O bobojonov k. Jumaniyozov


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

USTAV KAPITALINI
HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
8310
Oddiy aktsiyalar
8320
Imtiyozli aktsiyalar
8330
Pay va ulushlar
9.2. Ustav kapitali va uni hisobga olish.
Ustav kapitali ta’sis xujjatida belgilangan, sub’ektning mulkini tashkil 
etishda, uning faoliyatini bir maromda yurgazishda ta’sischilarning 
(qatnashuvchilarning) pul ifodasida qo’ygan mablag’lari (ulushlari, 
aksiyalari nominal qiymati)ning yig’indisidir.
Bu schyotlarda ro’yxatdan o’tkazilgan aksiyalar qiymatining 
chegarasidagi yoki puli to’langan aksiyalarning nominal qiymatidagi ustav 
kapitali aks ettiriladi. Ustav kapitalining hajmi ustavdagi ro’yxatdan 
o’tkazilgan summadan oshib ketishi mumkin emas. Sub’ektning ustav 
kapitalining ko’payishi yoki kamayishi faqat ta’sischilarning qarori bilan 
va sub’ektning nizomi va boshqa ta’sis xujjatlariga o’zgartirishlar 
kiritilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
362


Ta’sischilar qo’yilmalarining xaqiqiy kelib tushishi 4610-«Ustav 
kapitali (fondi)ga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining 
kreditiga o’tkaziladi, har xil aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning 
debeti bilan bog’langan holda moddiy qiymatliklar va nomoddiy aktivlar, 
ustav kapitaliga kiritilgan qo’yilmalarning qiymati aniq, haqiqatda mavjud 
bo’lgan bozor bahosida yoki ta’sischilarning roziligi bo’yicha baholanadi. 
Ta’sischilar ulushining qaytarilishi ustav kapitalining miqdorini 
kamaytirmaydi. Hisobda bu muomala xuddi aksiyadorlar jamiyatining 
sotib olingan xususiy aksiyalaridek quyidagi 8610-«Sotib olingan o’zining 
oddiy aksiyalari» schyoti va 8620-«Sotib olingan o’zining imtiyozli 
aksiyalari» schyotlariga o’tkaziladi. 
8310-«Oddiy aksiyalar" schyoti ovoz berish huquqiga ega bo’lgan 
oddiy aksiyalarning qiymati qo’shilgan holdagi aksiyadorlar kapitalining 
holati va harakati to’g’risidagi va imtiyozli aksiyalar uchun to’lanadigan 
dividendlar qayd etilgandan keyin qolgan sof daromadni taqsimlashda 
qatnashuvchilar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun 
mo’ljallangan. 
Aksiyadorlik jamiyati davlat ro’yxatidan o’tgandan keyin uning nizom 
kapitali aksiyadorlarga taqdim etilgan o’z aksiyasining ulushini to’lashdagi 
mablag’larining hisobiga shakllanadi va ro’yxatga olingan emissiya 
yo’nalishidagi summa 8310-«Oddiy aksiyalar» schyotining krediti 
bo’yicha 4610-«Ustav kapitali (fondi)ga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning 
qarzlari» schyotining debeti bo’yicha aks ettiriladi. Aksiyalar uchun 
to’lovlar bo’yicha haqiqiy kelib tushgan mablag’larga 4610-«
Ustav 
kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi » schyoti 
kreditlanib, pul mablag’larini, TMZ va boshqa aktivlarni hisobga oluvchi 
schyotlarning debet tomoni bilan korrespondensiyalanadi.
Muomalada qatnashayotgan chiqarilgan (aksiyadorlar tomonidan a’zo 
bo’lish amalga oshirilgan) yoki e’lon qilingan (chiqarishga ruxsat berilgan) 
oddiy aksiyalarning har qaysi chiqarilishi bo’yicha alohida analitik hisob 
yuritiladi va hali chiqarilishi tugatilmagan, ammo ro’yxatdan o’tkazilgan 
miqdorda shunday aksiyadorlik kapitali sifatida aks ettiriladi. Aksiyadorlar 
jamiyati kapitalining huquqiylik darajasi uning nominal qiymatini aniqlab, 
aksiyalarni chiqarishga ruxsat berilganligini ro’yxatdan o’tkazishda 
belgilanadi. Qimmatbaho qog’ozlarni chiqarishni ro’yxatdan o’tkazish 
tartibi, odiy va imtiyozli aksiyalarni chiqarish sharti va ularning bank 
tomonidan sotib olinishi 26.04.1996 yil, 223-1-sonli «Aksiyadorlar 
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi 
Qonun va 10.07.1998 yil, 423- sonli «O’zbekiston respublikasining 
363


xududida qimmatbaho qog’ozlarni ro’yxatdan o’tkazish va chiqarish tartibi 
to’g’risida»gi Nizom bilan tartibga solinadi. Chiqarilgan aksiyalar 
8310-«Oddiy aksiyalar» schyotida nominal qiymati bo’yicha hisobga 
olinadi, ularni sotishdan olingan summalar 8410 - «Emissiya daromadi» 
schyotida aks ettiriladi. 
Aksiyadorlar jamiyatlari o’zininng ustav kapitalini yangi aksiyalarni 
chiqarish yoki ularning nominal qiymatlarini oshirish yo’li bilan 
ko’paytirishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatlarining ustav kapitali 
miqdorining kamayishi aksiyalarning nominal qiymatining pasayishi 
hisobiga yoki kapitalga obuna to’g’risidagi xabarda obuna summasining 
miqdorini qoplamagan takdirda sub’ektlar tomonidan xususiy 
aksiyalarning bir qismini aksiya egalaridan sotib olishi hisobiga ro’y 
berishi mumkin.
Aksiyalarni tugatish maqsadida ularni maydalab yuborish ya’ni, 
ularning nominal qiymatini mutanosib ravishda kamaytirib umumiy 
miqdorini ko’paytirish lozim bo’ladi. 
Ushbu aksiyalarni maydalash natijalari aksiyadorlar kapitalining 
hajmiga ta’sir kilmaydi, fakatgina yangi chiqarilgan aksiyalarning nominal 
qiymatini va muomaladagi aksiyalarning miqdorini ko’paytiradi. Ushbu 
muomalalar bo’yicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilmaydi, lekin 
ushbu muomalalarni 8310-«Oddiy aksiyalar» schyotiga ochilgan analitik 
hisob registrlarida qayd qilish zarur. 
8310-«Oddiy aksiyalar»ning hisobi bo’yicha analitik hisob xo’jalik 
axborotlarining shakllanishini ta’minlashi shart. 
8320-"Imtiyozli aksiyalar» schyoti imtiyozli aksiya ko’rinishida 
chiqariladi, ovoz berish huquqiga ega bo’lmagan, lekin aksiya egasiga 
dividend kafolatini beradigan, ya’ni olingan foydani taqsimlash jarayonida 
oddiy aksiya egalariga nisbatan imtiyozi belgilangan (dividend olish 
kafolati) aksiyadorlar kapitalining holati va harakati to’g’risidagi 
axborotlarni umumlashtirish uchun qo’llaniladi.
Aksiyalarning hisobi 8320-«Imtiyozli aksiyalar» schyotida ushbu 
aksiyalarning nominal qiymati bo’yicha amlaga oshiriladi. 
Ushbu aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori bahoda sotishdan 
olingan har bir summa 8410-«Emissiya daromadi» schyotida qayd 
qilinadi. 
Imtiyozli aksiyalar bo’yicha analitik hisob xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar bo’yicha va kapitalning shakllanish bosqichi bo’yicha 
axborotlarning shakllanishini ta’minlashi shart. 
364


8330 - «Pay va ulushlar» schyoti xo’jalik yurituvchi sub’ektlar-ning 
tashkiliy huquqiy shakllariga asosan davlat yoki xususiy, qo’shma 
korxonalarda qatnashuvchilarning badallari hisobiga tashkil qilingan 
kapitallarning holati va harakatini hisobga olish uchun mo’ljallangan. 
Davlat korxonalari davlat tomonidan ajratilgan asosiy va aylanma 
mablag’lardan tashkil qilingan va o’rnatilgan tartibda ustav 
jamg’armalarini tashkil qiladilar. 
Ulush kapitali mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik 
faoliyatini yuritish uchun ta’sischilar omonatlarining yig’indisidan tashkil 
topadi. 
Ulush jamg’armasi - mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
birgalikdagi ishbilarmonlik faoliyatini yuritish uchun ishlab chiqarish 
kooperativi a’zolarining ulush badallari yig’indisidan tashkil topadi.
Ustavda qayd qilingan va ta’sis xujjatlarda ko’rsatilgan 
ta’sischilarning ulushi va omonatlaridan tashkil topgan sub’ektning ustav 
kapitalini ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin ta’sischilarning ulushi va 
omonatlarining summasi 8330 - «Pay va ulushlar» schyotining krediti va 
4610-«
Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha 
qarzi» schyotining debetida qayd qilinadi. 
Ta’sischilar omonatining sub’ektga kelib tushishi 4610-«
Ustav 
kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi» (fondi)ga 
badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining kreditida va pul 
mablag’larini, moddiy va nomoddiy qiymatliklarni hisobga oluvchi 
schyotlarning debet tomonida ko’rsatiladi. 
Ustav kapitali (fondi)ning analitik hisobi xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning har bir ta’sischisi bo’yicha ayrim olgan holda yuritilishi lozim. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling