terisi asta-sekin yupqalashadi, keyin yorilib, ichidan k o ‘p miqdorda sariq
rangdagi kleysimon yiring ajraladi va o g ‘riq pasayadi. Ba’zan yiringga
qon q o‘shilgan b o lish i ham mumkin. Agar bemor davolanmasa, 1-2 yil
o ‘tib kasallik rivojlanib, uchinchi davr boshlanadi. Bunda asosiy klinik
belgisi genitoanorektal sindromi, ya’ni kichik tos sohasida va tashqi jinsiy
a ’zolarda limfa aylanishuvining buzilishi (limfostaz), o ‘tkir yalligianish
fonida beso‘naqaylik, papillomatoz o ‘smalar, surunkali kechuvchi yaralar,
abssess va oqmalar kuzatiladi. Ajralmalar o ‘z tarkibida k o ‘p miqdordagi
xlamidiylar saqlaydi. T o ‘g ‘ri ichak shilliq qavatining gipertrofiyasi, halqa-
simon qattiqlashuvi va ingichkalashuvi avj oladi. Bu davrda kasallik
boshqa sistema va a ’zolarga tarqalishi mumkin.
Differensial tashxisi:
- yumshoq shankr;
- skrofuloderma (limfa tugunlar sili);
- zaxm;
- donovanoz;
- chuqur mikoz;
- tulyaremiya.
Tashxisi. Venerik limfogranulematoz diagnozi:
- mikroskopik usulda sitoplazma ichida joylashgan tipik kiritmalarni
aniqlash;
- q o‘zg‘atuvchini ajratib olish usuli;
- qon zardobi yoki mahalliy ajratmalarda antitanachalarni aniqlashga
asoslangan.
228
DONOVANOZ (CHOV GRANULEMASI)
Etiologiyasi. D on ovan oz - surunkali-infeksion, teri va teri osti y o g ‘
qavatida katta granulematoz yaralar bilan kechadigan kasallik. U ning
q o ‘zg ‘atuvchisi - Calymmatobacterium granulematodes (1905 yil, D o
novan), uzunligi 1-2 mkm, kengligi 0,6-0,8 mkm, grammanfiy, kapsula
hosil qiladigan, ikki chekkasi yumaloq, ovoid yoki loviyasim on shakldagi
Do'stlaringiz bilan baham: |