Bir bosh bo`lakli gaplar BIR BOSH BO‘LAKLI GAPLAR Bir bosh bo‘lakli gaplar - Sodda gap tuzilishi asosining tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: ikki bosh bo‘lakli gaplar va bir bosh bo‘lakli gaplar.
- Ikki bosh bo‘lakli gapning tuzilishi asosi bosh bo‘laklarning har ikkisi - egasi va kesimidan iborat bo‘ladi. Masalan: Toshdagi rasmlar bundan ko‘p ming yil avval o‘tgan bobokalonlarimizning ijodi ekan. (P.Qodirov). Shamol g‘uj-g‘uj archalarning hidini olib keladi. (P.Qodirov).
- Bir bosh bo‘lakli gaplarning tuzilish asosi esa yo kesim tarkibidan, yo ega tarkibidan tashkil topadi. Kesim yoki kesim tarkibidan tashkil topgan gaplarda ega, ega yoki tarkibidan tashkil topgan gaplarda kesim qatnashmaydi va bunday bo‘lakka ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Bunday gaplarja predikativlik bir bo‘lak bilan ifodalanadi. Masalan: Oyko‘lliklarni yaxshi gaplar bilan yo‘ldan qaytarishda. (P. Qodirov). Bugungi ishni ertaga qo‘yma. (Maqol). YOsh bo‘lsa, ko‘p narsani boshidan kechirgan. (P.Qodirov). Oqshom chog‘i... Vatan bo‘ylab qadam - qadamlab Quyosh o‘tdi dengizlar, tog‘lar ortiga. (Shayxzoda). Aqlni beaqldan o‘rgan. (Maqol).
- Bir bosh bo‘lakli gaplar, bosh bo‘lakning qaysi biridan tashkil topishiga ko‘ra, ikki guruhga bo‘linadi: Egasiz gaplar, kesimsiz gaplar.
- Egasiz bir bosh bo‘lakli gaplar faqat kesim tarkibidan topish mumkin yoki mumkin emasligiga ko‘ra egasi topiladigan va egasi topilmaydigan gaplarga bo‘linadi.
- Kesimsiz bir bosh bo‘lakli gaplar nominativ (atov) gaplardir.
Egasi topiladigan gaplar - Egasi topiladigan gaplarda Egasi kesim orqali beriladigan so‘roq bilan topish mumkin. Bunday gaplar shaxsi aniq, shaxsi noaniq, shaxsi umumlashgan gaplarga bo‘linadi.
- Shaxsi aniq gap. Kesimi, asosan, fe’l bilan, ba’zan fe’ldan boshqa so‘z bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turadigan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi aniq gap deyiladi.
- Shaxsi aniq gaplarda ega Lesik jihatdan shakllanmaydi va unga hech qanday ehtiyoj ham bo‘lmaydi; kesim vazifasida kelgan so‘z tarkibidagi tuslovchi affikslar shaxsni aniq ko‘rsatib turadi.
- Shaxsi aniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi:
- 1. Aniqlik (ijro) maylidagi fe’l va boshqa so‘z turkumlari bilan. Masalan: Ertalabki poyezddan qolmaslik uchun shoshilib chiqib ketayotgan edi. (O‘.Hoshimov).
- Shaxsi aniq gap kesimining aniqlik maylidagi fe’l bilan ifodalanishi quyidagicha:
- a) o‘tgan zamon fe’l shakllari bilan: Ular bilan ham murosa qilolmagan edingiz-ku ... (P.Qodirov). Abdukarimova haqida bilmoqchi edim. (F.Musajonov).
- b) hozirgi zamon fe’l shakllari bilan: Endi ularning xatosini tuzatish uchun qancha mashaqqat chekamiz. (P.Qodirov). Gapimni tushuntirolmay qolamanmi deb qo‘rqyapman. (J.Abdullaxonov).
- v) kelasi zamon fe’l shakllari bilan: Hech kim bilan hech qanaqa raqobat qilmoqchimasman. (J.Abdullxonov). Saviyasini tekshirmoqchimisan? (F.Musajonov).
- 2. Buyruq - istak mayidagi fe’l bilan: - Xatlarni menga bering! – deb qoldi Tolib aka. (F.Musajonov). Gazeta ishidan misol keltiib gapiray. (F.Musajonov).
- 3. Shart maylidagi fe’l bilan:
- Xulosangizga astoydil ishonsangiz, nimdan qo‘rqasiz? Tushuntirsangiz, tushunishadi. (J.Abdullaxonov).
- Shaxsi aniq gapning kesimi ba’zan fe’ldan boshqa so‘zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Kelishgan, o‘qimishlisiz, buning ustiga yoshsiz. (F.Musajonov). Mulla Usmon, ... hammasidan xabardorsiz. (P.Qodirov).
- Shaxsi aniq gaplar badiy adabiyotda, ayniqsa, dialogik nutqda ko‘p qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |