- Egasi topilmaydigan gap
- Kesimi orqali harakatni bajaruvchi shaxs (ega)ni topish mumkin bo‘lmagan bir bosh bo‘lakli gap egasi topilmaydigan yoki shaxssiz gap deyiladi.
- Bunday gaplarda egani kiritib ham bo‘lmaydi, gapning kesimi orqali aniqlab ham bo‘lmaydi.
- Egasi topilmaydigan gapning kesimi ko‘pincha tarkibli bo‘lib, quyidagicha ifodalanidi:
- 1. –(i)b affiksli ravishdosh hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan: El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. (Maqol). Momaqaldiroqning gumburiga chidab bo‘lmaydi. (J.Abdullaxonov). – Nima endi, haq gapni ham gapirib bo‘lmaydimi? - ... so‘radi u. (F.Musajonov).
- 2. Shart maylidagi fe’l hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan: - Shu tor yo‘ldan Afg‘onistonga o‘tsa bo‘ladi. (K.Yashin.).
- 3. Harakat nomi va «zarur», «mumkin», «shart», «lozim», «darkor», «kerak» so‘zlaridan biri bilan: Fazilat farzand kabidir. Uni avaylab saqlash va yanada barkamol etish lozim. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Qo‘lda bo‘lgan pul va molni kerakli joylarga sarf eta bilish, yaxshi idora qila olish uchun isrofdan saqlanish kerak. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
- 4. «Yaxshi», «yomon» sifatlari hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan: Shu shiypon bitmay qolib ketsa, el oldida yaxshi bo‘lmaydi. (P.Qodirov).
- 5. Majhul nisbati shaklidagi fe’l bilan: Unga pastdan ikki yuz ellik uchta tosh zinani bosib chiqiladi. (K.Yashin).
- 6. «To‘g‘ ri» so‘zi va «kelmoq» fe’lining tuslangan shakli bilan: Mashina kabinasidan chiqishga to‘g‘ ri keldi. (Ch.Aytmatov).
Nominativ (atov) gap - Nominativ (atov) gap
- Bosh kelishikdagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalanib, predmet yoki voqea-hodisalarning hozirgi zamonda yoki zamondan tashqarida mavjudligini tasdiqlovchi bir bosh bo‘lakli gap nominativ, yoki atov gap deyiladi.
- Nominativ gaplarda fikrning nisbiy tugalligi, predikativlik ohang orqali ifodalanadi. Ohang mazkur gaplarda alohida ahamiyat kasb etadi. Ohang tufayli oddiy so‘z gapga aylanadi. Nominativ gap, odatda, yakka holda qo‘llanmaydi, undan so‘ng ko‘pincha boshqa bir gap keladi.
- Nominativ gaplarda nutq so‘zlanib turgan paytda mavjud bo‘lgan predmet yoki voqea-hodisalar nomlanadi, qayd etiladi. Bunday gaplar quyidagi semantik xususiyatga ega:
- 1. Aniq predmetlarning mavjudligini tasdiqlaydi: Bir chetdagi stol ustida katta- kichik limonlarning suratlari. Boshqa stolda mikroskop. Mayda shishachalarda limon suvlari, yaproq tolqonlari, limon poyalari. (J.Abdullaxonov).
- 2. Mavhum predmetlarning mavjudligini tasdiqlaydi: Avazlarning hovlisida boshqa o‘ylar, boshqa tashvishlar. (P.Qodirov).
- 3. Turli tabiat hodisalarining mavjudligini tasdiqlaydi: Yaproqlar... yaproqlar! Quyosh shu’lasida jilva urib, cho‘g‘ dek tovlanib turgan oltinrang va shafaqrang yaproqlar! Hazin va za’faron yaproqlar! O, ko‘p latofat bor sizlarda! (F.Musajonov). Ariq bo‘yida gulsapsar, namozshomgul, rayhon, uch-to‘rt tup atirgul, yarim bo‘yracha joyda elpillab o‘sgan o‘sma. (Oybek).
- 4. O‘rin-joyning mavjudligini tasdiqlaydi: Cho‘l! ... Cho‘lning ham o‘z gashti bor, zavqi bor! (Sh. Xolmirzayev). Tanish ko‘cha. Yo‘l yoqasida o‘sha novcha daraxtlar! (Sh. Xolmirzayev).
- 5. Aniq paytini tasdiqlaydi: Mayning oxirlari. Vodiylarda barvaqt xazon bo‘lgan lolaqizg‘aldoqlar Turkiston tizma tog‘ining etaklarida endi ochilgan. (P.Qodirov). Xazonrezlik payti. Xirot bog‘lariga suv beradigan Hiriyrud daryosi va Injil anhorining qirg‘ oqlariga za’faron yaproqlar to‘kilgan. (P.Qodirov).
- 6. Hayot voqealarini tasdiqlaydi: Yoqimli ohang, zavqli qo‘shiqlar. Anorxon yo‘lidan to‘xtab tinglaydi. (J.Abdullaxonov).
- 7. Ko‘rsatishni ifoda qiladi: Mana, yosh-yosh chinorlar! Barglari to‘kilmabdi. Shoxlarini qor bosgan. Ana, archalar. (Sh.Xolmirzayev). Ana, akasi bilan yangasi turadigan imorat. Bu imorat Zeboga yaqin, aziz ko‘rinib ketdi. (Sh. Xolmirzayev).
- Nominativ gap yig‘iq va yoyiq bo‘lishi mumkin. Yig‘iq nominativ gap bosh bo‘lakning o‘zidan iborat bo‘lsa, yoyiq nominativ gap bosh bo‘lakdan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklardan tashkil topadi. Masalan: Kechqurun. Quyosh ufqni qip-qizil qondek lovillatib botib bormoqda. (Oybek). Iliq tun. Qumlarning shitirlashi suv yuzida engilgina suzgan qayiq sasiyday mayin sadoni eslatadi. (J.Abdullaxonov).
-
- Infinitiv gaplar
- Bunday gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so’z yoki so’z birikmasidan iborat bo’lgan gaplardir: Sevish! Bu qanday baxt! Birovni kutish! Bundan azob narsa bo’lmasa kerak
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |