O bobojonov k. Jumaniyozov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo’jalik muomalalari Debe t Кredit
Xo’jalik muomalalari
Debe t Кredit a) Hisobga olinmagan ob’ekt (kompyuter) aniqlanib kirim qilindi: - balans qiymatiga 0150 9390 - aniqlangan eskirishikirish summasiga 9390 0250 - Кamomad hisoblangan asosiy vosita (mebel) hisobdan chiqarildi - balans qiymatiga 9210 0140 - eskirish summasiga 0240 9210 - qoldiq qiymati javobgar shaxsning zimmasiga yuklangan summaga 4730 9210 - ushbu ob’ekt bo’yicha javobgar shaxs aniqlanmasa, qoldiq qiymatiga 9433 9210 b) Tovar-moddiy Rеzеrvlarining inventarizasiya natijalarini aks ettirish: - sub’ektning omboridagi xom-ashyoning ortiqchasi aniqlandi 1010 9390 - hisobga olinmagan vaqtincha qurilgan (titulsiz) inshoat kirim qilindi 1080 9390 - Omborxonalarda moddiy qiymatlik (material)larning kamomadi aniqlandi va xaqiqiy tannarxda aks ettirildi (javobgar shaxs aniqlanmagan) 9433 1010 - Кamomadi aniqlangan moddiy qiymatliklar (neft 399 Xo’jalik muomalalari Debe t Кredit mahsulotlari) hisobdan chiqarildi: - javobgar shaxslar zimmasiga yuklatildi 4730 1030 - xaqiqiy tannarxi bilan chakana bahosi o’rtasidagi farq summasiga 4730 9390 - tabiiy me’yorda kamayish summasiga 9430 4730 - tabiiy me’yordan ortiqcha kamayishi summasiga, agarda javobgar shaxs aniqlanmasa yoki undirib olish sud tomonidan inkor qilinsa 4730 9430 1030 1030 - tugallanmagan ishlab chiqarishdagi ortiqcha sarf xaqiqiy tannarxda kirim qilindi 2010 1010 - tugallanmagan ishlab chiqarishdagi kamomad summasi xaqiqiy tannarxda aks ettirildi 9430 2010 v) Tayyor mahsulotlarning inventarizasiya natijalari: - omborxonadagi tayyor mahsulotlarning aniqlangan ortiqcha qismi kirim qilindi 2810 9390 - omborxonalardagi tayyor mahsulotlarning kamomadi aniqlandi va javobgar shaxsning zimmasiga olib borildi 4730 2810 g) Pul mablag’larining inventarizasiya natijalari: - kassada milliy valyutadagi naqd pullarning ortiqcha qismi kirim qilindi 5010 9390 - kassada milliy valyutadagi pullarning kamomadi aniqlandi va kassirning zimmasiga olib borildi 4730 5010 Debitor (olinadigan schyotlar) va kreditorlar (qarz majburiyatlari bo’yicha) bilan hisoblashishlarni inventarizasiya qilishda hisoblash jarayonining holati tegishli korxona, tashkilot va jismoniy shaxslar bo’yicha ayrim olgan holda taqqoslanadi. Buning uchun har bir debitor yoki kreditorga xat jo’natiladi yoki sub’ektning buxgalteri xizmat safariga jo’natilib taqqoslash dalolatnomasi tuziladi. Inventarizasiya jarayonida muddati o’tgan debitor qarzlarga alohida e’tibor berish va ularni undirib olish imkoniyatini topishi zarur. Shu bilan bir qatorda shubhali qarzlar bo’yicha ushbu summalarning miqdoriga Rеzеrv yaratiladi. Debet 8910-"Кelgusi sarflar va to’lovlarning Rеzеrvsi" va Кredit 4910-"Shubxali qarzlar bo’yicha Rеzеrvlar" schyotlari. Ushbu shubxali debitor qarzlar bo’yicha ayrim ro’yxat qilinib, har bir debitor qatoriga ishonchsizlik sababi (sub’ekt tugatilgan, qarzni inobatga olgan sub’ekt yo’q, debitor 400 qarzini bo’yniga olmaydi va hokazo) ko’rsatiladi. Markaziy inventarizasiya komissiyasining qaroriga asosan va sub’ekt rahbarining buyrug’iga muvofiq shubxali qarzlarning Rеzеrvsi hisobiga qoplanadi. Debet 4910-"Shubxali qarzlar bo’yicha Rеzеrvlar" schyoti va kredit 4890-"Boshqa shaxslarning qarzi" schyoti va ushbu qarz summasi balansdan tashqaridagi schyotda 5 yilgacha hisobga olib boriladi, debet 007-"To’lov qobiliyatini yo’qotgan debitor qarzlarning zararga o’tkazilishi" schyoti. Xulosa qilib aytganda inventarizasiya hisobot tuzishga tayyorlanish va uni boshlashning birinchi bosqichi hisoblanib sub’ekt mulkining belgilangan vaqtidagi haqiqiy holatini ko’rsatishda asos bo’ladi va quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: inventarizasiya ob’ektini belgilash; inventarizasiya uslubini belgilash; inventarizasiya natijalarini qayd qilish; inventarizasiya komissiyalarining taklifiga muvofiq markaziy komissyaining qarori va uning sub’ekt rahbari tomonidan tasdiqlanishi; ushbu qarorga muvofiq inventarizasiya natijalarini tegishli registrlar va schyotlarda qayd kilish. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling