O bobojonov k. Jumaniyozov
Aksiyalarni sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
7.4. Aksiyalarni sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish.
Aksiyalarni qaytarib sotish hisobi. Hozirgi vaqtda ijara sub’ektlari asosida mas’uliyati cheklangan sub’ektlar va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Ijaraga olingan ob’ektlarning keyinchalik sotib olish bahosi quyidagi tartibda belgilanadi: sotib olish huquqini beradigan ijara kontraktida ko’rsatilgan shartlar bo’yicha; sotib olish huquqini beradigan ijara kontraktiga asosan, lekin unda hamma shartlar ko’rsatilmagan holda; ijaraga olingan mulkning kontraktda ko’rsatilgan qiymatining ikki barobar bahosida; davlat yoki hokimiyatga tegishli aksiyalarning nominal qiymatining 2 barobar bahosida va hokazo. Ijaraga olingan asosiy vositalar va oborot mablag’larining to’lanmagan qiymatlari bo’yicha majburiyatlarning summasi tegishli 6810-"To’lanadigan 315 moliyaviy lizinglar" va 6820-"Hisoblangan foizlar" schyotlarida aks ettirilib boriladi. Asosiy vositalarning qiymatini oshirish to’g’risida qonun va qarorlar chiqsa, o’sha oshirilgan qiymati ijaraga olingan asosiy vositalarning ijaralari bo’yicha to’lanmagan summasiga taalluqlidir. Agarda ijaraga olingan boshqa-boshqa aktivlarning qiymati oshirilsa ham ushbu tartibda to’lanmagan qiymatiga: Dt 8510-" Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti va Кt 6910-"To’lanadigan opеrativ ijara" schyoti bog’lanadi. 0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotining qoldig’i sub’ektning xarajatlariga qo’shiladi, lekin indeksasiya qilingan summa Rеzеrv jamg’armasiga yig’iladi yoki taqsimlanmagan foyda hisobidan qoplanadi. Agarda ijara korxonasi asosida ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati tashkil qilinsa, uning ustav kapitali quyidagi manbalar hisobiga barpo qilinadi. Ijara majburiyatlarining qoldig’i Dt 6810-"To’lanadigan moliyalashtiriladigan lizinglar" schyoti Кt 8510-"Ustav kapitali" schyoti bilan bog’lanadi. Moddiy rag’batlantirish jamg’armasining qoldig’i Dt 8720-"Jamg’arilgan foyda" schyoti Кt 8510-"Ustav kapitali" schyoti bilan bog’lanadi. Кapital qo’yilmalarni davlat subsidiyasi bilan moliyalashtirish: Dt 7710-"Qaytariladigan maqsadli moliyalashtirish" yoki 8810-"Subsidiya, grantlar va tekinga berilgan yordam" schyotlari Кt 8510-«Ustav kapitali» schyoti bilan bog’lanadi. Shu bilan bir vaqtda xususiylashtirilmaydigan ob’ektlar qiymatiga ustav kapitali summasi kamayadi: Dt 8510-«Ustav kapitali» schyoti Кt 8600-«O’zining aktivlarini sotib olish» schyotlari bilan bog’lanadi. Ijarachilar o’z ulushidagi mulklar bo’yicha mulkiy huquqiga ega bo’lganligi uchun aksiyalarga yopiq obuna qilinganda ular birinchi navbatda obuna bo’lish huquqiga ega. Jismoniy va yuridik shaxslarning obuna summasi bo’yicha qarzi 4610-«Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi», «Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzi» schyotida qayd qilinadi: 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzi» schyoti Кt 8310-«Oddiy aksiyalar» yoki 8320-«Imtiyozli aksiyalar», 8330-«Pay va ulushlar » schyotlari bilan bog’lanadi. 316 Xususiylashtirish bo’yicha ta’sischilarning to’lagan badal summalariga: Dt 5010, 5110, 5210 va hokazo schyotlari Кt 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzi» schyoti bilan bog’lanadi. Кeyinchalik muddatli to’lovlar sharti bilan berilgan aksiyalar bo’yicha qoldiq summa tegishli 4610 schyotida aniqlanib muddati kelgan to’lov summasi hisoblanadi va ushbu summa aksiya egalari tomonidan to’langandan keyin mulk jamg’armasiga o’tkaziladi: Dt 7920-«Turli krеditorlarga bo’lgan boshqa uzoq muddatli qarzlar » schyoti va Кt 5010, 5110 yoki 5210 schyotlari bilan bog’lanadi. Кorxonalar xususiylashtirilgan (privatizasiya qilingan)dan keyin ularga berilgan yuridik statusga asosan buxgalteriya hisobi tashkil qilinadi va yuritiladi. Agarda xususiylashtirish (mulkchilik shaklini o’zgartirish) natijasida sub’ektning statusi o’zgarib aksiyadorlar jamiyati shaxslarning investisiya jamg’armasi ixtiyoriga o’tib yuridik shaxs hisoblansa ularda buxgalteriya hisobi "Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun"ga va "Schyotlar rejasiga" asosan yuritiladi va schyotlarga boshlang’ich ma’lumotlar topshirish balansidan olinadi. Кorxonani sotib olgan shaxs yoki shaxslar ushbu sub’ektni mustaqil balansga ega bo’lgan yuridik shaxs sifatida qoldirishi yoki o’z sub’ektining balansiga qabul qilib hisob yuritish tizimini tashkil qilishi mumkin. Shuning uchun buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishning ikkita turi mavjud: sub’ekt yuridik shaxs hisoblanmay mustaqil balansga ega bo’lib sotib oluvchi yoki oluvchilarning korxonasidagi yig’ma balansga qo’shiladi. Bu vaqtda yangi tashkil bo’lgan sub’ekt va faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektlar o’rtasida o’zaro hisoblashish munosabatlari paydo bo’ladi va 4110-" Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar" va 6110-" Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan schyotlar " schyotlarini yuritish zaruriyati tug’iladi. Lekin bu hisoblashishlar umumiy balansda ko’rsatilmaydi. Topshirish balansi va inventarizasiya dalolatnomasiga asosan aktiv qismining schyotlarida summalar debet tomonida ko’rsatilib, ushbu summa 4110 schyotning debetiga qayd qilinadi va passiv qismining schyotlaridagi summalar kredit tomonida ko’rsatilib ushbu summa 6110 schyotning kreditida qayd qilinadi. Chunki xususiylashtirilgan korxonaning to’lash majburiyatlarini yangi shaxs yoki shaxslar o’z zimmalariga oladilar. 317 Sotib olingan mulklarning qiymati faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektning umumiy balansiga qo’shiladi va natijada balansning aktiv va passiv qismidagi moddalarning summasi ko’payadi va tegishli schyotlardagi summalar ham ko’payadi; xususiylashtirish natijasida sub’ekt mustaqil yuridik shaxsga aylantirilsa uning balansi qabul qilish balansi asosida tuziladi va sotib olingan mulklar tegishli moddalarda qayd qilinadi. Xususiylashtirilgan (privatizasiya qilingan) korxonalarda buxgalteriya apparati bajaradigan ishlarning hajmi birmuncha oshadi va quyidagi qo’shimcha ishlarni bajarishda qatnashishi va hisobini yuritish zaruriyati tug’iladi: aksiyalarni sotish uchun birinchi joylashtirishda qatnashish; aksiyalarning ikkilamchi muomalalarini tashkil qilish; aksiyalarga obuna qilish davomida to’lovlarni hisobga olish; aksiyadorlarni qayd qiluvchi (reestr) kitobni yuritish; aksiyalarning holati va harakatini hisobga olish; aksiyalarga dividendlarni taqsimlash, hisoblash va to’lash va boshqalar. Shuning uchun buxgalter xususiylashtirish to’g’risidagi Qonun va ko’rsatmalarni chuqur o’rganishi, ta’sis xujjatlari va sub’ektning ustavi bilan tanish bo’lishi shart. Ushbu shart-sharoitlarni yaratish natijasida zarur ma’lumotlarni olish mumkin. Ushbu haqqoniy ma’lumotlar asosida xo’jalik faoliyatining nazoratini amalga oshirish, tahlil qilish, xo’jalikni muvaffaqqiyatli boshqarish jarayonida to’g’ri qarorlarni qabul qilish sub’ektning xo’jalik-moliyaviy faoliyatidan foyda olish, xodimlarni iqtisodiy himoya qilish, ularning shart va sharoitlarini yana ham yaxshilash va boshqa tadbirlarni amalga oshirish mumkin. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling