yotganini muntazam ravishda nazorat etib turish zarur. Bu maqsadda
bemor klinik-laborator (sifilidlarning regressi, qon, siydik va serologik
reaksiyalar dinamikasi) tekshirilib turilishi kerak.
Zaxmni davolash tashxis q o ‘yilgach boshlanadi. Zaxmga tashxis esa
kasallikka xos b o‘lgan klinik belgilari, eroziya yoki yara yuzalaridan
olingan surtm adan - k asallik chaqiruvchisini aniqlash va serologik
reaksiyalar majmuasi javoblari asosida q o‘yiladi.
Zaxmni davolashda maxsus (spetsifik) va nomaxsus (nospetsifik) davo
vositalari q o ‘llaniladi.
Maxsus davo vositalari
deb, zaxm chaqiruvchisi -
rangsiz treponem alarning halok b o ‘lishiga olib keluvchi vositalarga
aytiladi. Maxsus davo vositalariga penitsillin preparatlari, eritromitsin,
tetratsiklin, oletetrin, vismut va yod preparatlari kiradi.
P en itsillin preparatlari. K o ‘p yillik am aliy k uzatu vlar va ilm iy
tadqiqodlar natijasida penitsillin guruhi preparatlarining zaxm infeksiyasiga
shifobaxsh ta’sir k o‘rsatishi tasdiqlangan. Penitsillin preparatlari zaxmga
qarshi yolg‘iz o ‘zi yoki vismut preparatlari bilan birgalikda qoMlanilishi
mumkin. Agar penitsillinning har bir millilitr qondagi miqdori 0,03 TB
dan oshsa, bu miqdor davolashga qodir deb hisoblanadi.
Benzilpenitsillinning natriy, kaliyli tuzining suvdagi eritm asi har 3
soatda, tungi tanaffussiz, mushak orasiga yuboriladi (dori miqdori zaxm
ta sh x isi, d avriga b o g ‘liq ). P en itsillin n in g sh ifo b a x sh m iq d o r d a g i
konsentratsiyasini ta ’minlash uchun uni har 3 soatda yuborish shart. Aks
holda dorining qondagi miqdori pasayib ketib, treponemalarni o ‘ldmsh
xususiyati kamayadi, natijada davo samarasiz bo4adi.
Do'stlaringiz bilan baham: |