Nutqning fonetik birliklari. Bo`g`in va urg`u


Download 328 Kb.
bet2/3
Sana17.08.2023
Hajmi328 Kb.
#1667904
1   2   3
Bog'liq
Bir bosh bo`lakli gaplar

Shaxsi noaniq gap

  • Kesimi, odatda, fe’l bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turmaydigan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi noaniq gap deyiladi.
  • Shaxsi noaniq gapning kesimi uchinchi shaxsga qaratilgan bo‘lsa ham, bajaruvchisi noaniq bo‘ladi.
  • Shaxsi noaniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi.
  • 1. Aniqlik (ijro) maylidagi fe’l bilan:
  • a) o‘tgan zamon fe’l shakllari bilan: Axtargan topar, deb bejiz aytmaganlar. (J.Abdullaxonov). Xuddi shu kunning ertasiga kimdir uni qidirib yurganini aytdilar. (J.Abdullaxonov). Baribir to‘y-hashamlarda, gap-gashtaklarda uni goh Aleksandr Sergeevich Pushkin. goh Alisher Navoiy ... deb chaqirishardi. (S.Ahmad).
  • b) hozirgi zamon fe’li bilan: Yong‘oqni suv ombori deyishadi. (J.Abdullaxonov). Mehr ko‘zda deb bekor aytmaydilar. (F.Musajonov).
  • v) kelasi zamon fe’li bilan: Ularni yarashtirishga urinishmoqchilar. (P.Qodirov).
  • 2. Buyruq-istak maylidagi fe’l bilan: ... mayli, mehnatimdan qirqsinlar. (A.Qahhor).
  • 3. Shart maylidagi fe’l bilan: Bir oydan beri uchovidan birortasini ko‘rsatarmikin deb ko‘zim to‘rt bo‘lib qarayman. Hechki ko‘rsatishmasa! O‘chiringlar-e, ovozi qulog‘imni teshib yubordi. (P.Qodirov).

Shaxsi umumlashgan gap

  • Kesimi fe’l bilan ifodalanib, umumga qaratilgan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi umumlashgan gap deyiladi.
  • Bunday gaplarda hayotiy xulosalar, hayotiy tajribalar, umumiy qoidalar, umumlashgan mulohazalar ifoda qilinadi.
  • Shaxsi umumlashgan gapning kesimi ko‘pincha buyruq-istak maylining ikkinchi shaxs shakli bilan ifodalanadi.
  • Maqollar ko‘pincha shaxsi umumlashgan gap shaklida bo‘ladi: Bilmagan ishga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. (Maqol). Tulkining tavbasidan qo‘rq, mug‘ambirning - yig‘isidan. (Maqol). Kattani katta bil, kichikni –kichik! (Maqol). Tilingni botir qilma, o‘zingni botir qil (Maqol).
  • Shaxsi umumlashgan gapning kesimi ba’zan buyruq-istak maylining birinchi shaxs ko‘plik shakli orqali ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Xushmuomalali bo‘laylik, bu go‘zal sifat baxt-saodatning tuganmas xazinasi ekanini unutmaylik. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Qarilikning yuzimizdan ko‘ra aqlimizda ajinlar hosil qilishdan ehtiyot bo‘laylik. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).
  • Shaxsi umumlashgan gapning bosh bo‘lagi ot kesim shaklida ham qo‘llanishi mumkin. Masalan: Kattaga xizmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l. (Maqol). Salobatli bo‘lma, sabotli bo‘l. (Maqol).

Download 328 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling