O bobojonov k. Jumaniyozov
Inventarizasiya, uning ahamiyati, o’tkazish tartibi va
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
10.5. Inventarizasiya, uning ahamiyati, o’tkazish tartibi va
natijalarni qayd qilish. Qonunga muvofiq sub’ektning chop qilinayotgan hisoboti auditor xulosasi bilan tasdiqlanishi lozim. Buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risidagi Nizomga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to’g’riligi va ishonchliligini ta’minlash maqsadida mulk miqdorini to’g’ri aniqlash uchun sub’ektlar hisobot tuzishdan oldin asosiy vositalar, kapital qo’yilmalar, tugallanmagan ishlab chiqarish va kapital qurilishi, tovar moddiy qiymatliklari, pul mablag’lari, hisoblashishlar va balansning boshqa moddalarida ko’rsatiladigan mablag’ va manbalarni inventarizasiya qilishi shart. Ma’lum muddatga sub’ektda mavjud bo’lgan mablag’lar va ularning manbalari, haqiqatda sarflangan xarajatlar, ya’ni tugallanmagan ishlab chiqarishning qoldig’ini hisoblab aniqlash va hisob ma’lumotlari bilan taqqoslash inventarizasiya yordami bilan amalga oshiriladi. Inventarizasiyaning asosiy maqsadi sub’ektning balansida aks ettirilgan tovar-material qiymatliklari, kassa, bankdagi schyotlardagi pul mablag’lari, olinadigan schyotlar va majburiyatlar, kelgusi davr sarflari, jamg’armalar, Rеzеrvlar va boshqa moddalardagi summalarning haqiqiyligini aniqlashdir. 394 Inventarizasiya o’tkazishda quyidagi vazifalar qo’yiladi: sub’ektning mulki, moddiy qiymatliklari va kassadagi pul mablag’larining xaqiqiy holatini aniqlash; kassadagi pul mablag’larini hisobdagi pul mablag’lari bilan taqqoslash yo’li bilan sub’ekt mulkining mavjudligini nazorat qilish; sotish maqsadida zarur bo’lmagan va ortiqcha asosiy vositalar va moddiy qiymatliklarni aniqlash; moddiy qiymatliklar va pul mablag’larining saqlanishi, uy-joy fondidan foydalanish, garajlar va boshqa imorat va inshootlarni asrash qoidalariga rioya qilishni tekshirish; olinadigan schyotlar va majburiyatlar bo’yicha hisoblashishlar, ayniqsa gumonli qarzlar bo’yicha hisoblashishlarning holatini tekshirish. Inventarizasiya ob’ektini qamrashi bo’yicha ikki turda bo’ladi: to’liq inventarizasiya - sub’ekt resurslarining hamma turini o’z ichiga oladi; qisman inventarizasiya - sub’ekt resursining u yoki bu turini tekshirishi mumkin - moddiy qiymatliklar, yoki olinadigan yoki to’lanadigan qarzlar va hokazo. Inventarizasiya o’tkazilishini kutish nuqtai nazaridan: rejaga asosan - sub’ekt tomonidan ilgari tuzilgan rejaga asosan o’tkaziladigan inventarizasiya - yillik hisobotni va balansini tuzishdan oldin o’tkaziladigan inventarizasiya; rejadan tashqari (kutilmaganda, to’satdan) o’tkaziladigan inventarizasiya - shikoyat tushganda, javobgar shaxs almashganda va hokazo. Joriy yilda o’tkaziladigan inventarizasiyaning miqdori, tartibi, o’tkazish muddati, tekshiriladigan mulk va majburiyatning turlari sub’ekt tomonidan belgilanadi. Lekin quyidagi hollarda inventarizasiya o’tkazish shart: sub’ektning mulkini ijaraga berish, sotish yoki sub’ektni boshqa mulkchilik shakliga o’tkazish vaqtida; moddiy javobgar shaxs almashganda; o’g’irlik, suiste’mol qilish aniqlanganda, tabiiy ofat, yong’in va boshqa ekstremal sharoitlar natijasida mulklarga zarar etkazilganda; sub’ektni tugatganda yoki mulkchilik shakli o’zgarganda; Qonunda ko’rsatilgan boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda. Sub’ektning hisobotini tuzishdan oldin o’tkaziladigan invetarizasiya ishchi inventarizasiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi va unga 395 taftish komissiyasining a’zolari, buxgalteriya xodimlari va tegishli mutaxassislar jalb qilinadi. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yillik hisobot va balans tuzishdan oldin inventarizasiya o’tkazilishining quyidagi muddati tavsiya qilinadi: asosiy vositalar - yilda 1 marta, 1 oktyabrdan keyin; imorat, muqim turgan ob’ektlar - 2-3 yilda; kutubxona fondi - 5 yilda bir marotaba; kapital qo’yilmalar- yilda bir marta, 1 dekabrdan keyin; tugallanmagan ishlab chiqarish - 1 oktyabrdan keyin; asosiy vositalarning tugallanmagan ta’mirlashi, kelgusi davr sarflari, moddiy qiymatliklar, kam baholi va tez eskiruvchan buyumlar - yilda bir marta; o’stirishdagi va boquvdagi hayvonlar, parrandalar, quyonlar, boshqa hayvonlar, asalarilar va tajriba uchun boqilayotgan hayvonlar - kvartalda 1 marta; ombordagi tayyor mahsulotlar - yilda bir marta, 1 oktyabrdan keyin; omborda va bozordagi sanoat mollari - yilda bir marta; omborda va bozordagi oziq-ovqat mahsulotlari - yilda ikki marta; yonilg’i va moylash materiallari, ovqatlanish taomlari- har kvartalda; xom-ashyo va boshqa moddiy qiymatliklar - 1 oktyabrdan keyin; pul mablag’lari, pul xujjatlari, pul ekvivalentlari, qat’iy hisobot blankalari - har oyda; bank bilan hisoblashish - ko’chirma olish jarayonida; byudjet bilan hisoblashish - kvartalda bir marta; olinadigan schyotlar va majburiyatlar bo’yicha hisoblashish - yilda ikki marta; ishlab chiqarish bo’linmalari bilan hisoblashish - har oyning 1 kuniga; balansning boshqa moddalari - hisobot yilining keyingi oyining 1 kuniga. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda inventarizasiya natijalari bo’yicha ma’lumotlar quyidagi xujjatlarda qayd qilinadi: inv.1 shakli "Asosiy vositalarning inventarizasiya ro’yxati" asosiy vositalarning turgan joylari va javobgar shaxslar bo’yicha ro’yxatga qayd qilinadi. inv.2 shakli "Inventarizasiya yorlig’i" xom-ashyo, tayyor mahsulotlar, tovarlar, materiallar va boshqa moddiy qiymatliklar bo’yicha to’lg’aziladi. Ushbu shakl ma’lumotlariga asosan "Tovar-moddiy Rеzеrvlarining ro’yxati" inv.3 shakli to’lg’aziladi. 396 inv.3 shakli "Tovar-moddiy Rеzеrvlarining inventarizasiya ro’yxati" tovar-material qiymatliklarining saqlanish joylari va moddiy javobgar shaxslar bo’yicha qoldig’i aks ettiriladi; inv.4 shakli "Jo’natilgan tovarlarning dalolatnomasi"- to’lov muddati kelmagan va to’lov muddati o’tgan jo’natilgan tovarlar bo’yicha ayrim dalolatnoma to’lg’aziladi; inv.5 shakli "Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklarining inventarizasiya ro’yxati"- mas’ul saqlashga qabul qilingan TMZ qayd qilinadi; inv.6 shakli "Yo’ldagi tovar va materiallarning inventarizasiya dalolatnomasi"- inventarizasiya vaqtida yo’ldagi tovar va moddiy qiymatliklar to’g’risida ma’lumotlar qayd qilinadi; inv.4,5,6 shakllarining o’rniga tegishli jurnal-orderning tabulyagrammasi yoki jamg’arma qaydnomasi qo’llanilishi mumkin; inv.8 shakli "Qimmatbaho metallar va ulardan bo’lgan buyumlarning inventarizasiya ro’yxati"; inv.9 shakli "Qimmatbaho toshlar va javoxirlar va ulardan tayyorlangan buyumlarning inventarizasiya ro’yxati". Ushbu qimmatbaho metall, tosh va javohirlarning saqlanish va ishlatish joylari bo’yicha inventarizasiya ma’lumotlari yig’iladi: inv.10 shakli "Asosiy vositalarning tugallanmagan kapital ta’mirlashni inventarizasiya qilish dalolatnomasi". Tegishli ob’ektlarni kapital ta’mirlash xarajatlarini qayd qiladi; inv.11 shakli "Кelgusi davr sarflarining inventarizasiya dalolatnmoasi" tegishli schyotlarda qayd qilingan summalarni tekshirish yakunlari aks ettiriladi; inv.12 shakli "Savdo tashkilotlarida tovarlar, materiallar va idishlarning inventarizasiya ro’yxati"; inv.13 shakli "Savdo tashkilotlarida tovarlar, materiallar, idishlar va pul mablag’larining inventarizasiya ro’yxati". Ushbu ikki shakl yordamida savdo tashkilotlarida hisobga olingan ushbu qiymatliklarning haqiqiy mavjudligi javobgar shaxslar bo’yicha aniqlanib ikki nusxada tuziladi va 1-nusxasi javobgar shaxsga va 2-nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi; inv.14. shakli "Umumiy ovqatlanish korxonalarida mahsulot va yarim fabrikatlar qoldig’ining inventarizasiya ro’yxati"; inv.15 shakli "Pul mablag’larining mavjudligi bo’yicha inventarizasiya dalolatnomasi"- kassadagi naqd pullar, lotereyalar, chiptalar va shunga o’xshash qiymatliklarning haqiqiy mavjudligi qayd qilinadi; 397 inv.16 shakli "Qiymatliklar va qat’iy hisobot blankalarining inventarizasiya ro’yxati"; inv.17 shakli "Iste’molchi, mol etkazib beruvchi, debitor va kreditorlar bilan hisoblashishning inventarizasiya dalolatnomasi" (taqqoslash dalolatnomasi ham deyiladi); inv.18 shakli "Asosiy vositalarning inventarizasiya natijasini taqqoslash jamg’arma qaydnomasi"; inv.19 shakli "Tovar moddiy Rеzеrvlarining inventarizasiya natijalarini taqqoslash jamg’arma qaydnomasi"; inv.20 shakli "Savdo tashkilotlarida tovarlar, materiallar va idishlarning inventarizasiya natijasini taqqoslash jamg’arma qaydnomasi"; inv.21 shakli "Savdo tashkilotlarida tovarlar, materiallar, idishlar va pul mablag’larining inventarizasiya natijalarini taqqoslash jamg’arma qaydnomasi"; inv.18,19,20 va 21 shakllari tegishli inventarizasiya ro’yxatlarining ma’lumotlari bilan buxgalteriyadagi analitik hisob ma’lumotlari taqqoslanib ortiqcha yoki kam chiqqan moddiy qiymatliklar aniqlanadi. Inventarizasiya natijasida aniqlangan sub’ekt mulkining farqlari quyidagicha tartibga solinadi: ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar, pul mablag’lari va boshqa mulklarning qabul qilinishi va moliyaviy natijalarga yoki jamg’armalarning ko’paytirilishiga yozilishi lozim; qiymatliklarning belgilangan me’yor chegarasidagi kamayishi sub’ekt rahbarining buyrug’iga muvofiq xarajatlarga yoki sub’ektning zarariga olib borilishi zarur; moddiy qiymatliklarning me’yordan ortiqcha aniqlangan kamomad summasi javobgar shaxslar zimmasiga olib boriladi. Agarda javobgar shaxs aniqlanmasa yoki sud tomonidan e’tiroz bildirilsa ushbu kamomad summasi sub’ektning zarariga olib boriladi. Yillik hisobot munosabati bilan inventarizasiya komissiyasi tashkil qilinadi va bu komissiya inventarizasiya o’tkazish rejasini tuzadi. Ushbu rejaga asosan inventarizasiya natijasi markaziy inventarizasiya komissiyasi tomonidan ko’rilib tegishli qarorlar qabul qilinadi va ular bo’yicha bayonnomalar tuziladi: aniqlangan kamomadning miqdori va sababi va uni sub’ektning javobgarligiga qabul qilish yoki javobgar shaxsdan undirish; aniqlangan ortiqcha moddiy qiymatliklarni kirim qilish tartibi. Tuzilgan bayonnomalar aniqlangan kamomadning miqdori, sababi va uning hajmiga qarab sub’ektning rahbari tomonidan yoki ayrim hollarda 398 sub’ekt rahbarining iltimosnomasiga asosan tegishli qarorlar yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu tasdiqlangan bayonnomaga asosan buxgalteriya bu voqealarni tagishli schyotlarda qayd qiladi va inventarizasiya ma’lumotlari bilan joriy hisob ma’lumotlarining bir xilligini ta’minlaydi, ya’ni sub’ekt mulkining haqiqiy holatini yoritadi. Inventarizasiya o’tkazish natijalarini yoritishni chuqurroq o’rganish maqsadida bir nechta misol keltiramiz: a) asosiy vositalarni inventarizasiya qilish: Sub’ektning o’ziga tegishli asosiy vositalari bilan bir qatorda ijaraga olingan asosiy vositalari ham inventarizasiya ro’yxatida (ayrim ro’yxatda) qayd qilinib, buxgalteriyadagi analitik ma’lumotlari bilan taqqoslanadi va inventarizasiya natijalari yoritiladi va komissiyaning bayonnomasi tuzilib qaror qabul qilinadi: Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling