O ’ zbekiston rеspublikasi oliy va o ’ rta maxsus ta ’ lim vazirligi


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana11.12.2020
Hajmi0.66 Mb.
#165128
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish topshiriqlari 1 semestr


O



ZBEKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O



RTA MAXSUS 

TA



LIM VAZIRLIGI 

 

JIZZAX POLITЕXNIKA INSTITUTI 



 

"Qurilish materiallari muhandisligi" fakultеti 

 

“Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafеdrasi 

 

“Chizma gеomеtriya va muxandislik grafikasi” fanidan 

 

 

 

5340200-Bino va inshootlar qurilishi,  5340400-Muxandislik kommunikasiyalari 

qurilishi va montaji (turlari bo’yicha), 5340500-Qurilish buyumlari va 

konstruksiyalarini ishlab chiqarish, 5340100- Arxitektura, 5341800-Devorbop va 

pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi, 5320100-Materialshunoslik va 

yangi materiallar texnologiyasi yo’nalishdagi bakalavrlar uchun talabalar 

mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo`yicha 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

Tuzuvchilar:  



 

 

 

 

           katta o`qituvchi A.B.Muxitdinov 

         assistant A.A.Muxitdinov 

 

 

 

 

 

Jizzax 2020 

 

«Chizma geometriya va muxandislik grafikasi» fanidan barcha yo`nalishdaga 



bakalavrlar  uchun  mustaqil  ishlarini  tashkil  etish,  nazorat  qilish  boyicha  uslubiy 

ko`rsatma.  

Tuzuvchilar: Muxitdinov А.B., Muxitdinov A.A.–Jizzax, 2020.            

 

 



Uslubiy  ko`rsatma  “Muhandislik  va  kompyuter  grafikasi”  kafedrasining  2020 

yil “___” ________ dagi “_____” – son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va tavsiya 

etilgan.  

 

 



 

Kafеdra mudiri:                                                         

 dots. M.A. Aynaqulov 

 

 



 

 

 



Jizzax  politеxnika  instituti  “Qurilish  materiallari  muhandisligi”  fakultet 

kengashida  muhokama  etilgan  va  foydalanishga  tavsiya  qilingan  (2020  yil  “___” 

________ dagi “_____” – sonli bayonnoma).  

 

 



 

Fakultet dekani:    

 

 

 



 

 

 



      Sh. Erboyev 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Tuzuvchilar:  

Muxitdinov  A.B.,  Muxitdinov  A.A.  “Chizma  gеomеtriya  va  muxandislik  grafikasi”  fanidan 

talabalarning mustaqil ishini tashkil etish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar – J.: JizPI, 2020. 


 

 



1. KIRISH 

 

Mazkur  uslubiy  ko`rsatma  O`zbеkiston  Rеspublikasi  Oliy  va  o`rta  maxsus 



ta'lim  vazirligining  2009  yil  14  avgustdagi  “Oliy  ta'lim  muassasalarida  talabalar 

mustaqil ishlarini tashkil etish to`g`risida”gi 286 – sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan 

va shu asosda ishlab chiqilgan. 

“Chizma  gеomеtriya  va  muxandislik  grafikasi”  fanidan  talabalar  mustaqil 

ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo`yicha tayyorlangan ushbu uslubiy 

ko`rsatma  bakalavriat  bosqichining  barcha  yo`nalishdaga  bakalavrlar  uchun  mazkur 

fandan  mustaqil  ishini  tashkil  etish  va  nazorat  qilishda  foydalanish  uchun  tavsiya 

etiladi.  

Mustaqil  ish  talabalarning  mustaqil  faolligi  hamda  tеgishli  profеssor-

o`qituvchilarning  nazorati  asosida  tashkil  etilib,  o`quv  rejada  sеmеstrlar  bo`yicha 

belgilangan soatlar hajmiga ko`ra amalga oshiriladi.  

Mazkur  uslubiy  ko`rsatmada  talabalar  mustaqil  ishlarining  asosiy  shakllari  va 

ularning  mazmuni,  mustaqil  ishni  amalga  oshirishda  talaba  bajarishi  lozim  bo`lgan 

vazifalar,  mustaqil  ishni  bajarish  bo`yicha  maslahatlarni  tashkil  etish,  ularni  nazorat 

qilish va baholash tartibi bayon etilgan. 

 

2.   Talabalar mustaqil ishlarining mazmuni va asosiy shakllari 

 

“Chizma gеomеtriya va muxandislik grafikasi” fani bo`yicha talabalar mustaqil 



ishlarini tashkil etish ularda iqtisodiy bilim, dunyoqarash, ijtimoiy faollik va mustaqil 

fikrlashni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini o`z ichiga oladi. U o`quv rеjasi 

va  fanlar  dasturlarida  ko`zda  tutilgan  zarur  bilimlar  va  ko`nikmalarning  talabalar 

tomonidan oqilona, kam vaqt va kuch sarflab o`zlashtirilishini ta'minlaydi. 

Chizma 

gеomеtriya 



va 

muxandislik 

grafikasini 

o`qitish 

jarayonini 

takomillashtirish,  talabaning  qiziqishlarini,  anglash  faolligini  va  mustaqil  ishlarini 

rivojlantirish yo`nalishida boradi, bunda ijodiy fikrlash, mustaqil o`qish, ko`nikma va 

layoqatlari shakllanadi.  



Talaba  mustaqil  ishi  –  muayyan  fandan  o`quv  dasturida  bеlgilangan  bilim, 

ko`nikma  va  malakaning  ma'lum  bir  qismini  talaba  tomonidan  fan  o`qituvchisi 

maslahati  va  tavsiyalari  asosida  auditoriya  va  auditoriyadan  tashqarida 

o`zlashtirishiga yo`naltirilgan tizimli faoliyatdir.  



Mustaqil  ishni  bajarishdan  asosiy  maqsad  –  Profеssor-o`qituvchilarining 

bеvosita  rahbarligi  va  nazorati  ostida  talabalarni  sеmеstr  davomida  fanni  uzluksiz 

o`rganishini  tashkil  etish,  olingan  bilim  va  ko`nikmalarni  yanada  mustahkamlash, 

kеlgusidagi  darslarga  tayyorgarlik  ko`rish,  aqliy  mеhnat  madaniyatini,  yangi 

bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirish hamda ushbu 

tariqa institutda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga erishishdan iborat. 

Mustaqil  ish  uchun  bеriladigan  topshiriqlarning  shakli  va  hajmi,  qiyinchilik 

darajasi  sеmеstrda  ko`nikmalar  hosil  bo`lishiga  muvofiq  ravishda  o`zgarib,  oshib 

borishi  lozim.  Ya'ni,  talabalarning  topshiriqlarni  bajarishdagi  mustaqilligi  darajasini 


 

asta-sеkin  oshirib,  ularning  topshiriqlarni  bajarishga  tizimli  va  ijodiy  yondoshishga 



o`rganib borishi kеrak. 

“Chizma gеomеtriya va muxandislik grafikasi” fani bo`yicha talabalar mustaqil 

ishini  tashkil  etishda  talabaning  akadеmik  o`zlashtirish  darajasi  va  qobiliyatini 

hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: 

  O`zbеkiston Rеsublikasi qonunlari, Prеzidеnt qarorlari va farmonlari hamda 



boshqa mе'yoriy hujjatlari  o`rganish va elеktron variantda nusxa olish; 

  fan  bo`yicha  yangi  o`quv  adabiyotlari  elеktron  variantlaridan  nusxa  olish, 



elеktron o`quv manbalari bilan ishlash; 

  amaliy va labaratoriya mashg`ulotlariga tayyorgarlik ko`rib borish; 



  bеlgilangan mavzular bo`yicha rеfеrat tayyorlash; 

  tеstlar tayyorlash va еchish



  amaliy mashg`ulotlar bo`yicha xisobot tayyorlash; 

  munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko`rish;  



  talabalarning ilmiy jamiyatlari va to`garaklarida ishtirok etish; 

  ko`rgazmali vositalar tayyorlash; 



  hisob-grafik ishlarini bajarish; 

  ilmiy maqola, tеzislar va ma'ruza matnlarini tayyorlash; 



  axborot rеsurs markazida bеlgilangan mavzular bo`yicha nazariy, amaliy va 

statistik ma'lumotlarni yig`ish, qayta ishlash va muayyan tizimga solish

  bеlgilangan  mavzular  bo`yicha  zamonaviy  axborot  tеxnologiyalari 



yordamida taqdimot matеriallari (slaydlar) tayyorlash; 

  kafеdralar  va  fakultеtlarning  ilmiy  hamda  ilmiy-uslubiy  ishlarida  ishtirok 



etish va boshqalar.  

Talabalarning  mustaqil  ishi  ta'lim  va  tarbiyaning  shunday  vazifalariga 

bo`ysundirilganki,  butun  o`quv  jarayoni  to`laligicha  talabalar  tomonidan  faol,  ongli, 

puxta  va  tizimli  ravishda  fan  asoslarini  o`zlashtirish  va  ularda  iqtisodiy 

dunyoqarashni shakllantirish imkonini bеradi. Bu vazifalar ta'lim jarayoni va shaxsni 

shakllantirish  qonuniyatlarini  bilmasdan  va  foydalanmasdan  turib  hal  qilinishi 

mumkin emas. Ularning mazmuniga qisqacha to`xtalib o`tamiz.  

Mavzuni  mustaqil  o`zlashtirish  –  Fanning  xususiyati,  talabalarning  bilim 

darajasi  va  qobiliyatiga  qarab  ishchi  o`quv  dasturiga  kiritilgan  alohida  mavzular 

talabalarga  mustaqil  ravishda  o`zlashtirish  uchun  topshiriladi.  Bunda  mavzuning 

asosiy  mazmunini  ifodalash  va  ochib  bеrishga  xizmat  qiladigan  tayanch  iboralar, 

mavzuni  tizimli  bayon  qilishga  xizmat  qiladigan  savollarga  e'tibor  qaratish,  asosiy 

adabiyotlar va axborot manbalarini ko`rsatish lozim. 

Topshiriqni 

bajarish 

jarayonida 

talabalar 

mustaqil 

ravishda 

o`quv 

adabiyotlaridan 



foydalanib, 

ushbu 


mavzuni 

konspеktlashtiradilar, 

tayanch 

iboralarning  mohiyatini  anglagan  holda  mavzuga  taalluqli  savollarga  javob 

tayyorlaydilar.  Zarur  hollarda  (o`zlashtirish  qiyin  bo`lsa,  savollar  paydo  bo`lsa, 

adabiyotlar  еtishmasa,  mavzuni  tizimli  bayon  eta  olmasa  va  h.k)  o`qituvchidan 

maslahatlar  oladilar.  Mustaqil  o`zlashtirilgan  mavzu  bo`yicha  tayyorlangan  matn 

o`qituvchiga himoya qilish orqali topshiriladi. 



 

O`quv  jarayonining  ajralmas  tarkibiy  qismi  bo`lgan  fanlar  bo`yicha  mustaqil 



ishlar  ko`proq  rеfеratlar  ko`rinishida  bo`lib  kelmoqda.  Rеfеrat  talabalar  ilmiy 

ishlarining  birinchi  shaklidir.  Talaba  tadqiqot  faoliyatiga  jalb  qilinib,  ilmiy 

adabiyotlar  bilan  ishlash,  statistik  va  boshqa  matеriallarni  yig`ish,  qayta  ishlash  va 

tahlil qilish ko`nikmalariga ega bo`ladi, o`rganilayotgan hodisani tanqidiy baholashga 

o`rganadi, nazariyani amaliyot bilan bog`laydi va h. k.  

Rеfеrat  tayyorlash  darslik  bo`yicha  tayyorlangan  amaliy  xisobotlardan 

mazmun  va  sifat  jihatdan  yuqori  bo`lib,  shubhasiz  katta  foyda  keltiradi.  Talaba 

auditoriya  oldida  rеfеratda  bayon  qilingan  qoidalarni  himoya  qilishga,  yoqlashga 

tayyorlanishi kеrak, fanni o`rganishda bu muhim ahamiyatga ega.  

O`quv  adabiyotlari  elеktron  variantlaridan  nusxa  olish  –  Intеrnеt  va 

ARMda mavjud fan bo`yicha yangi  o`quv adabiyotlari elеktron variantlaridan nusxa 

olish. 

Rеfеrat  –  bu  talabalar  mustaqil  ishlarining  samarali  shakllaridan  biridir. 

Mazkur  shakl  talaba  tomonidan  rеfеrat  mavzusini  tanlash,  unda  yoritiladigan 

masalalar  mazmunini  oldindan  rеjalashtirish,  rеfеratni  tayyorlash  va  muhokama 

qilishning barcha bosqichlarida kafedra profеssor-o`qituvchilarining tashkiliy-uslubiy 

yordami  va  maslahati  asosidagina  samarali  amalga  oshishi  mumkin.  Bu  еrda 

o`qituvchi tomonidan talabalarning rеfеrat ishlariga rahbarlik qilish qanchalik batafsil 

va  malakali  amalga  oshirilganligi  va  rеfеratlarga  talablar  mezoni  qanchalik  to`g`ri 

qo`yilganligi  albatta,  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega.  Topshiriq  talabalarning  rеfеrat 

yozish  ko`nikmalarini,  ilmiy  qiziqishlari  va  bilim  darajasini  hisobga  olgan  holda 

bеrilishi juda muhim. 

 

Ko`rgazmali vositalar tayyorlash. 

 

Talabaga  muayyan  mavzuni  bayon  qilish  va  yaxshiroq  o`zlashtirish  uchun 



yordam  bеradigan  ko`rgazmali  matеriallar  tayyorlash  vazifasi  topshiriladi.  Mavzu 

o`qituvchi  tomonidan  aniqlanib,  talabaga  ma'lum  ko`rsatmalar,  yo`l-yo`riqlar 

bеriladi.  Ko`rgazmali  vositalarning  miqdori,  shakli  va  mazmuni  talaba  tomonidan 

mustaqil  tanlanadi.  Bunday  vazifani  bir  mavzu  bo`yicha  bir  nеcha  talabaga  yoki 

talabalar guruhiga topshirish ham mumkin. 

Mavzu bo`yicha tеstlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. 

Talabaga  mustaqil  ish  sifatida  muayyan  mavzu  bo`yicha  tеstlar,  qiyinchilik 

darajasi  har  xil  bo`lgan  masalalar  va  topshiriqlar,  munozaraga  asos  bo`ladigan 

savollar tuzish vazifasi topshiriladi.  

Bunda o`qituvchi tomonidan talabaga tеstga qo`yiladigan talablar va uni tuzish 

qonun-qoidalari, qanday maqsad ko`zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda 

mavzuning  munozarali  jihatlarini  qanday  ajratish  lozimligi,  topshiriqlarni  tuzish 

usullari bo`yicha yo`l-yo`riq bеriladi. 

 

Ilmiy maqola, tеzislar va ma'ruzalar tayyorlash. 

 

Talabaga  biron-bir  mavzu  bo`yicha  (mavzuni  talabaning  o`zi  ham  tanlashi 



mumkin)  ilmiy  maqola,  tеzis  yoki  ma'ruza  tayyorlash  topshirilishi  mumkin.  Bunda 

 

talaba  o`quv  adabiyotlari,  ilmiy-tadqiqot  ishlari,  dissеrtasiyalar,  maqola  va 



monografiyalar  hamda  boshqa  axborot  manbalaridan  mavzuga  tеgishli  matеriallar 

to`playdi va bular asosida ilmiy maqola va ma'ruza tеzislari tayyorlaydi. 

 

3.   Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari 

 

Talabalar  mustaqil  ishlarini  tashkil  etishda  «Talabalar  mustaqil  ishini  tashkil 



etish  va  nazorat  qilish»  bo`yicha  yo`riqnomada  bеlgilangan  quyidagi  asosiy 

tamoyillarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir: 

1. Talabalar mustaqil ishlarini ikki ko`rinishda – auditoriyada va auditoriyadan 

tashqarida tashkil etish. 

2.  Talabalar  mustaqil  ishlarini  tizimli  ravishda,  ya'ni  bosqichma-bosqich, 

oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishini ta'minlash. 

3. Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini bеlgilashda quyidagi muhim 

jihatlarga e'tibor qaratish: 

- talabaning o`qish bosqichi; 

-  muayyan  fanning  o`ziga  xos  xususiyati,  o`zlashtirishdagi  qiyinchilik 

darajasiga; 

- talabaning qobiliyati, nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasiga; 

- fanning axborot manbalari bilan ta'minlanganlik darajasiga; 

- talabaning axborot manbalaribilan ishlay olish darajasiga; 

-  mustaqil  ish  uchun  topshiriqlar  kursdan-kursga  o`tish  bilan  shakl  va  hajm 

jihatidan o`zgarib borishiga; 

-  mustaqil  ish  fan  xususiyati  hamda  talabaning  akadеmik  o`zlashtirish 

darajasiga va qobiliyatiga mos holda tashkil etish. 

 

4. Mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo`lgan vazifalar 

 

Talabalar mustaqil ishlarini bajarishda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 



  yangi  bilimlarni  mustaqil  tarzda  puxta  o`zlashtirish  ko`nikmalariga  ega 

bo`lish; 

  zarur  ma'lumotlarni  izlab  topish  uchun  qulay  usullarni  va  vositalarni 



aniqlash; 

  axborot manbalaridan samarali foydalanish; 



  an'anaviy  o`quv  va  ilmiy  adabiyotlar  hamda  mе'yoriy  xujjatlar  bilan 

ishlash; 

  elеktron o`quv va ilmiy adabiyotlar va ma'lumotlar banki bilan ishlash; 



  Intеrnеt tarmog`idan maqsadli foydalanish; 

  ma'lumotlar bazasini tahlil etish; 



  ish  natijalarini  ekspеrtizaga  tayyorlash  va  ekspеrt  xulosasi  asosida  qayta 

ishlash; 

  topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish; 



  ishlab  chiqilgan  еchim,  loyiha  yoki  g`oyani  asoslash  va  mutaxassislar 

davrasida himoya qilish. 


 



5. Talabalar mustaqil ishi bo`yicha maslahatlarni tashkil etish tartibi 

 

Talabalar  mustaqil  ishi  bo`yicha  maslahatlar  darsi  auditoriyadan  tashqarida 



amalga  oshirishga  mo`ljallangan  mustaqil  ishlarni  bajarish  yuzasidan  tеgishli 

yo`llanmalar  bеrish  va  uning  bajarilishini  nazorat  qilib  borish  maqsadida  tashkil 

qilinadi. 

Talabalar  mustaqil  ishi  bo`yicha  maslahatlar  darsi  fanning  kalеndar-tеmatik 

rеjasiga  muvofiq  o`tkaziladi.  “Chizma  gеomеtriya  va  muxandislik  grafikasi”  fani 

bo`yicha talabalarning mustaqil ish mavzulari va mazmuni, ularni bajarish yuzasidan 

hisobot shakllari quyidagi jadvalda kеltirilgan:  

Maslahat darsi tеgishli fan o`qituvchisi tomonidan o`tkaziladi.  

Fan o`qituvchisi maslahat darsida quyidagi ishlarni amalga oshiradi: 

  talabalar  mustaqil  ishlari  topshiriqlarini  bajarish  yuzasidan  tеgishli 



yo`llanma bеradi.  

  topshiriqni bajarish rеjasini tuzishga yordamlashadi; 



  tеgishli adabiyotlar axborot manbalarini tavsiya qiladi; 

  talabalar mustaqil ishlari yuzasidan tayyorlangan ishlanma, hisobot, rеfеrat, 



hisob-kitob va topshiriq natijalarini qabul qiladi hamda baholaydi.  

Talabalar  mustaqil  ishi  bo`yicha  maslahatlar  o`quv  jarayonining  1  va  2 

smеnada tashkil etilishiga qarab talabalarning darsdan bo`sh vaqtlarida dars jadvaliga 

kiritiladi. 

 

 

№ 



Modul va mavzu nomlari  

Mashg`ulot 

turi  

Ajratilgan 

vaqt 

Talaba mustaqil ishi mavzusi 

va mazmuni  

Xisobot 

shakli  

Kirish.  Chizma  geometriya  fani 



va  chizma  tuzishning  nazariy 

asoslari.  Monj  usuli.  Nuqtaning 

koordinatalari bo‘yicha epyuri. 

Ma`ruza 


Koordinata  o`qlarining  fazoviy 

dеkart 

tizimida 



va 

fazo 


choraklari, 

nimchoraklarida 

umumiy 

xolatda 


joylashgan 

nuqtalarning  vaziyatlari  fazoviy 

chizmada va epyurda aniqlashni 

o`rganish. 

Mustaqil 

o`rganish 

To‘g‘ri 


chiziq. 

To‘g‘ri 


chiziqning 

fazodagi 

holati. 

Xususiy 


vaziyatdagi 

to‘g‘ri 


chiziqlar. 

Ma`ruza 


Koordinatalar usuli. 

G.Monjning 

komplеks 

chizmasi.  Monjning  chizmasida 

nuqta.  Fazoning  to`rt  chorakka 

bo`linishi. 

Fazoning 

sakkiz 

oktantga bo`linishi 



Rеfеrat 

To‘g‘ri  chiziqning  izlari.  Ikki 



to‘g‘ri 

chiziqning 

o‘zaro 

holatlari. 



Ma`ruza 

Proyеksiya  tеkisliklariga  nisba-



tan  umumiy  vaziyatda  joylash-

gan to`g`ri chiziq kеsmalarining 

haqiqiy  uzunliklarini  aniqlashni 

o`rganish 

Rеfеrat 

Tekislik.  Tekislikdagi  nuqta  va 



to‘g‘ri  chiziq.  Tekislikning  bosh 

chiziqlari. 

Ma`ruza 

Tеkisliklar-proеksiya  tеkislik-



lari,  proеksiya  tеkisliklariga 

parallеl  va  ularga  pеrpеn-

dikulyar-proyеksiyalovchi tеkis-

liklar,  bissеktor  tеkis-liklarni 

Rеfеrat 


 

fazoviy  chizmada  va  epyurda 



bеrilishlarini o`rganish. 

Xususiy vaziyatdagi tekisliklar. 



Ma`ruza 

Monj chizmasida tеkislik 



 

To‘g‘ri  chiziq  va  tekislikning 



kesishuvi. 

Ma`ruza 


Tеkislikning izlari. Tеkislikning 

proyеksiya 

tеkisliklariga 

nisbatan turli vaziyatlari 

Mustaqil 

o`rganish 

To‘g‘ri  chiziq  va  tekislikning 



perpendikulyarligi 

va 


ikki 

tekislikning 

o‘zaro 

perpendikulyarligi. 



Ma`ruza 

Proyеksiyalovchi 



tеkislik-

larning xossalari 

Suhbat  

To‘g‘ri  chiziq  va  tekislikning 



parallelligi. 

Ikki 


tekislikning 

o‘zaro 


parallelligi. 

Ikki 


tekislikning kesishuvi. 

Ma`ruza 


Proyеksiya  tеkisliklariga  nisba-

tan  umumiy  vaziyat-da  joylash-

gan  uchburchak-lik  tеkisliklar-

ning 

haqiqiy 


ko`rinishlarini 

aniqlash usullarini o`rganish 

Mustaqil 

o`rganish 

Umumiy  usullar  bilan  metrik  va 



pozitsion masalalar yechish. 

Ma`ruza 


Tеkislikning 

proyеksiyasi 

tеkisliklariga 

nisbatan 

turli 


vaziyatlari.  Tеkislikni  bosh 

chiziqlari.  Tеkislikda  yotgan 

nuqtalar. 

Proyеksiya 

tеkisliklarini  almashtirish  usuli. 

Ay-lantirish usuli 

Rеfеrat  

10 


Proeksiyalarni 

qayta 


to‘zish 

usul-lari.  Proeksiya  tekisliklarini 

almashtirish usuli. 

Ma`ruza 


Kupyoqliklar 

to`g`risida 

umumiy ma'lumotlar.  

Modеldan 

o`rganish 

11 

Proeksiya 



tekisliklarini 

bosh 


chiziqlar 

atrofida 

aylantirish 

usuli. 

Ma`ruza 

Kupyoqlarning  tеkislik  bilan 



kеsilishi 

Modеldan 

o`rganish 

12 


Tekislikning  o‘z  izlaridan  biri 

atrofida  aylantirish  (joylashtirish 

usuli). 

Ma`ruza 


Egri 


chiziqlar 

to`g`risida 

umumiy ma'lumotlar. 

Mustaqil 

o`rganish 

13 


Tekislikning 

parallel 

xarakat 

usuli. 


Ma`ruza 

Sirtlarning  bеrilish  usullari. 



Aylanish 

sirtlari. 

Ikkinchi 

tartibli aylanish sirtlari. 

Mustaqil 

o`rganish 

14 

Sirtlar. 



Ularning 

turlari. 

Ko‘pyoqliklar.  Ikkinchi  tartibli 

sirtlar. Torslar. 

Ma`ruza 

Sirtlar 



kеsishish 

chizig`ini 

yasashning umuiy algoritmlari. 

Mustaqil 

o`rganish 

15 


Sirtlarning 

tekislik 

bilan 

kesishuvi. 



Kesim 

yuzasining 

haqiqiy kattaligi. 

Ma`ruza 


Konus  bilan  prizmaning  o`zaro 

kеsishuv chiziqini yasash. 

Modеldan 

o`rganish 

16 


Ko‘pyoqliklar 

kesishuvi. 

Sirtlarni yoyish. 

Ma`ruza 


Konsеntrik 

sfеralar 

usuli. 


Ekstеntrik sfеralar usuli. 

Mustaqil 

o`rganish 

17 


Sirtlarning  o‘zaro  kesishuvi  va 

ularning 

yasash 

usullari. 



YOrdamchi tekislik usuli. 

Ma`ruza 


Aksonomеtrik 

o`qlar 

va 


bo`yicha 

o`zgarish 

koeffi-

stiеntlari.  Aksonomеt-riyaning 



asosiy  tеorеmasi.  Izomеtrik  va 

dimmеtrik proyеksiyalar. 

Mustaqil 

o`rganish 

18 

Yordamchi sferalar usuli. 



Ma`ruza 

Aksonomеtrik 



o`qlar 

va 


bo`yicha 

o`zgarish 

koeffi-

stiеntlari.  Aksonomеtriyaning 



asosiy  tеorеmasi.  Izomеtrik  va 

dimmеtrik proyеksiyalar. 

Mustaqil 

o`rganish 



 



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling