Nutqning quyidagi kommunikativ sifatlari mavjud: Nutqning to‘g‘riligi - Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi, eng avvalo, uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishidir. U asosan ikki normaga - urg‘u va grammatik normaga qat’iy amal qilishni talab qiladi. Urg‘uning to‘g‘ri qo‘yilishi fikrning to‘g‘ri tushunilishi bilan bog‘liq. Bu - so‘z urg‘usiga ham, mantiqiy urg‘uga ham aloqador fikr. (Qiyos: Onasiz / bola o‘ynamas. Onasiz bola / o‘ynamas.)
- Grammatik normalarga rioya qilish deganda gap tuzish qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish, o‘zak va qo‘shimchalar o‘rtasidagi bog‘lanishning tabiiyligi, ega-kesim mosligi, ikkinchi darajali bo‘laklarning ularga bog‘lanish qonuniyatlari kabilarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi. (-ni/-ning, -ga/-da, -li/-lik va b.)
Nutqning aniqligi - «nutq – voqelik» va «nutq – tafakkur» munosabati asosida belgilanadi. (B.Golovin «Основы культуры речи») Aniqlik – bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos kelishidir. Bunda lug‘aviy birlik (so‘z, ibora)larni tanlashga alohida ahamiyat berish kerak.
- Bunda nutq adabiy til normasiga mos kelishi, g‘ayriadabiy til unsurlaridan holi bo‘lishi kerak. Bunga ta’sir qiluvchi lisoniy unsurlar: dialektizmlar, varvarizmlar, kanselyarizmlar, parazit so‘zlar, vulgarizmlar va boshqalar.
Nutqning ta’sirchanligi - Tinglovchi va o‘quvchi e’tiborini qozonadigan xususiyatlar e’tiborga olinadi. Eng avvalo, notiqning mavzu doirasida yetarli bilimga ega bo‘lmasligi nutqning ta’sirchan bo‘lishiga to‘siq bo‘ladi. Tinglovchining bilim darajasi, yoshi, hattoki kayfiyatini e’tiborga olish zarur bo‘ladi. Vaqtning hisobga olinishi ham kerak. So‘zlovchining o‘z nutqiga munosabati ham muhim. O‘ta rasmiyatchilikdan qochish, hayotiy misollarga ham murojaat qilish nutqning ta’sirchan bo‘lishida alohida ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |