O bobojonov k. Jumaniyozov


 Ushbu sohada hisobga olish tartiblari va uning vazifalari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

8.3. Ushbu sohada hisobga olish tartiblari va uning vazifalari.
Tayyor mahsulotni ishlab chiqarishdan omborga topshirish qabul qilish, 
topshirish yukxatlari bilan rasmiylashtiriladi. Bunday xujjatlarda 
quyidagilar ko’rsatiladi:
mahsulotni topshirayotgan sexning nomi;
uni qabul qilayotgan ombor;
mahsulotning nomenklatura kodi-raqami va nomi;
o’lchov birligi;
mahsulotning nomi;
topshirish sanasi;
javobgar shaxslarning imzolari.
Qabul qilish-topshirish yukxatlarining aniq mazmuni mahsulotning 
texnologik xususiyatlariga va ishlab chiqarilayotgan mahsulotining sifatiga 
bog’liq. Ularga texnika nazorati bo’limining vakili, mahsulot 
topshirayotgan sex xodimi, ombor mudiri (xodimi) yoki mahsulotni asrash 
uchun qabul qilayotgan boshqa javobgar shaxs imzo chekadi.
325


Qabul qilish-topshirish yukxatlari bir martalik va yig’ma (o’n kunlik, 
oylik) bo’lishi mumkin. Bularni topshiruvchi sex xodimi ikki nusxada 
yozadi. Bir nusxasi ombor mudiriga beriladi, ikkinchisi esa, mahsulot 
qabul qilingani haqidagi tilxat bilan sexda qoladi.
Buxgalteriyada topshirilgan yukxatlar asosida har oyda tayyor mahsulot 
ishlab chiqarishning jamg’aruv qaydnomalari yuritiladi.
Oy tugaganidan keyin qaydnomalarda mahsulot turlariga ko’ra qancha 
tayyor mahsulot ishlab chiqarilgani hisoblab chiqariladi va haqiqiy 
tannarxga ko’ra baholanadi.
Tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi mahsulot turlari yoki 
buyurtmalari bo’yicha asosiy ishlab chiqarishning analitik hisobi 
ma’lumotlariga ko’ra belgilanadi.
Har bir mahsulotning turi bo’yicha belgilangan tannarx summasi tayyor 
mahsulotni ishlab chiqarish qaydnomasiga yozib qo’yiladi, so’ngra 
jamlanadi. Shunday qilib, butun ishlab chiqarishning haqiqiy ishlab 
chiqarish tannarxi hal bo’ladi.
Har tomonlama mustaqillikni qo’lga kiritgan sub’ektlar o’zlari ishlab 
chiqargan mahsulotlarini erkin narxda, iste’molchilar bilan kelishilgan 
narxda sotishga intiladilar. Кamyob mollarni mol, tovar birjalari orqali 
sotish, kim-oshdi savdosi keng rivojlangan.
Omborga qabul qilingan va xaridor korxonalarga jo’natilgan mahsulot 
buxgalteriya hisobida haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha aks 
ettiriladi. Biroq sexlardan mahsulot omborga qabul qilinganda uning 
haqiqiy tannarxi ma’lum bo’lmagani uchun mahsulotning harakatini 
hisobda qabul qilingan reja tannarxi yoki ulgurji bahoda-shartnoma narxda 
hisobga olinadi, ya’ni baholanadi. Hisobot oyi davomida mahsulot reja 
tannarxi bilan haqiqiy tannarxi yoki haqiqiy tannarx bilan ulgurji baho 
o’rtasidagi farq alohida hisobga olinadi.
Tayyor mahsulotni buxgalteriyada yoki omborda hisobga olib borish 
uchun schyotlar rejasiga ko’ra 2800-"Ombordagi mahsulotlar" aktiv 
inventar schyotlari ko’zda tutilgan. Ushbu schyotlar quyidagilardan iborat:
2800

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling