O bobojonov k. Jumaniyozov


-«Qo’shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar»


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

8400-«Qo’shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar» 
bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari
367


Т/
r
Xo’jalik muomalalarining 
mazmuni
Schyotlarning 
bog’lanishi
Dеbеt
Krеdit
1
Birlamchi emissiya aktsiyalarning 
nominal va emissiya qiymatlari 
o’rtasidagi farq sifatida 
qo’shimcha to’langan kapital 
mablag’lari kеlib tushdi
5010-
5530
8410
2
qo’shilgan kapital mablag’lari 
xususiy aktsiyalarni bеkor qilishda 
sotib olish va nominal qiymatlari 
o’rtasidagi farqni qoplashga 
ishlatildi
8410
8610, 
8620
3
Ustav kapitalini shakllanish 
jarayonida vujudga kеlgan ijobiy 
kurs farqi hisobga olindi
Mol-
mulkni 
hisobga 
oluvchi 
schyotlar
8420
9.4. Rеzеrv kapitali, uning yaratilishi va hisobining yuritilishi.
Mavjud bo’lgan harakatdagi rеzеrv kapitalining hisobi quyidagi 
schyotlarda olib boriladi:
8500
RЕZЕRV KAPITALINI
HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR
8510
Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha 
tuzatishlar (O’zR AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan 
ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’itaxriridagi satr)
8520
Rеzеrv kapitali (fondi) (O’zR AV 25.05.2009 y. 1181-2-
son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’itaxriridagi 
satr)
8530
Tеkinga olingan mulk
Rеzеrv kapitalining hisobi schyotlari bo’yicha analitik hisob shunday 
shaklda tashkillashtiriladiki, toki u mablag’larning ishlatilishi va yo’nalishi 
bo’yicha ma’lumotlarni yig’ishga xizmat qilsin.
8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyotida 
aktivlarni qayta baholash natijasida aniqlangan (o’sgan) qiymati hisobga 
368


olinadi. Rеzеrv kapitalining tuzatilishi va to’ldirilishi aktivlarni qayta 
baholash natijasida hosil bo’lsa 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha 
tuzatishlar» schyotining krediti bo’yicha aktivlarning qiymatini qayta 
baholash natijasida o’sgan summasiga tegishli aktivlarni hisobga oluvchi 
schyotlar korrespondensiyalanadi.
Agar qayta baholash natijasida aktivlarning qiymati pasaysa, unda 
xozircha pasaygan qiymatning o’rni o’sha aktivning avvalgi o’sgan 
qiymati hisobiga tuldiriladi, ushbu muomala 8510-«Aktivlarni qayta 
baholash bo’yicha tuzatishlar» schyotining debetida aks ettiriladi. 
Arzonlashtirilgan summa, shu aktivning avvalgi qayta baholashdagi 
qiymati o’sishining oshirilgani xarajat sifatida tan olinadi va 
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida aks ettiriladi.
8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyoti 
bo’yicha qoldiq balansning « Rеzеrv kapitali» moddasida aks ettiriladi.
Ushbu schyotning debeti bo’yicha yozuvlar quyidagi hollarda yuz 
berishi mumkin:
-8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyotida 
hisobga olingan, qayta baholash natijasida aniqlangan mulkning pasaygan 
qiymatining summasiga mablag’lar kamaytirilganda, pasaygan qiymati 
aniqlangan mulklarni hisobga oluvchi schyotlar bilan 
korrespondensiyalanadi. 
- 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyotida 
hisobga olingan, qayta baholash natijasida aniqlangan investisiyaning 
pasaygan qiymatining summasiga mablag’lar kamaytirilganda, pasaygan 
qiymati aniqlangan investisiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan 
korrespondensiyalanadi.
-Sub’ektni tugatish natijasida ta’sischilarning orasida summalar 
taqsimlanganda 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ularning ulushlari 
bo’yicha qarzlar» schyoti bilan korrespondensiyalanadi va xokazo.
8520-«Rеzеrv kapitali» schyoti amaldagi O’zbekiston Respublikasi 
Qonunlarida ko’zda tutilgan tartibga asosan tashkil qilingan aksiyadorlar 
jamiyati, qo’shma korxonalar va boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 
va ta’sis xujjatlariga muvofiq bundan tashqari aksiyadorlar jamiyatining 
mulkini ko’paytiradigan boshqa tushumlar hisobiga mavjud bo’lgan va 
harakatdagi Rеzеrv kapitali to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish 
uchun mo’ljallangan.
Rеzеrv kapitalining mablag’lari qandaydir oddiy bo’lmagan 
muomalalardan kutilayotgan sarf-xarajatlarni, qarzlarni va boshqa 
maqsadlar uchun qilingan sarflarning hisobdan chiqarilish va qaytarilish 
369


ehtimoli bo’lmagan boshqa maqsadlardan kelgan umumiy balans 
zararlarini qoplash Rеzеrvlarini yaratish uchun foydalanilishi mumkin.
Rеzеrv kapitalining shakllanishi 8520-«Rеzеrv kapitali» schyotining 
krediti bo’yicha aks ettirilib, 8710-«Hisobot yilining taqsimlanmagan 
foydasi» schyoti bilan korrespondensiyalanadi.
Rеzеrv kapitali mablag’larining foydalanilishi 8520-«
Rеzеrv 
kapitali» schyotining debeti bo’yicha hisobga olinib, bu mablag’larni 
iste’mol qiluvchilarning (foydalanuvchilar) schyotlari bilan 
korrespondensiyalanadi. Masalan, 6610-«To’lanadigan dividendlar» 
schyoti bilan, qatnashuvchilarga dividend yo’nalishida to’lanadiga 
summaga, hisobot yili foydasi bo’lmaganda yoki bu maqsadlar uchun 
foyda summasining etarli bo’lmaganida.
8530-«Tekinga olingan mulk» schyotlari tekinga olingan mulkni 
hisobga olish uchun mo’ljallangan.
Tekinga olingan mulklar 8530-«Tekinga olingan mulk» schyotining 
krediti bo’yicha uzoq muddatli moddiy va nomoddiy aktivlar va 
materiallarning hisobi schyotlari bilan korrespondensiyalangan holda aks 
ettiriladi. Tekinga olingan mulklarning qiymati daromad (foyda)ga 
qo’shilib soliq to’lashga tortiladi.
8500- Rеzеrv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi.
8510-«Aktivlarning bahosini muqobillashtirish», 8520-«Rеzеrv 
kapitali (fond) » va 8530-«Tekinga olingan mulk» schyotlari.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling