O bobojonov k. Jumaniyozov
-«Asosiy (opеratsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
9000-«Asosiy (opеratsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi
schyotlar» bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari Т/ r Xo’jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog’lanishi Dеbеt Krеdit 1 Jo’natilgan maqsulotlar, tovarlar, 4010, 9010, 356 bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar (QQS, aktsizlardan tashqari) uchun xaridorlarga taqdim etilgan hisob-kitob xujjatlaridagi summaga 4020 9020, 9030 2 Maqsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni naqd pulga sotish 5010, 5020 9010, 9020, 9030 3 Korxona xodimiga maqsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar (jumladan maxsus kiyimlar) sotildi 4790 9010, 9020, 9030 4 Dividеndlar maqsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan to’landi 6610 9010, 9020, 9030 5 Vositachilik opеratsiyalari bo’yicha komission mukofotlar summasi 4010 9010 6 Maqsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar sho’'ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga sotildi 4120 9010, 9020, 9030 7 Kеchiktirilgan daromadlar summasi ular taallu?li bo’lgan hisobot davri kеlganda sotish hajmiga kiritildi 6230 9010, 9020, 9030 8 Sotilgan tovarlarning qaytishi 9040 4010 9 Sotishdan va narxdan chеgirmalar bеrish 9050 4010 1 0 hisobot davrining oxirida 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” schyotini yopilishi 9010, 9020 9040 1 1 hisobot davrining oxirida 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga bеrilgan chеgirmalar” schyotini yopilishi 9010, 9020,90 30 9050 1 2 Asosiy (opеratsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9010, 9020. 9030 9910 357 Hisobot ma’lumotlarida ko’rsatilgan tayyor mahsulotning amalda omborda mavjud bo’lgan tayyor mahsulotga muvofiq kelishi tayyor mahsulotni inventarizasiya qilish asosida aniqlanadi. Mahsulot etkazib berish rejasining bajarilishini hisobga olish tezkor hisobga olishning maxsus registrida yuritiladi. Mazkur registr asosida tayyor mahsulotni belgilangan hajmda etkazib bermaslik yoki to’lovning kechiktirilishi sabablari aniqlanadi va tegishli chora-tadbirlar ko’riladi. Tayyor mahsulotni inventarizasiyadan (yo’qlamadan) o’tkazish tartibi aylanma mablag’larning tarkibiga kiruvchi boshqa moddiy boyliklarni inventarizasiya qilish tartibi bilan bir xil. Ba’zi farqlari shundan iboratki, tayyor mahsulotlar qator holatlarda nafaqat o’zining omborlarida, balki sexlarning omborlarida va mahsulotlarni sotib beruvchi sub’ektlarning omborlarida javobgarlik asosida saqlanadi. Buxgalteriya hisobida va inventarizasiya ruyxatlarida ular yaxlit holda aks ettiriladi. Tayyor mahsulotlarning harakati jadal ravishda ro’y beradi, shuning uchun tayyor mahsulotlarning inventarizasiyasini imkoni boricha qisqa muddatlarda o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi. Inventarizasiya jarayonida tayyor mahsulotlarni qayta hisoblash, o’lchash va tortib ko’rish yo’li bilangina emas, balki ularning butligi, navi va boshqa sifat tavsiyalari ham tekshiriladi. Inventarizasiya ro’yxatlarida moddiy boyliklarning kodi, nomi, miqdoridan tashqari ularning nomenklatura raqami, markasi (rusumi) va navi hamda boshqa alohida belgilari ham ko’rsatiladi. Turib qolgan va qimmati to’liq bo’lmagan mahsulotlar uchun alohida ro’yxat tuziladi. Yaroqsiz holga kelgan mahsulotlar ro’yxatga kiritilmaydi. Ular yuzasidan maxsus dalolatnoma tuziladi. Bu dalolatnomada tayyor mahsulot buzilishining sababi va aybdor shaxslar, qadrsizlanish summasi ko’rsatiladi. Inventarizasiya o’tkazish vaqtida mahsulotlar inventarizasiya komissiyasi ishtirokida qabul qilinadi va alohida ro’yxatga kiritiladi. Jo’natilgan deb hisoblangan yoki haqi to’langan, lekin ombordan olib chiqib ketilmagan mahsulotlar ham alohida qayd etiladi. Joylash va saqlash idishi ham turi, maqsadi va toifasiga qarab (yangi, foydalanishda bo’lgan tayyor mahsulot bilan birga inventarizasiyadan o’tkaziladi. Jo’natilgan mahsulotlar va tovarlar va xaridorlar tomonidan muddatida haqi to’lanmagan mahsulotlar va tovarlar yuzasidan har bir yuklab jo’natish bo’yicha alohida yo’qlama ro’yxati tuziladi. Ularda mahsulot, tovarlar va xaridorning nomi, jo’natish sanasi, to’lov topshiriqnomasi 358 yozib berilgan sana, uning raqami va berilgan schyot-faktura bo’yicha summasi ko’rsatiladi. Boshqa sub’ektlar (konsignator)ning omborlarida saqlanayotgan tayyor mahsulotlar ushbu moddiy boyliklarning mas’uliyatli saqlashga topshirilganligini tasdiqlovchi xujjatlar asosida ro’yxatga kiritiladi. Mas’uliyatli saqlashga qoldirilgan mahsulot uchun saqlash tilxatlarini inventarizasiya boshlangan sanaga yaqin sanaga qayta rasmiylashtirish lozim. Inventarizasiya natijalari yuzasidan taqqoslash qaydnomalari faqat hisobga olish ma’lumotlaridan chekinishga yo’l qo’yilgan mahsulotlarning turlari bo’yicha tuziladi. Inventarizasiya natijalarida aniqlangan tayyor mahsulotlarning qoldiqlari joriy hisobda qabul qilingan narxlar bo’yicha baholanadi. Inventarizasiya jarayonida aniqlangan mavjud tayyor mahsulotlarning qoldig’i va hisobga olish ma’lumotlari o’rtasidagi farq moddiy boyliklar uchun qabul qilingan umumiy tartibda bartaraf etiladi. Agarda inventarizasiya natijasida tayyor mahsulotlar ortiqcha chiqsa ular omborga qabul qilinadi. Debet 2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar" va 9390-"Boshqa opеratsion daromadlar" schyoti kreditlanadi. Mabodo inventarizasiya natijasida tayyor mahsulotlarning me’yor darajasidagi kamomadi aniqlansa dalolatnomaga muvofiq 9439-"Boshqa muomalaviy sarflar" schyotining debetida va 2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotining kreditida, agarda javobgar shaxs zimmasiga yuklatilsa 4630-"Moddiy zararlarni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi" schyotining debetiga 2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotining kreditidan o’tkaziladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling