Birlamchi sifilomaning klinik ko‘rinishi. Klassik ko'rinishdagi qattiq shankr
(Ulcus durum) eroziya yoki yara bo'lib, u treponemalarning teri yoki shilliq
pardalar sohasiga kirgan joyida paydo bo'ladi. Rivojlanib bo'lgan tipik qattiq
shankr dumaloq yoki oval shakldagi eroziya yoki yuza yara ko'rinishida
bo'lib, chetlari tekis va aniq chegaralangan, tovoqsimon shaklda, usti yaltiroq
«laklangan», to'q qizil rangli, tubi zich-elastik konsistentli, plastinkasimon
infiltratga ega. Yara yuzasidan oz miqdorda seroz suyuqlik ajralib turadi va
mikroskopning qorong'ilashtirilgan maydonida ko'rilganida, ko'p miqdorda
oqish treponema topish mumkin. Shankr atrofidagi terida o'tkir yallig'lanish
alomatlari bo'lmaydi (agarda ikkilamchi infeksiya bilan asoratlanmasa).
Qattiq shankr ko'p hollarda jinsiy a ’zolar terisida va unga yaqin atrofda
joylashib, kasallikning jinsiy yo'l bilan yuqqanligini ko'rsatadi. Qattiq yara
jinsiy a’zolardan tashqari, lab, og'iz shilliq pardasi, tilda, milkda va boshqa
joylarda uchrashi mumkin va ekstragenital joylashgan shankr bo'lib, har xil
shaklda b oiish i mumkin.
Tipik shankrlar bilan bir qatorda atipik shankrlar ham uchrab turadi,
ularga: jinsiy a ’zolar indurativ shishi (Oedema indurativum), Shankr-
amigdalit, xasmol-shankr (shankr-panaritsiy) kiradi.
1. Indurativ shish (qattiqlashgan shish), asosan, katta va kichik jinsiy
lablar, jinsiy olat xaltachasi sohasida, lim fa tom irlarga boy joylarda
u ch rayd i va tarqoq in filtra t h iso b ig a bu a ’zolar bir nech a m arta
kattalashadi. Shikastlangan soha barmoq bilan bosib ko'rilsa chuqurcha
q olm aydi. Shish sohasidagi teri o'zgarm aydi, b a ’zan esa ko'kim tir-
binafsharangli bo'lib, bezovta qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |