O bobojonov k. Jumaniyozov
Sof foyda xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladigan
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
5. Sof foyda xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladigan foyda
bo’lib u soliq to’lagunga qadar hisoblangan umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda summasidan «Soliq kodeksi»da ko’rsatilgan daromad (foyda) va boshqa soliqlar, to’lovlar summasi chegirilib olingan hosiladir. SF = STf-(DS+BS)., bunda: SF-sub’ekt ixtiyorida qoldiriladigan sof foyda (taqsimlaniladigan foyda); DS-daromad (foyda) solig’i; BS-boshqa soliqlar va majburiy to’lovlar. Yuqorida biz sub’ektlar o’zining faoliyati natijasida oladigan har xil daromad (foyda)larning turlarini tavsifladik. Lekin, shu bilan bir qatorda ushbu sub’ektlar zarar ham ko’rishi mumkin. Ushbu holatlarni chuqur va har tomonlama yoritish maqsadida Nizomda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ushbu jarayon natijasida oladigan daromadlar va sarflanadigan 384 xarajatlarini ham ko’rsatish tavsiya qilingan. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xo’jalik faoliyati natijasida oladigan daromadlarini hisobotga quyidagi bo’limlar bo’yicha kiritish lozim: mahsulot sotishdan olingan daromad; asosiy faoliyati bo’yicha (muomala daromadlari) olingan daromadlar; moliyaviy faoliyatidan olingan daromadlar; favqulodda olingan daromadlar. Sub’ektning ushbu xo’jalik faoliyati jarayonida sarflangan xarajatlari ham quyidagicha guruhlashtiriladi: mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar; davr xarajatlari; moliyaviy faoliyati bo’yicha sarflar; favqulodda zaralar. Buxgalteriya hisobining schyotlari rejasiga muvofiq sub’ektning xo’jalik faoliyati natijalarini umumlashtirish uchun ya’ni foyda va zararlar haqida ma’lumotlarni aks ettirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 1998 yil 26 avgustdan «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot» nomli buxgalteriya hisobining milliy standartini qabul qilish natijasida moliyaviy natijalar to’g’risida hisobotni tuzishda bir qancha o’zgarish va qo’shimchalar kiritildi. Ushbu standartga muvofiq moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot bir nechta bo’limlardan tashkil topgan: mahsulot (ish, xizmat)larni realizasiya qilish natijasi; muomala faoliyatining natijasi; moliyaviy faoliyatining natijasi; umumxo’jalik faoliyatining natijasi; favqulodda olingan foydalar va ko’rilgan zararlar. Hisobot davrida sof foyda xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatiga baho beradigan muhim ko’rsatkichdir. Chunki ushbu ko’rsatkich xo’jalik yurituvchi sub’ektning menejeri va tashqi foydalanuvchilarning diqqat e’tiborida bo’ladi. Ushbu ko’rsatkich moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning yakunlovchi va jamlovchi ko’rsatkichi hisoblanadi. Joriy hisobot yilida olingan sof foydaning qanday tartibda kelishi va hisoblanishi tegishli standartda aniq va to’liq yoritilgan. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning yangi shaklini ilgarigi shakliga nisbatan o’zgarishiga quyidagi shart-sharoitlar o’z ta’sirini o’tkazadi: bozor iqtisodi sharoitida moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning yangi turlarining paydo bo’lishi, eng avvalo aksiyadorlar, va boshqa investorlar; 385 xo’jalik yurituvchi sub’ekt menejerlarining axborotlarga bo’lgan yangi talablarining tug’ilishi; moliya bozorining asosiy talablariga va sub’ektni boshqarish zaruriyati talabalariga javob beradigan moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot tarkibini aniq ishlab chiqish zaruriyatining tug’ilishi va hokazolar. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning yangi shaklini joriy qilish natijasida quyidagi muhim o’zgarishlar kiritildi: realizasiya qilingan mahsulot (ish, xizmat)ning tannarxiga faqatgina ushbu mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar qo’shiladi, boshqa xarajatlar davr xarajatlari sifatida muomala sarflarining moddalari bo’yicha aks ettiriladi; ilgarigi xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoldirilgan foyda hisobidan qoplanadigan xarajat moddalari hozirda sub’ektning soliqqa tortiladigan asos summasidan chegirilmaydigan xarajatlar moddasi deb qaraladi (qonun xujjatlarida ko’rsatilgan, xodimlarga o’rnatilgan me’yordan ortiqcha to’langan to’lovlar, moddiy qiymatliklarning tabiiy kamayish me’yoridan ortiqcha buzilishi va kamayishi va belgilangan me’yoridan ortiqcha boshqa to’lovlar). Sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyatiga baho berish va yakuniy moliyaviy natijani aniqlash uchun 9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar" schyoti qo’llaniladi. Ushbu schyotda xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijasi olingan jamiki daromadlar va sarflarni taqqoslash natijasida qoldiq sifatida aks ettiriladi. Ushbu schyotning debet tomonida hamma sarflar va zararlar, kredit tomonida esa jamiki olingan daromadlar va foydalar qayd qilinadi. Natijada kredit tomonida qoldiq qolsa, sub’ekt foyda olgan, debet tomonida saldo qolsa sub’ekt hisobot davrini zarar bilan yakunlagan hisoblanadi. Ushbu sintetik schyotda hisobot davrining boshidan oxirigacha olingan daromadlar va foydalar, ko’rilgan zararlar, ya’ni 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyoti daromadlar olish, yoki zarar ko’rish jarayonining harakatini yoritadi. 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» sintetik schyoti: - buxgalteriya balansida tenglashtiruvchi rolni bajaradi; - daromadlar va sarflar to’g’risida ma’lumot beradi; - mulk egalari o’rtasida olingan daromadlarni taqsimlash masalasini echadi; - olinadigan dividend darajasini aniqlaydi; daromadlar va sarflarning darajasi to’g’risida aniq ma’lumotlar beradi; samaradorlik (rentabellik) ko’rsatkichlari bo’yicha umumlashtirilgan va soddalashtirilgan ma’lumotlarni olishga yordam beradi; 386 ushbu moliyaviy natijalarning darajasini, egallash darajasini, egallash omillarini ko’rsatadi; xo’jalik yurituvchi sub’ektning daromadi va sarflarining barqarorligini yoritadi va hokazo. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling