O bobojonov k. Jumaniyozov
-«Kеlgusi xarajatlar va to’lovlar, rеzеrvlarini hisobga oluvchi
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.9. Moliyaviy natijalar, ularning ahamiyati va aniqlash tartibi.
8900-«Kеlgusi xarajatlar va to’lovlar, rеzеrvlarini hisobga oluvchi
schyotlar» bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari Т/ r Xo’jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bog’lanishi Dеbеt Krеdit 1 Kеlgusi xarajatlar va to’lovlarning rеzеrvlari tashkil qilindi Xarajatla rni hisobga oluvchi schyotlar 8910 2 Korxonaning ishlab chiqarish sеxlari va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar tomonidan asosiy vositalarni ta'mirlash uchun va Boshqa bajarilgan ishlar, xizmatlar qiymati hisobga olindi 8910 2010, 2310, 2510, 2710 3 hisoblangan kеlgusi xarajatlar 8910 9390 380 Rеzеrvlarining foydalanilmay qolgan sumasi korxona daromadiga qo’shildi 9.9. Moliyaviy natijalar, ularning ahamiyati va aniqlash tartibi. O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiga o’tishi iqtisodiyotdagi siyosatni tubdan o’zgartirishga va uning asosiy qismlaridan biri bo’lgan, ya’ni iqtisodiy axborotlar bilan ta’minlovchi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning tutgan o’rnini tubdan kengaytirishga olib kelmoqda. Chunki ilgari – sobiq ittifoq davrida moliyaviy hisobot tizimi asosan hukumatning rejasi va qarorlarini bajarishga yo’naltirilgan bo’lsa, hozirgi davrga kelib tegishli sub’ektning xo’jalik yuritish faoliyati bilan qiziquvchi shaxslarni zarur va ishonchli axborotlar bilan ta’minlash uning asosiy vazifasiga aylandi. Chunki ushbu shaxslarni asosan tegishli korxona va firmalarning moliyaviy holati, raqobatbardoshligi qiziqtiradi, chunki ularning sarmoyalari qisman sub’ektning faoliyatida qatnashmoqda yoki kelgusida sarmoya qo’yish niyatlari bor. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni o’z faoliyatining yakuniy natijasi o’laroq moliyaviy natijalar (foyda oladilar yoki zarar ko’radilar) qiziqtiradi. Moliyaviy natijalar - tegishli hisobot davrida sub’ektning moliyaviy - xo’jalik faoliyatining natijasi bo’lmish olingan foyda yoki ko’rilgan zarardir. Ushbu natijalar bo’yicha ma’lumotlar o’z vaqtida va to’liq ravishda tegishli xujjatlarda qayd qilinishi, umumlashtirilishi zarur. Shuning uchun ham moliyaviy natijalarning hisobi xo’jalik faoliyati to’g’risida olinadigan ma’lumotlarning muhim manbai hisoblanadi. Ushbu sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarga qiziquvchilarni ularning ushbu ma’lumotlardan foydalanish nuqtai nazaridan 2ta guruhga - ichki va tashqi foydalanuvchilar guruhida bo’lish mumkin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatini boshqarish jarayonida tezkor qarorlar qabul qilish uchun zarur ma’lumotlarga zaruriyat tug’iladi, ya’ni sub’ektning boshqaruv xodimlari - ustadan to bosh direktorgacha (direktorlar kengashining raisi) ishlab chiqarish yoki moliyaviy xususiyatga ega bo’lgan qarorlarni qabul qilish uchun ular sub’ektning faoliyati bo’yicha tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlanishi lozim. Ushbu yuqoridagi xususiyatga ega bo’lgan iste’molchilar ichki ya’ni sub’ektning ichidagi iste’molchilar deyiladi. 381 Bundan tashqari moliyaviy hisobotning ma’lumotlari bilan tashqi shaxslar (sub’ektdan tashqaridagi) ham qiziqadilar, chunki ular sub’ekt faoliyatining natijasi bilan manfaatdor yoki shunday qarorni qabul qilmoqchi. Ushbu axborotning iste’molchilari ikki guruhga bo’linadi, ya’ni moliyaviy natijalarga bevosita qiziqqan va moliyaviy natijalar ma’lumotiga bilvosita qiziqayotgan shaxslar. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari ma’lumotlariga bevosita qiziqqan shaxslar bular sub’ekt mulkining egalari, investorlar, ta’sischilar va uning faoliyati bilan o’zlarining faoliyatini bevosita bog’lagan boshqa yuridik va jismoniy shaxslardir. Chunki ularning faoliyati sub’ektning faoliyati bilan chambarchas bog’langandir va ushbu natijalar bilan iqtisodiy jihatdan manfaatdor bo’ladilar. Bu shaxslar qatoriga asosan sub’ektning manzilidan tashqarida joylashgan quyidagi yuridik va jismoniy shaxslar kiradilar: mol etkazib beruvchilar - bergan xom ashyo va materiallarining qiymatini o’z vaqtida olib turishi uchun; kreditorlar - yuridik va jismoniy shaxslar qarzga bergan mablag’larini o’z vaqtida qaytrib olishga ishonch hosil qilishi uchun; investorlar - qo’yilgan kapital mablag’larining butligiga ishonch hosil qilish va dividendlar olib turish uchun; ta’sischilar va aksiyadorlar - qo’shgan ulushlari va aksiya qiymatlarining butligi va nominal qiymatining saqlanib qolishi, ushbu ulushlari va aksiyalari uchun tegishli dividend va foizlarni o’z vaqtida olib turish uchun; soliq organlari - davlat byudjetiga tegishli soliqlarning to’g’ri hisoblanishi va ushbu summalarning o’z vaqtida tushib turishi uchun. Ikkinchi guruhga taalluqli yuridik shaxslar sub’ektning faoliyati bilan qiziquvchilar, ya’ni kelgusida shu sub’ektning faoliyatiga o’zining ulushini qo’shmoqchi yoki shu sub’ektning aksiyalarini sotib olishga qiziquvchi yuridik va jismoniy shaxslar, bundan tashqari 1-guruhning foydasini himoya qiluvchi shaxslar - auditorlik xizmati, moliyaviy masalalar bo’yicha maslahatchilar, kontrakt shartlarini bajarishga baho berish hollarini va qonun xujjatlarining talablariga rioya qilish va foyda hamda dividendlarni to’lash tartiblari bilan qiziquvchi shaxslardir. Ushbu zaruriyatlardan kelib chiqqan holda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ikki xil hisobot tuzishga majbur bo’ladilar: Birinchisi ichki foydalanuvchilar uchun, ya’ni xo’jalik faoliyatining natijalarini to’liq, chuqur va har tomonlama yorituvchi - xo’jalik rahbarlari 382 va xodimlari uchun sub’ektni boshqarish va faoliyatiga odil baho berish uchun zarur bo’lgan ichki hisobot - boshqaruv hisoboti. Ikkinchisi tashqi foydalanuvchilar, ta’sischilar, investorlar, soliq muassasalari, mol etkazib beruvchilar va boshqa qiziquvchilar uchun tegishli ma’lumotlarni yig’ib bir tizimga solgan holda moliyaviy hisob ma’lumotlariga asoslangan moliyaviy hisobotdir. Moliyaviy hisob yordamida yig’ilayotgan axborotlar bir xil ko’rinishda bo’lishi shart, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik faoliyatida qatnashayotgan yoki uning faoliyatiga qiziqayotgan yuridik va jismoniy shaxslar ma’lumotlarni to’g’ri va to’liq tushunishi lozim. Shuning uchun ham ushbu axborotlarni yig’ish va bir tizimga keltirishda uning oldida nimalarni yig’ish va ularni qanday tartibda yoritish masalasi ko’ndalang turadi. Ushbu muomalalarga to’liq, har tomonlama va chuqur javob berish maqsadida buxgalteriya hisobining milliy standartlariga, Soliq kodeksi va boshqa me’yoriy xujjatlarning talabiga to’liq javob beradigan yangi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi yangi Nizom ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlandi. Mazkur Nizomda xarajatlarni guruhlashtirish va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibidan to’liq, tushunarli yoritilganki, bu o’z navbatida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun tegishli hisobot davrida jami ishlab chiqarish xarajatlari va olingan daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z vaqtida va to’liq yig’ish, ishlov berish tizimi va usullarini ishlab chiqish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan tegishli soliq qonunlari va me’yoriy xujjatlari talabiga javob beradigan moliyaviy hisobot tizimi imkoniyatini yaratdi. Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu Nizom tegishli halqaro standartlarga va ES ning 4.7 qaroriga asosan hamda O’zbekiston Respublikasining xususiyatlari inobatga olingan holda yaratilgan. Ushbu Nizomga muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati yuzasidan ko’rilgan moliyaviy natijalar quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi: Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling