O bobojonov k. Jumaniyozov


-«Kеlgusi xarajatlar va to’lovlar, rеzеrvlarini hisobga oluvchi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/214
Sana30.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1141055
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   214
Bog'liq
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

8900-«Kеlgusi xarajatlar va to’lovlar, rеzеrvlarini hisobga oluvchi 
schyotlar» bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari
Т/
r
Xo’jalik muomalalarining 
mazmuni
Schyotlarning 
bog’lanishi
Dеbеt
Krеdit
1
Kеlgusi xarajatlar va to’lovlarning 
rеzеrvlari tashkil qilindi
Xarajatla
rni 
hisobga 
oluvchi 
schyotlar
8910
2
Korxonaning ishlab chiqarish 
sеxlari va xizmat ko’rsatuvchi 
xo’jaliklar tomonidan asosiy 
vositalarni ta'mirlash uchun va 
Boshqa bajarilgan ishlar, 
xizmatlar qiymati hisobga olindi
8910
2010, 
2310,
2510, 
2710
3 hisoblangan kеlgusi xarajatlar 
8910
9390
380


Rеzеrvlarining foydalanilmay 
qolgan sumasi korxona 
daromadiga qo’shildi
9.9. Moliyaviy natijalar, ularning ahamiyati va aniqlash tartibi.
O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiga o’tishi iqtisodiyotdagi 
siyosatni tubdan o’zgartirishga va uning asosiy qismlaridan biri bo’lgan, 
ya’ni iqtisodiy axborotlar bilan ta’minlovchi buxgalteriya hisobi va 
moliyaviy hisobotning tutgan o’rnini tubdan kengaytirishga olib kelmoqda. 
Chunki ilgari – sobiq ittifoq davrida moliyaviy hisobot tizimi asosan 
hukumatning rejasi va qarorlarini bajarishga yo’naltirilgan bo’lsa, hozirgi 
davrga kelib tegishli sub’ektning xo’jalik yuritish faoliyati bilan qiziquvchi 
shaxslarni zarur va ishonchli axborotlar bilan ta’minlash uning asosiy 
vazifasiga aylandi. Chunki ushbu shaxslarni asosan tegishli korxona va 
firmalarning moliyaviy holati, raqobatbardoshligi qiziqtiradi, chunki ularning 
sarmoyalari qisman sub’ektning faoliyatida qatnashmoqda yoki kelgusida 
sarmoya qo’yish niyatlari bor. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni o’z faoliyatining yakuniy natijasi 
o’laroq moliyaviy natijalar (foyda oladilar yoki zarar ko’radilar) 
qiziqtiradi.
Moliyaviy natijalar - tegishli hisobot davrida sub’ektning moliyaviy - 
xo’jalik faoliyatining natijasi bo’lmish olingan foyda yoki ko’rilgan 
zarardir. Ushbu natijalar bo’yicha ma’lumotlar o’z vaqtida va to’liq 
ravishda tegishli xujjatlarda qayd qilinishi, umumlashtirilishi zarur. 
Shuning uchun ham moliyaviy natijalarning hisobi xo’jalik faoliyati 
to’g’risida olinadigan ma’lumotlarning muhim manbai hisoblanadi. Ushbu 
sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarga 
qiziquvchilarni ularning ushbu ma’lumotlardan foydalanish nuqtai 
nazaridan 2ta guruhga - ichki va tashqi foydalanuvchilar guruhida bo’lish 
mumkin. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatini boshqarish jarayonida tezkor 
qarorlar qabul qilish uchun zarur ma’lumotlarga zaruriyat tug’iladi, ya’ni 
sub’ektning boshqaruv xodimlari - ustadan to bosh direktorgacha 
(direktorlar kengashining raisi) ishlab chiqarish yoki moliyaviy 
xususiyatga ega bo’lgan qarorlarni qabul qilish uchun ular sub’ektning 
faoliyati bo’yicha tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlanishi lozim. Ushbu 
yuqoridagi xususiyatga ega bo’lgan iste’molchilar ichki ya’ni sub’ektning 
ichidagi iste’molchilar deyiladi. 
381


Bundan tashqari moliyaviy hisobotning ma’lumotlari bilan tashqi 
shaxslar (sub’ektdan tashqaridagi) ham qiziqadilar, chunki ular sub’ekt 
faoliyatining natijasi bilan manfaatdor yoki shunday qarorni qabul 
qilmoqchi. Ushbu axborotning iste’molchilari ikki guruhga bo’linadi, ya’ni 
moliyaviy natijalarga bevosita qiziqqan va moliyaviy natijalar 
ma’lumotiga bilvosita qiziqayotgan shaxslar. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari 
ma’lumotlariga bevosita qiziqqan shaxslar bular sub’ekt mulkining egalari, 
investorlar, ta’sischilar va uning faoliyati bilan o’zlarining faoliyatini 
bevosita bog’lagan boshqa yuridik va jismoniy shaxslardir. Chunki 
ularning faoliyati sub’ektning faoliyati bilan chambarchas bog’langandir 
va ushbu natijalar bilan iqtisodiy jihatdan manfaatdor bo’ladilar. Bu 
shaxslar qatoriga asosan sub’ektning manzilidan tashqarida joylashgan 
quyidagi yuridik va jismoniy shaxslar kiradilar: 
mol etkazib beruvchilar - bergan xom ashyo va materiallarining 
qiymatini o’z vaqtida olib turishi uchun;
kreditorlar - yuridik va jismoniy shaxslar qarzga bergan 
mablag’larini o’z vaqtida qaytrib olishga ishonch hosil qilishi uchun;
investorlar - qo’yilgan kapital mablag’larining butligiga ishonch hosil 
qilish va dividendlar olib turish uchun;
ta’sischilar va aksiyadorlar - qo’shgan ulushlari va aksiya 
qiymatlarining butligi va nominal qiymatining saqlanib qolishi, ushbu 
ulushlari va aksiyalari uchun tegishli dividend va foizlarni o’z vaqtida olib 
turish uchun;
soliq organlari - davlat byudjetiga tegishli soliqlarning to’g’ri 
hisoblanishi va ushbu summalarning o’z vaqtida tushib turishi uchun.
Ikkinchi guruhga taalluqli yuridik shaxslar sub’ektning faoliyati bilan 
qiziquvchilar, ya’ni kelgusida shu sub’ektning faoliyatiga o’zining ulushini 
qo’shmoqchi yoki shu sub’ektning aksiyalarini sotib olishga qiziquvchi 
yuridik va jismoniy shaxslar, bundan tashqari 1-guruhning foydasini 
himoya qiluvchi shaxslar - auditorlik xizmati, moliyaviy masalalar 
bo’yicha maslahatchilar, kontrakt shartlarini bajarishga baho berish 
hollarini va qonun xujjatlarining talablariga rioya qilish va foyda hamda 
dividendlarni to’lash tartiblari bilan qiziquvchi shaxslardir. 
Ushbu zaruriyatlardan kelib chiqqan holda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
ikki xil hisobot tuzishga majbur bo’ladilar:
Birinchisi ichki foydalanuvchilar uchun, ya’ni xo’jalik faoliyatining 
natijalarini to’liq, chuqur va har tomonlama yorituvchi - xo’jalik rahbarlari 
382


va xodimlari uchun sub’ektni boshqarish va faoliyatiga odil baho berish 
uchun zarur bo’lgan ichki hisobot - boshqaruv hisoboti.
Ikkinchisi tashqi foydalanuvchilar, ta’sischilar, investorlar, soliq 
muassasalari, mol etkazib beruvchilar va boshqa qiziquvchilar uchun tegishli 
ma’lumotlarni yig’ib bir tizimga solgan holda moliyaviy hisob ma’lumotlariga 
asoslangan moliyaviy hisobotdir. 
Moliyaviy hisob yordamida yig’ilayotgan axborotlar bir xil ko’rinishda 
bo’lishi shart, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik faoliyatida 
qatnashayotgan yoki uning faoliyatiga qiziqayotgan yuridik va jismoniy 
shaxslar ma’lumotlarni to’g’ri va to’liq tushunishi lozim. Shuning uchun 
ham ushbu axborotlarni yig’ish va bir tizimga keltirishda uning oldida 
nimalarni yig’ish va ularni qanday tartibda yoritish masalasi ko’ndalang 
turadi. Ushbu muomalalarga to’liq, har tomonlama va chuqur javob berish 
maqsadida buxgalteriya hisobining milliy standartlariga, Soliq kodeksi va 
boshqa me’yoriy xujjatlarning talabiga to’liq javob beradigan yangi 
«Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining 
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi 
yangi Nizom ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 
54-son qarori bilan tasdiqlandi. Mazkur Nizomda xarajatlarni 
guruhlashtirish va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibidan to’liq, 
tushunarli yoritilganki, bu o’z navbatida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
uchun tegishli hisobot davrida jami ishlab chiqarish xarajatlari va olingan 
daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z vaqtida va to’liq yig’ish, ishlov 
berish tizimi va usullarini ishlab chiqish imkoniyatini bersa, ikkinchi 
tomondan tegishli soliq qonunlari va me’yoriy xujjatlari talabiga javob 
beradigan moliyaviy hisobot tizimi imkoniyatini yaratdi. Shuni ta’kidlash 
lozimki, ushbu Nizom tegishli halqaro standartlarga va ES ning 4.7 
qaroriga asosan hamda O’zbekiston Respublikasining xususiyatlari 
inobatga olingan holda yaratilgan.
Ushbu Nizomga muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati 
yuzasidan ko’rilgan moliyaviy natijalar quyidagi ko’rsatkichlar bilan 
tavsiflanadi:

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling