4 klinik turlari farqlanadi:
-
Guruhlanuvchi do'mboqchali sifilidlar
(S y p h ilis tu b erc u lo sa
aggregata) ko'p uchrovchi klinik tur hisoblanadi. Toshmalar guruh-gu-
ruh joylashadi, periferiyaga o'sm aydi. O'choqdagi do'm boqchalar har
xil rivojlanish bosqichida bo'ladi, do'mboqchalar o'rnida mozaikasimon
ch andiqlar h osil b o 'la d i, ch an diq lar bir-birlaridan gip erp igm en tli
hoshiyalar bilan o'ralgan bo'ladi.
-
O'rmalab yuruvchi do'mboqchali sifilid
(S y p h ilis tu b ercu losa
se r p ig in o sa ) tu riga d o 'm b o q c h a la r n in g g u ru h la n ish i va ular
infiltratlarining bir-biri bilan qo'shilishi xosdir. Undan tashqari, do'm -
boqchalar periferik-ekstsentrik o'sad i va bir vaqtning o 'zid a yangi
do'mboqchalar va do'mboqchalarning destruktsiyasi kuzatiladi. Yaralar
mozaikasimon chandiqlar hosil qilib bitadi.
- Diffuz o'choqli do'mboqchali sifilid
(Syphilis tuberculosa diffusa).
Maxsus infiltrat to ‘q qizil yoki jigarrang, aniq chegarali, sidirg‘a o'choq
hosil qiladi, ular bir necha oy mobaynida yaralanib bitadi, chandiq hosil
bo'ladi. Toshmalar, asosan, kaft va tovon sohalarida joylashadi.
-
Karliksimon do'mboqchali sifilid
(S yp h ilis tu b erculosa n ana).
Diametrlari 1-2 mm, zich-elastik konsistensiyali, to'q qizil do'm boqcha
lar dermaning yuza qavatida hosil bo'ladi. D o'm boqchalar bir-biridan
ajralgan holda, guruh-guruh joylashib, turli shakllar hosil qiladi. Qayta
surilib, yuza, mayda chandiqlar hosil bo'ladi.
Differensial tashxisi:
- Lupus vulgaris;
- Lupus yerythematodes;
- Carcinoma basocellulare;
Do'stlaringiz bilan baham: |