O bobojonov k. Jumaniyozov


 Tayyor mahsulotlarni jo’natish, sotish, ishlarni bajarish va


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

8.7. Tayyor mahsulotlarni jo’natish, sotish, ishlarni bajarish va 
xizmat ko’rsatishning analitik hisobi.
Hisobning jurnal-order shaklida tayyor mahsulotning analitik hisobi 16-
qaydnomada yuritiladi. Bu qaydnomaning 1-bo’limi "Tayyor 
mahsulotning pul shaklidagi harakati" deb nomlanadi, unda mahsulotning 
hisobot oyi boshlanishiga qoldig’i, omborga qabul qilingani, xaridorlarga 
332


jo’natilgani va hisobot oyi oxiriga qoldig’i, hisobda qabul qilingan baho 
hamda haqiqiy tannarxda ko’rsatiladi.
Jo’natilgan mahsulotni analitik hisobga olish quyidagilarni ko’zda 
tutadi:
mahsulotni jo’natishga doir muomalalarni xaridor manziliga 
yuborilgan to’lov xujjatlari asosida joriy ro’yxatdan o’tkazish zarurligini;
yuk-xati va to’lovnomalarni to’lashdan bosh tortilgan taqdirda ularni 
kuzatib borishni;
har bir oy davomida qayd etilgan yozuvlarni umumlashtirishni.
Bu shunday tartibda amalga oshirilishi lozimki, unda jamlama 
schyotlarga doir buxgalterlik ma’lumotlari ko’zga tashlanib tursin.
U 16-"Tayyor mahsulotlarning harakati, ularni jo’natish va sotishni 
hisobga olish" jurnal-orderining 1-"Mahsulotni jo’natish, uni berish va 
sotish" nomli bo’limida yuritiladi. Jurnal-orderning bu bo’limida har bir 
to’lov talabnoma-topshiriqnomasi (schyot-faktura) qayd etiladi. Ushbu 
to’lov talabnoma-topshiriqnomasining tegishli ustunlarida xaridorlar, tayyor 
mahsulotlar, ularning miqdori va qiymati, xaridorlar tomonidan 
to’lanadigan transport xarajatlari, shuningdek yuk (ish, xizmat)larni 
oluvchilar hisobiga o’tkaziladigan ustama va chegirmalar ko’rsatilishi 
lozim. Bu erda mahsulotni jo’natish, sotish (ishlarni bajarish, xizmatlarni 
ko’rsatish) hamda xaridorlar va buyurtmachilar bilan amalga oshirilgan 
hisoblashishlarning analitik va sintetik (jamlama) hisobi birlashtiriladi.
Mahsulotlarni jo’natish va sotishning analitik hisobini tashkil etish 
ayrim mahsulot turlari bo’yicha, to’lov xujjatlari bo’yicha natura ifodasida 
ham amalga oshiriladi. Ushbu tadbir ikki xil narxda - sotilish narxlarida va 
haqiqiy tannarx bahosida amalga oshiriladi.
Hisobga olish narxlari va tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxi 
o’rtasidagi farq ayrim mahsulot turlari bo’yicha keskin o’zgarib turishi 
mumkin bo’lgan sub’ektlarda tayyor mahsulotning harakati haqidagi 
ma’lumotlar mazkur mahsulotlarning guruhlari bo’yicha aks ettiriladi. 
Sub’ekt mahsulotlarni guruhlar bo’yicha taqsimlashni haqiqiy tannarxning 
ayrim mahsulotlarning hisobga olish narxiga doir qiymatidan chekinishi 
darajasidan kelib chiqqan holda amalga oshiradi. Bunday maqsad ularning 
har bir guruhda taxminan bir xil og’ishiga erishishdan iboratdir.
16-qaydnomaning 2-bo’limini ochish va yuritish tartibi quyidagichadir: 
16-qaydnoma har oyda ochiladi. Ushbu qaydnomani ochishda unga o’tgan 
oydagi qaydnomaga oid to’lanmagan to’lovlarning oy boshidagi qoldig’i 
ko’chirib o’tkaziladi. Shundan so’ng jo’natish va to’lov xujjatlari asosida 
joriy oyga doir yozuvlar qayd etiladi. Bank ko’chirmalarining kelib 
333


tushishiga qarab qaydnomaning tegishli ustunlarida to’lovnomalar to’langani 
haqida tegishli yozuv qayd etiladi. Unda tushum sanasi, summasi va qaysi 
schyotga o’tkazilgani yoki hisoblashish qaysi yo’l bilan amalga oshirilgani 
ko’rsatiladi. Shu bilan 2-bo’lim yakunlanadi.
16.
«Tayyor mahsulotlarning harakati, ularni jo’natish va sotishni 
hisobga olish» qaydnomasining 3-bo’limi «To’langan va to’lanmagan 
schyotlar haqida umumiy ma’lumotlar» deb nomlanadi. Unda jo’natilgan 
va sotilgan mahsulotlar to’g’risida umumiy ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Ushbu qaydnomaning 4-bo’limida soliq yuzasidan soliq muassasalari 
bilan hisoblashishga doir ma’lumotlar aks ettiriladi.
Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling