O bobojonov k. Jumaniyozov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburiyatlar
aktivlar
= passivlar + kapital bizda: aktivlar = majburiyatlar + kapital tengligi bilan ifodalanadi, ya’ni barcha aktivlar barcha passivlarga teng bo’ladi. Shu keltirilgan tenglama butun dunyoda balansli tenglama sifatida ma’lumdir. Aktivlar – bu sub’ektda ilgari amalga oshirilgan muomalalar yoki o’tgan davrda sodir bo’lgan hodisalar vositasida va mazkur yuridik shaxs tomonidan sotib olingan yoki nazorat qilinadigan mablag’larning holatini aks ettiradi. Aktivlar balansda pulda ifodalangan qiymatlik, ya’ni pul mablag’lari va qarzdorlik majburiyatlar (debitorlar), material qiymatliklar, jumladan, tovar Rеzеrvlari, er uchastkalari, imoratlar, asbob-uskunalar, mualliflik huquqlari va savdo belgilari sifatida keltiriladi. Majburiyatlar – mazkur yuridik shaxs tomonidan boshqa yuridik shaxslardan olingan aktivlar yoki ularning xizmatidan foydalanib ilgari amalga oshirilgan muomalalar yoki ilgari bo’lib o’tgan hodisalar natijasida daromadlarning taxmin qilingan potensial kamayishini anglatadi. Majbu- riyatlar kompaniyaning qarzlari, kreditorlarga kreditga sotib olingan tovarlar va xizmatlar uchun qarzlar, topshirilgan veksellar uchun qarzga olingan pul mablag’lari, ishchi va xizmatchilarga mehnat haqi bo’yicha qarzlar, hamda davlatga soliqlar va boshqa to’lovlar bo’yicha qarzlardan iborat. Agar firma o’z qarzlarini to’lash qobiliyatiga ega bo’lmasa, unda 27 qarzlarini to’lash uchun firmaning aktivlarini majburiy sottirish Qonun bilan belgilangan. Bunda kreditorlar mulk egalariga qaraganda ko’proq xuquqqa ega bo’lib, o’zlariga tegishli bo’lgan summalarni to’la-to’kis undirib olish huquqiga egadirlar. К apital – yuridik shaxsning mavjud aktivlaridan majburiyat summalarining ayirib tashlanganidan keyin qolgan qismi (summasi)dan iborat bo’lib, shu yuridik shaxsning manfaatini anglatadi. Biznesda mulk egasining manfaati o’z kapitali yoki oddiy qilib aytganda, kapital deb nomalandi. Кapital mulk egasining kompaniya aktivlariga qilingan talabnoma (zayavka)sini anglatadi. Uning summasi qoldiq kapital deb ataladi. Chunki, agar mulk egasi hamma majburiyatlarini to’lasa, qolgan summa kapital hisoblanadi. Shunday qilib balans tenglamasidan foydalanib, kapitalni quyidagicha aniqlash mumkin: Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling