O bobojonov k. Jumaniyozov
Moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.3. Moliyaviy hisobotning oldiga qo’yilgan talablar.
10.2. Moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar.
Hisobotdan tashqi foydalanuvchilar ushbu ma’lumotlarni chuqur va har tomonlama o’rganib quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladilar: u yoki bu sub’ekt bilan ish yuritish lozimligi va shart-sharoitlarni belgilash; 390 ishonchsiz shaxslarga qarz berish yoki bermaslik; u yoki bu sub’ektning aktivini sotib olishning maqsadga muvofiqligi; iste’molchi va buyurtmachilar bilan munosabatni to’g’ri o’rnatish; kelgusida aloqa qiladigan sub’ektlarning moliyaviy ahvolini baholash; ishni boshlash va yuritish jarayonida ba’zi bir tavakkalchilikni hisobga olish. Davriy va yillik hisobotlar asosan yuqori tashkilot, soliq muassasasi, bank, statistika muassasalariga taqdim qilinadi. Ayrim hollarda ta’minotchilarga, manfaatdor va qiziquvchi shaxslarga hisobot ma’lumotlari ham beriladi. 10.3. Moliyaviy hisobotning oldiga qo’yilgan talablar. Кorxona, tashkilot va muassasalarda yillik hisobot tuzilayotganda buxgalteriya hisobini yuritishning quyidagi shartlariga amal qilish lozim: joriy yil davomida ayrim xo’jalik muomalalarini qayd qilish va Qonunda ko’rsatilgan tartibda sub’ektning mulkini baholash tartibini belgilovchi qabul qilingan hisob siyosatiga amal qilish; Agarda hisob siyosati o’zgartirilsa ushbu o’zgarish yillik hisobotga ilova sifatida beriladi. joriy yilda amalga oshirilgan xo’jalik muomalalarini to’liq aks ettirishi va mulk va majburiyatlarining inventarizasiya ma’lumotlarini to’g’ri va to’liq yuritish; buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi, tegishli Standartlarga asosan va buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risidagi Nizomga muvofiq daromad va sarflarni joriy yilda to’g’ri hisobga olib borish; hisobni tashkil qilishda ishlab chiqarish va muomala bo’yicha joriy xarajatlarni va kapital qo’yilma xarajatlarini ajratgan holda hisobga olish; yillik inventarizasiya o’tkazish vaqtiga analitik hisob ma’lumotlarining sintetik hisob ma’lumotiga to’g’ri kelishi. Shunday qilib, yillik hisobot tuzishdan oldin o’tgan yilda sodir bo’lgan hamma xo’jalik muomalalari buxgalteriya hisobining schyotlarida qayd qilingan bo’lishi lozim. Shu bilan bir qatorda buxgalteriya hisobining ma’lumotlari to’liq va to’g’ri bo’lishi bilan yillik hisobot va boshqa joriy hisobot shakllarini chuqur va haqqoniy yuritib borish imkoniyatiga to’la ega bo’la olmaydi. Chunki sub’ekt mulkining va majburiyatlarining hajmi va holati tekshirilib hisobotga o’zgartirishlar kiritiladi. 391 Hisobotning ishonchli bo’lishining asosiy sharti joriy yil ma’lumotlarini o’tgan yil ma’lumotlari bilan taqqoslash imkoniyatini yaratishdir. Hisobotdagi ma’lumotlar o’chirilishi yoki o’zgartirilishi mumkin emas, agarda o’zgartirilish kiritilsa yoki xato yozuvlar to’g’rilansa hisobotga imzo qo’ygan javobgar shaxslar kiritilgan o’zgarishlarni imzosi bilan tasdiqlashi shart. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling