O bobojonov k. Jumaniyozov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
QO’ShILGAN KAPITALNI
HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR 8410 Emissiya daromadi 8420 Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi 366 8410-«Emissiya daromadi» schyoti aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori olingan mablag’lar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Кelib tushgan summalar 8410-«Emissiya daromadlari» schyotining krediti bo’yicha hisobga olinadi, xususiy aksiyalarni sotib olishda va sotib olingan xususiy aksiyalarni bekor qilishda kursdagi farqlarni qoplash uchun foydalanilganda ushbu muomalalar bu schyotning debeti bo’yicha hisobga olinadi. Qo’shimcha to’langan kapitalning analitik hisobi oddiy va imtiyozli aksiyalar bo’yicha alohida yuritiladi. 8420-"Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyoti ustav kapitalini shakllantirish jarayonida hosil bo’ladigan kursdagi farqlarni hisobga olish uchun mo’ljallangan. Valyutada va valyuta qiymatliklari hisobiga ustav kapitalini shakllantirish vaqtida ustav kapitaliga badal to’lash vaqtida amal qilingan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha baholanadi. Valyuta va valyuta qiymatliklarini baholash va boshqa mulklarni ro’yxatdan o’tkazish vaqtida ta’sis xujjatlaridagi baholardan farq qilishi mumkin. Hosil bo’lgan bu kursdagi farqlar 8420 -«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyotida hisobga olinadi. Baholardagi ijobiy farqlar, mulklar, valyutalar va valyuta qiymatliklari schyotlarining debeti bo’yicha va 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar schyotining krediti bo’yicha, salbiy farqlar esa teskari tartibda (debet 8420 va kredit, mulk, valyuta va valyuta qiymatliklari schyoti) buxgalteriya o’tkazmalari bo’yicha aks ettiriladi. Baholardagi va kursdagi baholashning bu tartibda hisobdan chiqarilishi ta’sis xujjatlarida oldindan kelishilgan ustav kapitalidagi ta’sischilar ulushining o’zgarmasligiga imkon beradi. Ustav kapitalini shakllantirishda hosil bo’lgan kursdagi farqlarning analitik hisobi, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksiya egalari bilan hisoblashishdan tashqari, har bir ta’sischi bo’yicha yuritiladi. Soliqqa tortishning tartibi O’zbekiston Respublikasining soliq kodeksiga asosan belgilanadi. Sub’ektning ta’sis xujjatlariga asosan, foyda hisobidan hosil qilingan Rеzеrvlari, aktivlarni qayta baholashdan yuzaga keladigan inflyasiya Rеzеrvlarini yaratish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling