Nutqni rivojlantiruvchi o‘yinlarni qo‘llash
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etishda korreksion-pedagogik ish tizimi
Download 56.85 Kb.
|
Nutqni rivojlantiruvchi o‘yinlarni qo‘llash
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etishda korreksion-pedagogik ish tizimi
O‘qitishning birinchi bosqichi bir so‘zdan va morf-o‘zak so‘zdan iborat gaplar Logopedik ta’sir ko‘rsatishning asosiy vazifasi-istalgan tovushning nomayon bo‘lishi shaklida bolalarning taqlidiy nutqni faoliyatini hosil qilish, nutqni tushunish hajmini kengaytirishdan iborat. Bu bosqich gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ish uchun mo‘ljallangan. Bunday bolalarning faol nutqi alohida so‘zlardan iborat: bolaga yaqin tanish kishilarni nomlash, tovush taqlidi, so‘z qismlaridan iborat («da» yoki «dada», «bo» yoki «bobo», «bi-bi»-mashina va xokazolar). Gapirmaydigan bolalarda, qoidaga ko‘ra kattalar so‘ziga taqlid qilish extiyoji xali bo‘lmaydi. Agar nutqiy taqlid faoliyati mavjud bo‘lsa, u holda bu jarayon ikki-uch noto‘g‘ri artikulyatsiyalanuvchi tovushlardan tuzilgan bo‘g‘in kamplekslari orqali amalga oshiriladi: undosh+unli yoki aksincha unli+undosh. Gapirmaydigan bolalarning faol lug‘atida ayrim hollarda 5-10 ta, ba’zida esa 25-27 ta so‘z birliklari bo‘ladi. Nutq rivojlanishi mobaynida bola tomonidan faqat shunday alohida so‘zlardan foydalanish davri so‘z-gap yoki bir so‘zdan iborat gap davri deb nomlanadi. Bir so‘zdan iborat gaplar nutqning normal shakllanishi jarayonidagi singari nutq rivojlanishi buzilishining barcha shakllarida ham bolalar nutqi rivojlanishining boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Bir so‘zdan va amorf so‘zlardan iborat gaplar davrida nutqni tushunish darajasi turlicha bo‘lishi mumkin: bolaning o‘ziga qaratilgan oddiy iltimoslarni qiyinchilik bilan tushunuvchi eng past darajadan so‘zlarning alohida grammatik shakllari ahamiyatini tushunishgacha, masalan, otlarning birlik va ko‘plik shakllarini farqlashga qiynaladilar. Ayrim gapirmaydigan bolalar sodda ko‘makchili konstruksiyalar ma’nosini tushunadilar. Bunga ikki predmetning fazoviy munosabatini misol qilib ko‘rsatish mumkin: quti ichida, quti ustida, quti ostida quti yonida. Ba’zi bir bolalar yetarlicha passiv lug‘atga ega bo‘ladilar, ular otaonasi, logoped va boshqalar iltimosiga ko‘ra og‘zaki ifodalangan, yetarlicha murakkab va turli xil topshiriqlarni bajarish qobiliyatiga egadirlar. Bunday bolalar xaqida ota-onalari odatda shunday deydilar: «Hamma narsani tushunadilar, biroq gapirmaydilar». Ayrim bolalarda nutqni tushunish juda chegaralangan bo‘ladi. Bolalarning nutqni yaxshi tushunishi va yetarli darajada passiv lug‘atga ega ekanligi haqida tasavvur tug‘ilganda ham qo‘shimcha tekshiruvlar orqali shu yoshdagi sog‘lom bolalarga nisbatan nutqni tushunishning chegaralanganligini aniqlashga erishiladi. Agar gapirmaydigan bolalarning nutqni tushunishi darajasi past bo‘lsa, u holda logopedik ishni birinchi navbatda nutqni tushunishni kengaytirishdan boshlash lozim. Logopediya amaliyotidan ma’lumki, nutqni yetarlicha yaxshi tushunish tufayligina bola gapira boshlashi mumkin. Agar nutqni tushunish darajasi birmuncha yuqori bo‘lsa, istalmagan tovush nutq ko‘rinishlarini hosil qilish vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi. Gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ishga umumiy tavsiyalar. Mashg‘ulotlarni imkon qadar kichik guruhlarda (3 kishidan oshmagan) o‘tkazish lozim. yetakchi mashg‘ulot shakli o‘yindir. Mashg‘ulotlar ayniqsa ishning dastlabki bosqichlarida noverbol topshiriqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Logopedik ta’sirida aynan bir so‘z materialini ko‘p marotaba takrorlash va gapirmaydigan bola bilan bevosita hissiy aloqa o‘rnatish zaruriy sharoit hisoblanadi. Bu bosqichda bola nutqining har qanday ko‘rinishni rag‘batlantirish muhim. Bolani biron narsa aytishga yoki takrorlashga majburlash kerak emas. Ayt, takrorla kabi so‘zlardan foydalanmaslik kerak, chunki bolada bu iltimoslarga negativ ta’sirlanish yuzaga keladi. Bu so‘zlarni mos keluvchi savollarga yoki so‘zlarga almashtirish foydalidir (o‘ylab ko‘rchi, topchi). Yoki bir tomonlama dialog ham foydadan holi emas, bunda katta odam ham savol beradi, ham o‘zi javob beradi. Bola tomonidan xozirgina talaffuz etilgan tovush taqlidini bir-ikki takrorlash ham yaxshi natija beradi. Masalan; bola bilan o‘yinchoqni javon oldiga borib, hayratomuz so‘raladi: «Qarachi, bu yerda kim paydo bo‘ldi? Uloqcha?!» Uloqchani tomosha qila turib, bir necha marotaba uloqcha ovozini imitatsiya qilish lozim: «Me-me-me». Uloqchaning burni, qulog‘i, dumchasini bolaga ko‘rsata turib, logoped qiziqsinib so‘raydi. «Uloqcha qanday yig‘lashini sen bilasanmi?» Boladan istalgan tovush reaksiyasini olish zarur. Biroq, amorf – o‘zak so‘zlarni (bola tomonidan yaratiluvchi) masalan, kuchuk so‘zi o‘rniga – «chu» yoki sichqon so‘zi o‘rniga – «chi» so‘zlarini bolalar ortidan takrorlash mumkin emas. Bolalar faqat to‘g‘ri talaffuz qilinuvchi so‘z va gaplarni eshitishlari lozim. Download 56.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling