Nutqiy mavzu: Iqtisod va hayot
Download 97.98 Kb.
|
Новый документ в формате RTF
Nutqiy mavzu: Iqtisod va hayot. Iqtisod- bu muayyan ijtimoiy tuzumdagi ishlab chiqarish munosabatlari majmuidir. Rivojlangan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida barcha islohotlarning iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini va juda keltirishdan iboratligini doimo esda tutish zarur. Aholi turmush darajasi faqat uning daromadlarinign oshishi, sifatli iste’mol tovarlari bilan etarli ta’minlanishi asosida o’lchanib qolmaydi. Balki ma’naviyat va ma’rifat, madaniy ehtiyoj, turli shakllarda sifatli xizmat ko’rsatish bo’sh vaqtdan mazmunli foydalanish, jismoniy va aqliy yetuklik kabi ko’pgina sifat ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi, zero ularsiz yuksak turmush farovonligiga erishish bo’lamaydi. Insonning moddiy ishlab chiqarish harayonlari va bu boradi yuzaga keladigan munosabatlarni iqtisodiyot fani o’rganadi. Abu Ali ibn Sino fanlarini tasnif qilar ekan, iqtisodiyotni xo’jalik yuritish sohasidagi amaliy fanlar qatoriga kiritadi. O’rta asrlarda ilmlar tasnifi bilan shug’ullangan Abu Abdulloh Al- Xorazmiy xalq iqtisodiyotni xo’jalik yuritish sohasidagi amaliy falsafiy fan doirasiga kiritadi. A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” asarida “Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytilur”. Mol qadrini biluvchin kishilar o’rinsiz erga bir tiyin sarf qilmas, o’qni kelganda so’mni ayamas salohiyatning jiddiy baxillik bo’lgani iqtisodning jiddiy isrifdir. Alloh bunday kishilarni suymaydi. Iqtisodga rioya qilgan kishilar hamma vaqt tinch va rohatda yashaydilar. Hozirgi kunda maqsadga yetmoq, xalqqa maqbul bo’lmoq uchun ilm va mol lozimdir. Mol topmoqlikning eng barkamol yo’li –ekinlik, hunarmandlik, savdogarlikdir. Bularning har biriga ham bilim lozim, deyiladi. Ishlab chiqarishning o’sishi va kishilar mamlakatlar o’rtasidagi aloqalar bozor munosabatlarini keltirib chiqaradi, O’rta osiyoda bozor munosabatlari qadim zamonlardan boshlab shkallangan. Tarixiy hujjatlarning guvoh berishicha bundan ming yillar avval Buxoro va Xiva savdogarlari odamlar ko’zini quvnatib hayron qoldirgan. Tovarlar va buyumlarni Hindiston va Xitoyda, Rossiya va G’arbiy Ovropa mamalakatlariga yetkazib borganlar. O’rta osiyo bozor munosabatlarining qadimdan rivoj topganiga Buyuk ipak yo’li yaqqol misol bo’la oladi. Shunday ekan hozirgi zamon tilida ishlatilayotgan bozor iqtisodiyoti mohiyati nima? Uni qisqa bozor iqtisodiyoti mohiyati nima? Uni qisqa ifodalaydigan bo’lsak, u quyidagilarni anglatadi. Bozor iqtisodi so’zi birinchi navbatda uzoqni ko’zlab ishlab chiqaziash, muloqot gaplashish, keltirish, savdolashsh. Ikki tomonga to’g’ri keladigan umumiy narxni, raqamni, xulosani topish demakdir. Bozor iqtisodining asosiy sharti va talabi-mumkin qadar ko’proq sifatliroq raqobatdosh mahsulot ishlab chiqishdir. Xuddi shu talablarning egn qulay sharoitlarni kapitalizm davri yuzaga keltirdi. Natijada insoniyat keyingi besh asr ichida undan oldingi hamma tarixdagidan ko’p moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarishning haqiqiy qaynar bulog’iga aylandi. Bu davrda insoniyatning haqiqiy aqliy salohiyati yaratuvchanlik imkoniyatlari namoyon bo’ladi. Bozor munosabatlarining qonunlarini nazarpisand qilmaslik, buzish iqtisodiyotni og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunonchi sobiq ittifoqda 70 yildan ortiqroq davr mobaynida bozot iqtisodiyotiga aloqasi bo’lmagan iqtisodiyotni yaratishga urinib ko’rildi. Bu sobiq mustabid tuzumga va uning halqiga juda qimmatga tushdi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng u qaysi yo’ldan borishi kerak degan masala oldimizda ko’ndalang bo’lib turdi. Yurtboshimiz I.A.Karimov mustaqillikka erishganimizning birinchi kunlaridanoq jahondahi turli mamlakatlarning tajribalarini chuqur va har tomonlama o’rganib Mustaqil O’zbekistonning bundan buyongi taraqqiyot yo’li bozor iqtisodiyoti munosabatlari yo’lidan boorish ekanligiga qat’iy ishonch hosil qildi. Albatta ma’naviyatli jamiyatda iqtisodiyot tez taraqqiy etadi. Jamiyat a’zolarining barchasi uchun iqtisodiy sharoit yaratilib, ularning tituv yashashi uchun imkoniyat yaratiladi hamda ularning har yaratiladi hamda ularning har tomonlari ehtiyojli qondiriladi. Lekin ma’naviyati tuban, o’q’irlik poraxo’rlik, zo’ravonlik, qonunchilik avj olgan jamiyatda faqat bir hovush kimsalar uchun iqtisodiy imkoniyat yaratiladi hamda ularning turmush darajali yuqori bo’ladi va jamiyatning qolgan a’zolari qashshoqlikka mahkum etiladi, hamda oxir oqibatda jamiyatda tartibsizlik kelib chiqadi. Ammo bozor munosabatlarning qaysi yo’li bu uchun maqbul, qaysi birini o’zimizning bundan buyongi taraqqiyotimiz uchun tanlab olishimiz kerakligi masalasi oldimizda tuzgan muammo edi. Bozor munosabatlariga o’tish Angliyada 200 yil, boshqa mamlakatlarda 100-150 yil mobaynida Yaponiya, Quriya mamlakatlarida 20-30 yil mobaynida amalga oshgan shakllangan. Mustaqillik yillari O’zbekistonda barqarorlik va tinchlik, fuqarolar osoyishtaligi va millatlararo totuvlik saqlanib turibdi. Yaxshi qo’shnichilik va insonparvarlik o’zbeklar tabiatidagi tug’ma milliy va diniy fazilat hisoblanadi. Barcha zamonlarda O’zbekiston ko’p millatli davlat bo’lib kelgan va kelajakda ham shunday davlat bo’lib qoladi. O’zbekistonda 130 dan ziyod millat va illat vakillari bo’lgan 25 mln kishi yashaydi. Tinchlik ijtimoiy totuvlik va adovat g’oyalari bizning ajdodlarimiz qoldirib ketgan ma’naviy meros hisoblanadi. Mustaqil O’zbekiston tanlab olgan bozor iqtisodiyoti yo’li shuning uchun ham istiqboliki bu har kishidan o’ta tadbirkorlikni hozirjavoblikni, tejamkorlikni, uddaburonlikni talab etadi. Xullas, yuqorida aytganimizdek juda katta boyliklar mavjudligi, qudratli sanoat borasi ilmiy va intelektual salohiyat dalolat suverenteti yangi jamiyat barpo etish. O’zbekistonni rivojlangan, gullab yashnayotgan davlatga aylantirish uchun zarur bo’lgan iqtisodiy, ijtimoiy , ma’naviy, ma’rifiy asos bo’lib qoladi. Grammatik mavzu: Matndagi termin va iboralarni izohlash Frazeologiya tilshunoslikning frazeologik birliklarini o‘rganuvchi sohasidir. Frazeologiya termini tilshunoslikda ikki ma’noda qo‘llaniladi: tildagi frazeologik birliklarning jami ma’nosida va shunday birliklarni o‘rganuvchi soha (fan) ma’nosida. Ikki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib topgan va yaxlit bir ma’no ifodalaydigan til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi: qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan, og‘zi qulog‘ida, yuragiga ko‘ngliga qil sig‘maydi, do‘ppisi yarimta ikki gapning birida, sirkasi suv ko‘tarmaydi kabilar. Demak, leksikologiya tilning luga‘t sostavini (leksikasini) frazeologiya esa frazeologik birliklar sostavini o‘rganadi. Lug‘at sostavida til birligi so‘z bo‘lsa, frazeologiya sostavida frazeologizm til birligidir. Tilning lug‘at boyligi leksikasi va frazeologiyadan iboratdir. So‘z ham, frazeologizm ham lug‘aviy birliklar hisoblanadi. Frazeologizmlar birdan ortiq so‘zdan tashkil topishi bilan so‘z birikmasi yoki gap tipida bo‘lsa-da, lekin ular nutq birligi bo‘lgan bu birliklardan tamoman farqlanadi, va lug‘aviy birlik sifatida ko‘p jihatdan so‘zlarga yaqin turadi, so‘zlarga xos bo‘lgan juda ko‘p xususiyatlar frazeologizmlarga ham xosdir. Frazeologizmlar ham xuddi so‘zlar kabi shakl va ma’no butunligiga ega. So‘zning shakliy tomonini tovushlar hosil etsa frazeologizmlar shakliy tomonini so‘zlar hosil etadi: yoqlamoq-yon bosmoq, rahmdil-ko‘ngli bo‘sh kabi. Fazeologik ma’no. Tilda ham shakl va ma’no bor. Tilda shakl deb odatda tilning materiyasi-tovush ko‘zda tutiladi. Buni tilning ifoda plani deb yuritiladi. Ular (tovushlar) birikib tilning asosiy birliklaridan bo‘lgan so‘zni hosil qiladi. So‘z anglatgan ma’no til birligining mazmun plani deb yuritiladi. Bunday ma’no tilda (til bosqichida) berkitilgan bo‘ladi; nutq shuni qalqitib beradi. Iboralar ham ifoda planiga va mazmun planiga ega. Sodda morfemada uning ifoda plani deb tovush tizimi ko‘rsatilsa, murakkab (qo‘shma) morfemada uni tashkil toptirgan morfemalar ko‘zda tutiladi. (-chi-lik—chi-+lik kabi). Shuningdek, tub leksemada uning tarkibidagi leksema va morfemalar ko‘zda tutiladi. Ibora ham tarkibli til birligi, lekin uning ma’nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma’nolarining oddiy yig‘indisiga teng bo‘lmaydi. Iboraga xos ma’no tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga nisbatan mahraj ma’no, ustama ma’no sifatida gavdalanadi, bu ma’no ibora tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga suyanmasligi ham mumkin: iboraning ma’nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma’nolarning oddiy yig‘indisi bo‘lmasligi shular ustiga qurilgan yangi bir ma’no bo‘lishi sababli, iboralarda go‘yo ifoda plani bilan mazmun plani orasida qandaydir uzilish sodir bo‘ladi. Xususiy (qismlarga xos) ma’nolar umumiy (iboradan anglashiladigan) ma’noni to‘g‘ridan-to‘g‘ri izohlab turmaydi, shu sababli iboralarda ifoda plani bilan mazmun plani orasidagi bog‘lanish shartlilik kashf etadi. Bu (shartlilik) yerda bittadan ortiq so‘z yahlitligicha ma’lum bir obraz asosida ko‘chirish yo‘li bilan simantik taraqqiyotni boshdab kechiradi. Ma’lum obraz asosida yuzaga kelgan ana shunday ustama ko‘chma ma’noga frazeologik ma’no deyiladi. Masalan: til tekkizmoq iborasi “sha’niga nomunosib, nohaq gap aytmoq” ma’nosini anglatadi. Bu ma’no to‘g‘ridan-to‘g‘ri ibora tarkibidagi leksemalarning ma’nosidan kelib chiqmaydi. Masalan: batareyaga til tekkizsam, hech toki yo‘q ekan gapida erkin birikma ishlatilgan bunday ishlatishda til va tekkizmoq so‘zlari ma’no mustaqilligini saqlab bog‘lanadi, ma’noda tahlitlanish yuz bermaydi. Kechagi majlisda menga ham til tekkizibdi gapi tarkibida yuqoridagi erkin birikma emas balki, til tekkizmoq iborasidan foydanilgan. Aytilganlardan ma’lumki, fazeologik iboralardan anglashilgan ma’no nutq sharoitiga mos holda qo‘llanilsa, nutqning ta’sir kuchini oshiradi, shu bilan birga uning ifodaliligini oshiradi. Download 97.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling