Nutqning aniqligi, mantiqiyligi va sofligi


Download 1 Mb.
bet1/2
Sana05.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1277160
  1   2
Bog'liq
Оралова Шаходат нутк маданияти


NUTQNING ANIQLIGI, MANTIQIYLIGI VA SOFLIGI
Bajardi: Orolova Shaxodat Yusup qizi
107 guruh
Nutq so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko`rinishi bo`lib, u faqatgina tilga bog’liq hodisa sanalmasdan, u ham ruhiy, ham estetik hodisadir.
Shuning uchun unga namunaviy nutq sifatida baho berilganda tinglovchi va kitobxonga ko`zda tutilgan maqsadning, aytilmoqchi bo`lgan muddaoning to`liq borib yetishi, bu talablar grammatik jihatdan nutqning to`gri bo`lishini, so`zlar ko`zlangan manoni aniq aks ettirishini, chiroyli, yorqin va tasirchan bo`lishini taqozo qiladiki, ular nutqning asosiy xususiyatlari sifatida qaraladi. Nutq haqidagi ta’limot ortologiya ana shu sifatlarni o`rganish bilan shugullanadi.
  • Qadimgi davrlarda ham nutqning bu jihatlariga alohida e’tibor berib kelishgan. Masalan, rimliklar namunaviy nutqning sifatlarini o`zida aks ettiruvchi qoidalar ishlab chiqishgan. Mashhur notiq Siseron fikricha, aniqlik va tozalik nutq uchun shunchalik zarurki, ularni asoslab o`tirishning ham hojati yo`q. Ammo notiq tinglovchilarni o`ziga jalb qilishi uchun bu sifatlar hali yetarli emas. Buning uchun nutq jozibador bo`lishi ham kerak. Notiq Dionis Galikarnas esa nutqda maqsadga muvofiqlikni muhim deb hisoblagan. XII-XIII asr O`rta Osiyo ma’naviyatining yirik vakili hisoblangan Mavlono Husayn Voiz Koshifiy ham «Futuvvatnomai sultoniy» asarining «Tariqat ahlining odobi» deb nomlangan beshinchi bobida nutqning bu fazilatlari haqida muhim tezislarni ilgari surgan.
  • Agar nutq ma’lum vaziyat va shart-sharoitlarda amalga oshirilishini nazarga olinsa, bunda joy, vaqt, mavzu va muloqot jarayonining maqsadi kabi omillar katta ahamiyatga ega bo`ladi. Aytilganlarni qisqacha umumlashti-radigan bo`lsak, nutqning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni belgilash lozim bo`ladi: to`g’rilik, aniqlik, mantiqiylik, ta’sirchanlik, obrazlilik, tushunarlilik va maqsadga muvofiqlik. Quyida ular haqida qisqacha malumotlar beriladi.

Nutqning to`griligi
Nutqning to`gri bo`lishi uning bosh kommunikativ xususiyati hisoblanadi. Nutqning to`gri tuzilgan bo`lishi tomonlarning so`zlovchi va tinglovchining, yozuvchi va o`quvchining bir-birlarini tez va oson tushunishlarini taminlaydi. Agar nutq to`gri bo`lmasa, u aniq ham, maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo`lmaydi. To`grilik deganda, - deb yozadi V.G.Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning malum paytda qabul qilingan meyorining qatiy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, orfografik, lugat va grammatik meyorlarini egallashni tushunish lozim bo`ladi. Demak, nutqning to`gri bo`lishi dastlab uning adabiy til meyorlariga muvofiq kelishi bo`lib hisob-lanadi.
Nutqning to`gri bo`lishi asosan ikki meyorga urgu va grammatik meyorga amal qilishni taqozo qiladi. So`zlardagi ayrim bo`ginlarning zarb bilan talaffuz qilinishi, yani ularga urguning tushishi hamma tillarda ham bir xil xususiyatga ega emas. O`zbek tilida shunday hodisa kuzatiladi. Masalan, olma so`zini olaylik. Bu so`zni alohida, urgusiz olib qaraganda uning qanday mano anglatayotganini bilish qiyin bo`ladi. Urgu esa undagi manoning reallashuviga ko`maklashadi, yani o*lma tarzida urgu birinchi bo`ginga tushganda harakat, olma* tarzida oxirgi bo`ginga tushganda esa mevaning bir turi manosi anglashiladi. Tilimizda bunday so`zlar anchagina: qa*tlama qatlama*, ho*zir hozi*r, yigitcha* yigi*tcha, o`quvchi*miz o`quvchimi*z, ya*ngi yangi* kabi. So`zlardagi bu xususiyatlarni farqlamasdan, urguni noto`gri qo`llash so`zlardagi manoning buzilishiga olib keladi. So`zlar talaffuzidagi bu kabi holatlarga, ayniqsa, maorif va madaniyat xodimlari etibor berishlari va boshqalarga o`rnak bo`lishlari lozim.
Nutqning aniqligi
Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifat-laridan biridir. Agar to`g’rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat qiladigan, tildan tashqarida bo`lgan omillarni ham nazarda tutish lozim bo`ladi. Bunda dastlab til va tafakkur munosabati turadi. Chunki tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o`rtasidagi mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi o`zidir.
O`zbek tilining aloqa vazifasi doirasida yozuvchilik va jurnalistlik faoliyatida, o`qish-o`qitish jarayonida, millat vakillarining kundalik muloqot jarayonida bunday kamchiliklar uchrab turibdi. Tildagi bu nuqsonni V.V.Vinogradov ham o`z vaqtida qayd qilgan edi: «…uchinchi keng tarqalgan stilistik kasallik – bu so`zning voqyelikka mos kelmasligidir, so`zning predmetdan uzilib qolishi bu buzilish, hatto ba’zan uning predmet (asosiy) ma’nosini yo`q qilishdir. Bu kasallik tasvirlanayotgan hayot bilan tanish bo`lmaslikdan, yozuvchilar o`zlari chizayotgan narsa va hodisalarni yaxshi bilmasligidan kelib chiqadi».
Shunday qilib, aniqlik –bu so`zning o`zi ifodalayotgan voqyelikka mos va muvofiq kelishidir.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling