Nutqiy mavzu: Iqtisod va hayot
Download 97.98 Kb.
|
Новый документ в формате RTF
Terminologiya (termin va … logiya) 1) leksika nutq bir sohasi; muayyan fan, texnika, ishlab chiqarish. tarmogʻining, sanʼat, ijtimoiy faoliyat sohasining tegishli tushunchalar tizimi bilan bogʻliq terminlari majmui; 2) tilshunoslikning terminlarni oʻrganuvchi sohasi. Terminologiya tor maʼnoda maʼlum bir sohaga oid maxsus leksika. Masalan: fizika terminologiyasi, ijtimoiysiyosiy terminologiya, mashinasozlik terminologiyasi kabi. Terminologiya umumxalq tilining leksikasi negizida vujudga keladi, boyiydi. Uz navbatida u, umumxalq tilining boyishi uchun xizmat qiladi. Terminologik leksika umumxalq tili leksikasining ajralmas qismi sifatida u bilan birga rivojlanadi, jamiyat va til taraqqiyotidagi barcha jarayonlarni boshdan kechiradi. Maʼlum bir soha yoki fan yuqori darajada taraqqiy etgandagina oʻsha tilda maxsus terminologiya vujudga keladi.
Terminologiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa Bugungi kunda oʻzbek terminologiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omil uning tartibga solinganligi va muntazamligidir. Terminologiyaning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Mas., umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va kup maʼnolilik tilning boyligi boʻlsa, terminologiyada bular salbiy hodisa hisoblanadi. Mas., birgina tushunchani ifodalash uchun oʻzbek tilida yarimoʻtkazgich — chalaoʻtkazgich — nimoʻtkazgich terminlari qoʻllanmoqda. Bu, oʻz navbatida, oʻqishoʻqitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shu sababli ham terminologiya si maʼlum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib turiladi. Tartibga solish maʼlum terminologik meʼyorlar asosida amalga oshiriladi. Terminologiya rivojida fan sohalariga oid maxsus lugʻatlarni nashr qilib turish ham muhim ahamiyatga ega. Oʻzbek tili terminologiyasi maʼlum taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Oʻzbek tili terminologiyasi sohasidagi ishlarni oʻtgan asrning 50-yillarida Oʻzbekiston SSR Oliy Soveta Prezidiumi huzuridagi Til va terminologiya komiteta boshkargan (1931—1937-yillarda faoliyat koʻrsatgan), keyinchalik Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti qoshidagi terminologiya boʻlimi (1964-yildan) olib bordi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik qoʻmitasi 1988-yildan 2004-yilgacha oʻzbek tili terminologiyasini tartibga solish va takomillashtirish bilan shugʻullanib keldi (2004-yil yanvardan mazkur koʻmita faoliyati toʻxtatildi). Kirish
Nutqiy mavzu haqida: Iqtisod- bu muayyan ijtimoiy tuzumdagi ishlab chiqarish munosabatlari majmuidir. Rivojlangan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida barcha islohotlarning iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini va juda keltirishdan iboratligini doimo esda tutish zarur. Grammatik mavzu haqida:Eng avvalo til o‘zining ijtimoiy mohiyatida ko‘zga tashlanadi. Til vositasida, aniqrog‘i milliy tilning ravnaq darajasi boyligi rang - barangligi, imkoniyatlari orqali millatning tafakkur darajasi, millat fikrining miqyoslari aniqlanadi, uning ijtimoiy faollik belgilari ma’naviy salohiyatida namoyon bo‘ladi. Shu bois til- millatning ruhini ifoda etadi, til millatning tiriklik belgisidir. Xulosa
Eng avvalo til o‘zining ijtimoiy mohiyatida ko‘zga tashlanadi. Til vositasida, aniqrog‘i milliy tilning ravnaq darajasi boyligi rang - barangligi, imkoniyatlari orqali millatning tafakkur darajasi, millat fikrining miqyoslari aniqlanadi, uning ijtimoiy faollik belgilari ma’naviy salohiyatida namoyon bo‘ladi. Shu bois til- millatning ruhini ifoda etadi, til millatning tiriklik belgisidir.
Foydalanilgan adabiyotlar royxati “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. Ma’rifat gazetasi, 1998.1.04. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. Ma’rifat gazetasi, 1998.1.04. U.Tursunov, B.O‘rinboyev. “O‘zbek adabiy tili tarixi”, Toshkent. “O‘qituvchi”. 1982. Yo.G‘ulomov va boshqalar. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi. Toshkent, 1975 – y. www.vikipedia.org internet maqolasi. Download 97.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling