Nutqiy malakani oshirishda til uslublaridan foydalanish Uslub


Download 7.1 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi7.1 Kb.
#1489298
1   2   3
Bog'liq
Nutqiy malakani oshirishda til uslublaridan foydalanish Uslub-fayllar.org

Ilmiy Uslub o‘z ichida quyidagi mayda Uslubga bo‘linadi: ilmiy ish Uslub, ilmiytexnik Uslub, ilmiyommabop Uslub, ilmiypublisistik U. Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarni ifodalovchi terminlarga boyligi ilmiy Uslubning eng asosiy xususiyatlaridan biridir.Publisistik Uslub vazifaviy Uslubning bir turi bo‘lib, u ijtimoiysiyosiy so‘z va iboralarning qo‘llanishi, janrlarning xilmaxilligi va buning natijasida til vositalaridan uslubiy foydalanishning rang-barangligi va sh. k. belgilar b-n xarakterlanadi. Publisistik Uslub ijtimoiysiyosiy adabiyotlarda, vaqtli matbuotda, siyosiy chiqishlarda, majlislardagi nutklar va sh. k. da o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiysiyosiy bilimlarni targ‘ib qiluvchi va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang-barangligi bilan kishilar ongiga ko‘proq ta’sir etadi.

Vazifaviy Uslubning hech birida til o‘zining tuzilish jihatlari, lug‘at tarkibi, ya’ni so‘zning ma’no boyligi va rang-barangligini, to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarni badiiy nutq Uslub idagichalik namoyish qila olmaydi, grammatik qurilishi, ya’ni gaplarning barcha tiplari bilan ishtirok eta olmaydi. Badiiy adabiyotning barcha janrlarida so‘z ishlatish va so‘z tanlash imkoniyatlariga bir mezon bilan yondashib bo‘lmaydi. Har qaysi adabiy janrning tasvir usuli, so‘z tanlash yo‘sini shu janrdagi asarning umumiy mavzusiga, janr turiga boglik bo‘ladi.

Uslubiy figuralar deb ataluvchi tasvir vositalari — inversiya, takror, o‘xshatish, sifatlash, metafora, jonlantirish, antiteza, gradasiya, ellipsis, ritorik so‘roqlarning badiiy Uslubda faol qo‘llanishi bu Uslubning o‘ziga xos tarkibi mavjudligini ko‘rsatadi. Til vositalarining vazifaviy chegaralanishi ularning nutq jarayonida ham farqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.



http://fayllar.org
Download 7.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling