O bobojonov k. Jumaniyozov
Moliyaviy hisobotni tuzish bo’yicha tashkiliy–tayyorgarlik
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
10.6. Moliyaviy hisobotni tuzish bo’yicha tashkiliy–tayyorgarlik
ishlari. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda kvartal va yillik hisobotlarni o’z vaqtida tuzish va topshirish maqsadida buxgalteriya apparatining bajaradigan ishlari va bajarish vaqti ko’rsatilgan umumiy ish grafigi tuziladi. Ushbu tasliqlangan grafikka asosan buxgalteriya xodimlari quyidagi ishlarni bajaradilar: jurnal-orderlardagi summalarni jamlaydilar; zaruriyat tug’ilganda summalarni bir registrdan ikkinchi registrga yozadilar; schyotlar korresopndensiyasidagi summalarni o’zaro taqqoslaydilar. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida muomala summalarini o’tkazish va hisob registrlarini yopish tartibi quyidagicha: rasshifrovka varaqlaridagi debet va kredit tomoni bo’yicha jamlanma summalari jurnal-order va qaydnomalarga o’tkaziladi va yanglishib ketmaslik maqsadida ushbu summalarga belgi qo’yib boriladi: masalan, 1- qaydnomadagi 5000-"Кassadagi pul mablag’lari" va 2-qaydnomadagi 5110-"Hisob-kitob schyotining" debetidagi jamlanma summalar 3, 10/1, 13 va boshqa tegishli jurnal-orderlariga o’tkaziladi; 401 7,12,14,15,16,17 analitik hisob qaydnomalari va boshqa tegishli qaydnomalarning summalari jamlanadi va ushbu summalar tegishli jurnal- orderlarga o’tkaziladi; tegishli jurnal-orderlardagi schyotlarning kreditidagi summalar jamlanadi. Agarda jurnal-orderda schyotlar bo’yicha analitik ma’lumotlar bo’lsa summalar hisoblanib kelgusi oyga qoldiq aniqlanadi va aloqada bo’lgan registrlardagi jamlangan summalar taqqoslanadi. Misol: 1-jurnal-orderdagi 5110 schyotning debeti va 5110 schyotning krediti o’zaro aloqa qiladigan ustundagi summalarning jami ushbu summalarni ko’rsatadigan 2-qaydnomadagi schyotlarning summasi bilan taqqoslanadi. Shunga o’xshash taqqoslashlar hamma jurnal-orderlar bo’yicha o’tkazilib bo’lgandan keyingina ushbu summalar bosh daftarga ko’chiriladi va ushbu summalar bosh daftarga o’tkazilgandan keyin jurnal- orderlarga belgi qo’yib chiqiladi. O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonuniga" asosan va 1997 yil 15 fevraldagi Moliya vazirligining 5-son buyrug’iga muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rnatilgan muddatlarda va tegishli adreslarga quyidagi shakl va hajmda chorak va yillik moliyaviy hisobotlar topshiradilar. Chet el investisiyasi ishtirokida tashkil qilingan qo’shma korxonalar faqat yillik hisobot topshiradilar: a) yillik hisobot quyidagi shakllarning majmuasidan tashkil topadi: buxgalteriya balansi - 1 shakl; moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot - 2 shakl; debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumotnoma - 2a shakl; asosiy vositalarning harakati to’g’risida hisobot - 3 shakl; pul oqimlari to’g’risida hisobot - 4 shakl; xususiy kapital to’g’risida hisobot - 5 shakl; tushintirish xati. v) yarim yillik hisobot quyidagi hisobot shakllarini o’z ichiga qamrab oladi: buxgalteriya balansi - 1 shakl; moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot - 2 shakl; pul oqimlari to’g’risida hisobot - 4 shakl; debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma - 2a shakl. s) choraklik (uch oylik) hisobot quyidagi shakllardan tashkil topadi: buxgalteriya balansi - 1 shakl; 402 moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot - 2 shakl; debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumotnoma - 2a shakl. Yillik moliyaviy hisobotga, sub’ekt faoliyatining hisobot yilidagi yakuniy natijalariga ta’sir etuvchi asosiy omillar, sub’ektning yillik moliyaviy hisoboti va sof foydani taqsimlash bo’yicha qabul qilingan aksiyadorlar yig’ilishining qarorlari, moliyaviy hisobotning tekshirilganligi to’g’risidagi auditorlik xulosalari ilova qilinadi. Agar kirish balansi yil boshiga o’zgartirilgan bo’lsa, u holda hisobotga ilova qilingan tushuntirish xatida o’zgartirish sabablari tushuntiriladi. Shuningdek, unda qabul qilingan va keyingi yilga qabul qilinishi kerak bo’lgan hisob siyosati (agar u hisobot yilidagi qabul qilingandan farq qilsa) keltiriladi. Moliyaviy hisobot shakllaridagi ko’zda tutilgan hamma ko’rsatkichlar keltiriladi. U yoki bu modda (satr, ustun) to’ldirilmagan hollarda, ya’ni sub’ektning kerakli aktivlari, passivlari, jarayonlari bo’lmaganda, o’sha moddalar (satrlar, ustunlar) chizib qo’yiladi. Shaklning muqova qismi quyidagi tartibda to’ldiriladi. Zaruriy qism "Xo’jalik yurituvchi sub’ekt"da - korxonaning (belgilangan tartibda ro’yxatga olingan ta’sis xujjatlariga binoan) to’liq nomi va uning kodi OКPOga muvofiq ko’rsatiladi. Zaruriy qism "Tarmoq (faoliyat turi)"da - tarmoq (faoliyat turi) va uning kodi OКONXga muvofiq ko’rsatiladi. Zaruriy qism "Davlat mulkini boshqarish organi"da- davlat yoki hududiy (agar shunday sub’ekt mavjud bo’lsa) sub’ekt ustidan boshqaruv huquqiga ega bo’lgan va moliyaviy hisobot yuboriladigan organning nomi ko’rsatiladi. Zaruriy qism "Manzili"da - sub’ektning aloqa uchun to’liq manzili ko’rsatiladi. Zaruriy qism "Nazoratdagi miqdor" - sub’ekt tomonidan to’lg’azilmaydi. Yil (chorak)lik hisobot tuzishda sub’ektning egasi va davlatning manfaatlariga rioya etish, investorlar, kreditorlar, aksiyadorlar, soliq nozirliklari, ta’sischilar, bank muassasalari, xalqaro standartlarning talablarini hisobga olish va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining amaldagi Farmonlaridan, O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi" Qonunidan, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlaridan, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1995 yil 4 apreldagi 17-02/28-sonli xatidan, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik 403 Кodeksidan, hamda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishga taalluqli barcha amaldagi yo’riqnomalardan foydalanish zarur. Кorxona, ishlab chiqarish birlashmasi va tashkilot o’zining barcha bulinmalarining moliyaviy-xo’jalik faoliyatining ko’rsatkichlarini hisobot shakllarining ma’lumotlariga kiritishi shart. Moliyaviy hisobot tuzishda hisobot davrining eng oxirgi kalendar kuni hisobot tuzish kuni hisoblanadi. Tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan, mulkchilikning davlat shaklini jamoa shakliga o’zgartirgan sub’ekt hisobot davrida yil boshlanganidan to tugatilgan (qayta tashkil qilingan) davrigacha hisobot berishning amaldagi shakllari bo’yicha hisobot topshiradi. Yangidan tashkil etilgan sub’ektlar o’z mablag’lari va ularning manbalarini (sotib olish, qabul qilish qiymatida) hisobotda, ularni belgilangan tartibda ro’yxatga olingan oyning 1 kunidan boshlab hisobot yilining 31 dekabriga, hisobot yilining 1 oktyabrdan keyin tashkil qilingan sub’ektlar esa, davlat tomonidan ro’yxatga olingan kunidan boshlab hisobot yilidan keyingi yilning 31 dekabriga ko’rsatadilar. Sub’ekt balansining moddalari to’liq o’tkazilgan aktivlar va passivlar inventarizasiya (yo’qlama)sining ma’lumotlariga asoslangan bo’lishi kerak. Buning uchun, yillik hisobotni taqdim etishga qadar, amaldagi doimiy inventarizasiya komissiyasining a’zolari tomonidan inventarizasiya natijasida aniqlangan moddiy boyliklarning haqiqiy miqdori bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o’rtasidagi farqlar to’g’rilanishi lozim. Shuningdek, debitor va kreditor qarzlari ham taqqoslash dalolatnomasi o’zaro tasdiqlangan hisoblashish jarayonidagi qoldiqlari rasmiylashtirilgan xatlar asosida inventarizasiya o’tkazilgan bo’lishi kerak. Yillik hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida, o’tkazilgan inventarizasiyalarning soni va natijalari shuningdek, inventarizasiya muddati o’tkazilgan inventarizasiyalarning soni va natijalari shuningdek, inventarizasiya o’tkazilmagan bo’lsa, uning sabablari aks ettirilishi shart. Balans moddalarining miqdori moliya, soliq organlari va bank muassasalarining hisoblari bilan taqqoslangan va aynan bir xil bo’lishi shart. Ushbu hisoblashishlar bo’yicha noaniq miqdorlarni balansda qoldirishga yo’l qo’yilmaydi. Moliyaviy hisobotning tegishli shakllarida birorta o’chirish yoki chizib to’g’rilash bo’lmasligi kerak. Agar shunday hollarga yo’l qo’yilsa, xato tuzatilgan sana ko’rsatilgan holda hisobotning ushbu shakllariga mas’ul shaxslar imzo chekib tasdiqlangan va ushbu shaxslarning tegishli izohlari bo’lishi shart. 404 Joriy yil hisoboti (u tasdiqlangandan so’ng) ma’lumotlarining ham, joriy hisobot ma’lumotlarining ham noto’g’riligi e’tirof etilsa, bu narsa joriy hisobotda (xatoga qaysi davrda yo’l qo’yilgan bo’lsa o’sha davr hisobiga, chorak, yil boshidan) to’g’rilanadi. Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish mobaynida ishlab chiqarish xarajatlariga, unga bog’liq bo’lmagan xarajatlarni qo’shish natijasida daromadning yashirilganligi yoki moliyaviy natijaning kamaytirilganligi aniqlangan hollarda, joriy yilgi buxgalteriya hisobi va hisobotiga o’zgartirish kiritilmasdan, balki hisobot davrida aniqlangan joriy yil foydasi ko’rinishida hisobotda aks ettiriladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling