Nutqiy va fonematik eshitishni rivojlantirish usullari


Download 152.5 Kb.
bet2/4
Sana06.11.2023
Hajmi152.5 Kb.
#1750560
1   2   3   4
Bog'liq
Nutqiy va fonematik eshitishni rivojlantirish usullari

Kurs ishi maqsadi: Zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutq ko’nikmalari va bilimlarini baholashga oid ishlarni nazariy tahlil qilish
Тadqiqot ob’ekti: Zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutq ko’nikmalari va bilimlarini baholash ruhiy – pedagogik asoslarini tadqiq qilish jarayoni.
Тadqiqot predmeti Zaif eshituvchi bolalarning og’zaki nutq ko’nikmalari va bilimlarini baholash mazmuni va uni amalga oshirish shakl va yo`llari.
Bizga ma’lumki, odamning umri butunlay uzluksiz tovushlar dunyosining ta’siri ostida o‘tadi, qushlar, hayvonlar, odamlar ovozi, musiqa ohanglari, texnika vositalarining tovushi – bularning barchasi odamning eshitish organiga ta’sir qiladi va tovush sifatida qabul qilinadi.
Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir, chunki bola nutqining rivojlanishi uchun uning eshitish organining qobiliyati normal bo‘lishi kerak, ya’ni u eshitgan so‘zlarini takrorlaydi, natijada uning nutqi rivojlanadi. Bola tug‘ilishdanoq eshitish organining ish faoliyati buzilgan bo‘lsa, u tovushni eshitmaydi, natijada aytilgan so‘zlarni takrorlay olmaydi, ya’ni uning nutqi rivojlanmaydi. Shuning uchun ham tug‘ma karlar gung ham bo‘ladi. Shuningdek, eshitish qobiliyati past bo‘lgan odamning nutqi ham yaxshi rivojlanmaydi.
Eshitishning ahamiyati yana shundan iboratki, odam hayotidagi ba’zi voqealarni ko‘rgandagiga nisbatan ularning mazmunini eshitganida to‘laroq tushuncha oladi. Masalan, odam biror spektakl mazmunini radioda eshitganida to‘laroq tushunchaga ega bo‘ladi.
Binobarin eshitish organining faoliyati normal bo‘lishi avvalo har bir odamda bolaligidan boshlab nutq paydo bo‘lishi va rivojlanishiga imkon beradi. Bolaning keyingi hayoti davrida esa eshitish va nutqning birgalikda rivojlanishi uning tarbiyanishida, musiqa san’atini tushunishida va barcha ruhiy faoliyatning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
Qulog‘i turli darajada og‘ir bolalar uchun ham ta’lim berishning alohida metodlari zarurdir. Ularni qulog‘i yaxshi eshitmaydigan bolalar uchun ochilgan maxsus maktablarga yuboriladi. Qulog‘i yaxshi eshitmaydigan bolalar maxsus maktablarda o‘qishlari kerak. Garanglik darajasi pastroq bo‘lgan bolalar ta’lim olishni ko‘pincha ommaviy maktabda boshlaydilar va bu maktabda uzoq vaqt muvaffaqiyatli o‘qiy olmaganlaridan keyingina qulog‘i yaxshi eshitmaydigan bollar uchun mo‘ljallangan maxsus maktablarga o‘tkazadilar.
Garanglikning еngil darajasi, gapirilganda ovozni quloqdan 6-8 metr masofada, pichirlab gapirilganda 3-6 metr masofada eshitish, faranglikning mo‘tadil darajasi – ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 4-6 metr va pichirlab aytilgan gapni 1-3 metr masofada, garanglikning yuqori darajasi – ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 2-4 metr va pichirlashni 1 metr masofada, garanglikning og‘ir darajasi – ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 2 metrgacha va pichirlashni 0,5 metrgacha masofadan eshitadi. Qulog‘I og‘ir bolalarning eshitishdagi nuqson darajasinigina bilib qolmay, balki yaxshi eshitmay qolish qachondan boshlanganini ham hisobga olish juda ham muhimdir.
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek, atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi. Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko‘rib chiqishda evolyutsion dinamik yondashiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelishi jarayonini tahlil qilishdan anomal rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini va har bir yosh davrida nutqning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir. Shuningdek, bolaning tevarak-atrofdagi sharoitni alohida o‘rganish talab qilinadi.
Psixik (shu bilan birga nutqiy) jarayonlarning shakllanishida biologic-ijtimoiy jarayonlarning birligi prinsipi – nutqiy sistemaning rivojlanishiga – nutqiy muhit, muomala, emotsional aloqa va boshqa faktorlarning ta’sirini aniqlash imkonini beradi. eshitishi normal bo‘lgan bolaning kar-saqov ota-ona qo‘lida tarbiyalanishi, surunkali kasal bo‘lib tez-tez kasalxonalarda davolanuvchi bolalarda nutqning rivojlanmay qolishi, oilada uzoq vaqt davom etuvchi ruhiy shikastlanish va ikki tillilik – bolada duduqlanishning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi, nuqtiy muhitning nutq rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga misol bo‘ladi.
Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablari:
1. Embrion rivojlanish davridagi turli xil patalogiyalar.
2. Homiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasalliklar, jarohatlar, qonning rezus-faktorga mos kelmasligi.
3. Tug‘ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya.
4. Bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari (meningit, ensefalit).
5. Miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo‘ladigan bosh miya jarohatlari.
6. Nasliy faktorlar. Bunday hollarda nutq buzilishlari umumiy nerv sistemasi buzilishlarining bir qismini tashkil etib, intellektual va
harakat kamchiliklari bilan birga kuzatiladi.
7. Ijtimoiy-maishiy sharoitning yomonligi. Bu holat mikroijtimoiy qarovsizlikka, vegetativ disfunksiyaga, emosional-irodaviy muhitning buzilishlariga va nutqning rivojlanmay qolishiga sabab bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sabablar, ayrim hollarda ularning birgalikda qo‘shilib kelishi nutqning turli tomonlarining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Hamma nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
1. Organik xarakterdagi nutq buzilishlari.
2. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlar.
Organik nutq buzilishlar o‘z navbatida ma’lum joyning zararlanishiga ko‘ra markaziy va periferik xarakterda bo‘ladi.

Download 152.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling