlar va ularni tarkib toptiruvchilar) asosiy bosqichlarini ajratishga va ularni amalga oshirishdagi ketmaketlikni aniqlashga qaratilgan aqliy harakat sifatida tu shuniladi. Umuman, harakatlar ikki xil tashqi (masalan, amaliy) va ichki (aqliy) bo‘ladi. Genetik
jihatdan aqliy harakatlar (faoliyat tizimidagi) tashqi harakatlardan masalan, nutq organlarining faolligi) kelib chiqqan bo‘lib, ular oxirgi interiorizatsiya (lot. Interior — ichki; tashqi ijtimoiy strukturalarni o‘zlashtirish natijasida inson psixikasining ichki strukturasining shakllanishi) jarayonining natijasi sanaladi. O‘z navbatida faoliyatni dasturlash tuzilgan rejani kengaytirish, faoliyat dasturiga aylantirishni bildiradi. Bu o‘rinda rejalashtirish sifatida nutqning turli shakllari va ko‘rinishlari, dasturlash sifatida til belgilari ishtirok etadi. Nutqni rejalashtirishga yoyiq nutqiy ifodaning (to‘liq matnning) rejasini tuzish, unda bayon qilinajak asosiy ma’noviy qismlarni (matn tarkibidagi ost sarlavhalar, abzaslarni) aniqlash misol bo‘la oladi. Bunga matnning kompozitsion tuzilishida ishtirok etadigan kirish, asosiy qism, xulosa va ularning asosiy ma’nosini umumlashtirish va aniqlash ham kiradi.
Nazorat savollari

  1. Nutqiy faoliyatga berilgan ilmiy ta‘riflarning barchasida qaysi omillarning nazarda tutilganligini ko‘rish mumkin?

  2. I.A.Zimnayaning fikricha, nutqiy faoliyatqanday bosqichlardan tuzilgan?

  3. Nutqiy faoliyatning birinchi bosqichi qanday amalga oshadi?

  4. Nutqiy faoliyatning ikkinchi bosqichini qaysi qism tashkil qiladi?

  5. Nutqiy faoliyatning uchinchi bosqichi qaysi amallarni o‘z ichiga oladi?

  6. “Mexanizm” termini ostida nima tu shuniladi?

Download 36.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling