Nutqning kommunikativ sifatlari


Aytilgan fikrlarga bog‘liq holda nutqning asosiy kommunikativ sifatlari borasida to‘xtalamiz


Download 292.09 Kb.
bet2/4
Sana16.03.2023
Hajmi292.09 Kb.
#1272862
1   2   3   4
Bog'liq
2-slayd

Aytilgan fikrlarga bog‘liq holda nutqning asosiy kommunikativ sifatlari borasida to‘xtalamiz.

Nutqning quyidagi kommunikativ sifatlari mavjud:

  • Nutqning to‘g‘riligi;
  • Nutqning aniqligi;
  • Nutqning tozaligi;
  • Nutqning ta’sirchanligi;
  • Nutqning boyligi va rang-barangligi;
  • Nutqning qisqaligi;
  • Nutqning ifodaliligi;
  • Nutqning maqsadga muvofiqligi;
  • Nutqning mantiqiyligi.

Nutqning to‘g‘riligi

  • Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi, eng avvalo, uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishidir. U asosan ikki normaga - urg‘u va grammatik normaga qat’iy amal qilishni talab qiladi. Urg‘uning to‘g‘ri qo‘yilishi fikrning to‘g‘ri tushunilishi bilan bog‘liq. Bu - so‘z urg‘usiga ham, mantiqiy urg‘uga ham aloqador fikr. (Qiyos: Onasiz / bola o‘ynamas. Onasiz bola / o‘ynamas.)

Grammatik normalarga rioya qilish deganda gap tuzish qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish, o‘zak va qo‘shimchalar o‘rtasidagi bog‘lanishning tabiiyligi, ega-kesim mosligi, ikkinchi darajali bo‘laklarning ularga bog‘lanish qonuniyatlari kabilarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi. (-ni/-ning, -ga/-da, -li/-lik va b.)

  • Grammatik normalarga rioya qilish deganda gap tuzish qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish, o‘zak va qo‘shimchalar o‘rtasidagi bog‘lanishning tabiiyligi, ega-kesim mosligi, ikkinchi darajali bo‘laklarning ularga bog‘lanish qonuniyatlari kabilarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi. (-ni/-ning, -ga/-da, -li/-lik va b.)

Nutqning aniqligi

  • «nutq – voqelik» va «nutq – tafakkur» munosabati asosida belgilanadi. (B.Golovin «Основы культуры речи») Aniqlik – bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos kelishidir. Bunda lug‘aviy birlik (so‘z, ibora)larni tanlashga alohida ahamiyat berish kerak.

Nutqning tozaligi

  • Bunda nutq adabiy til normasiga mos kelishi, g‘ayriadabiy til unsurlaridan holi bo‘lishi kerak. Bunga ta’sir qiluvchi lisoniy unsurlar: dialektizmlar, varvarizmlar, kanselyarizmlar, parazit so‘zlar, vulgarizmlar va boshqalar.

Download 292.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling