Nutqning aniqligi, mantiqiyligi va sofligi
Download 1 Mb.
|
1 2
Bog'liqСанаева бибисора нутк маданияти
NUTQNING ANIQLIGI, MANTIQIYLIGI VA SOFLIGI Bajardi: Sanayeva Bibisora Uralovna 105 guruh Nutq so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko`rinishi bo`lib, u faqatgina tilga bogliq hodisa sanalmasdan, u ham ruhiy, ham estetik hodisadir. Shuning uchun unga namunaviy nutq sifatida baho berilganda tinglovchi va kitobxonga ko`zda tutilgan maqsadning, aytilmoqchi bo`lgan muddaoning to`liq borib yetishi, bu talablar grammatik jihatdan nutqning to`gri bo`lishini, so`zlar ko`zlangan manoni aniq aks ettirishini, chiroyli, yorqin va tasirchan bo`lishini taqozo qiladiki, ular nutqning asosiy xususiyatlari sifatida qaraladi. Nutq haqidagi ta’limot ortologiya ana shu sifatlarni o`rganish bilan shugullanadi.
Nutqning to`griligi Nutqning to`gri bo`lishi uning bosh kommunikativ xususiyati hisoblanadi. Nutqning to`gri tuzilgan bo`lishi tomonlarning so`zlovchi va tinglovchining, yozuvchi va o`quvchining bir-birlarini tez va oson tushunishlarini taminlaydi. Agar nutq to`gri bo`lmasa, u aniq ham, maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo`lmaydi. To`grilik deganda, - deb yozadi V.G.Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning malum paytda qabul qilingan meyorining qatiy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, orfografik, lugat va grammatik meyorlarini egallashni tushunish lozim bo`ladi. Demak, nutqning to`gri bo`lishi dastlab uning adabiy til meyorlariga muvofiq kelishi bo`lib hisob-lanadi. Nutqning to`gri bo`lishi asosan ikki meyorga urgu va grammatik meyorga amal qilishni taqozo qiladi. So`zlardagi ayrim bo`ginlarning zarb bilan talaffuz qilinishi, yani ularga urguning tushishi hamma tillarda ham bir xil xususiyatga ega emas. O`zbek tilida shunday hodisa kuzatiladi. Masalan, olma so`zini olaylik. Bu so`zni alohida, urgusiz olib qaraganda uning qanday mano anglatayotganini bilish qiyin bo`ladi. Urgu esa undagi manoning reallashuviga ko`maklashadi, yani o*lma tarzida urgu birinchi bo`ginga tushganda harakat, olma* tarzida oxirgi bo`ginga tushganda esa mevaning bir turi manosi anglashiladi. Tilimizda bunday so`zlar anchagina: qa*tlama qatlama*, ho*zir hozi*r, yigitcha* yigi*tcha, o`quvchi*miz o`quvchimi*z, ya*ngi yangi* kabi. So`zlardagi bu xususiyatlarni farqlamasdan, urguni noto`gri qo`llash so`zlardagi manoning buzilishiga olib keladi. So`zlar talaffuzidagi bu kabi holatlarga, ayniqsa, maorif va madaniyat xodimlari etibor berishlari va boshqalarga o`rnak bo`lishlari lozim. Nutqning aniqligi Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifat-laridan biridir. Agar to`grilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat qiladigan, tildan tashqarida bo`lgan omillarni ham nazarda tutish lozim bo`ladi. Bunda dastlab til va tafakkur munosabati turadi. Chunki tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o`rtasidagi mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi o`zidir. O`zbek tilining aloqa vazifasi doirasida yozuvchilik va jurnalistlik faoliyatida, o`qish-o`qitish jarayonida, millat vakillarining kundalik muloqot jarayonida bunday kamchiliklar uchrab turibdi. Tildagi bu nuqsonni V.V.Vinogradov ham o`z vaqtida qayd qilgan edi: « uchinchi keng tarqalgan stilistik kasallik bu so`zning voqyelikka mos kelmasligidir, so`zning predmetdan uzilib qolishi bu buzilish, hatto bazan uning predmet (asosiy) manosini yo`q qilishdir. Bu kasallik tasvirlanayotgan hayot bilan tanish bo`lmaslikdan, yozuvchilar o`zlari chizayotgan narsa va hodisalarni yaxshi bilmasligidan kelib chiqadi». Shunday qilib, aniqlik bu so`zning o`zi ifodalayotgan voqyelikka mos va muvofiq kelishidir. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling