O bobojonov k. Jumaniyozov
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zini-o’zi nazorat va muhokama qilish uchun savollar
- 10-BOB. MOLIYAVIY (BUXGALTERIYA) HISOBOT 10.1. Moliyaviy hisobotning moxiyati va ahamiyati.
Tayanch iboralar.
Aktiv, akkreditiv, asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati, barter, baho, birja, birja bahosi, debet, debitorlik qarzlari, debitorlar, kassa limiti, kreditorlik qarzlari, lizing, lisenziya, lisenziya kelishuvi, lifo, makler, materiallar, marja, marketing, mrkazlashgan buxgalteriya, menejment, menejer, mehnat birjasi, mhnat haqi, monopoliya, nominal, xalk xujaligidagi hisob turlari, shaxmat yozuvi, shartnoma, eksport, emissiya, extiyot qismlar, yuridik shaxs, yaroqsiz maxsulot, qarzlar, hisob siyosati, hisob-kitob hisobi, hisob to’lov qaydnomasi (vedomosti), xujjat, xujjatlarning aylanishi. O’zini-o’zi nazorat va muhokama qilish uchun savollar 1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning xususiy kapitali, uning ahamiyati va tarkibini eriting. 2. Ustav kapitali va uni hisobga olish tartibini tasniflang. 3. Qo’shilgan kapitalning tarkibi va uning hisobini eriting. 4. Rеzеrv kapitali, uning yaratilishi va hisobining yuritilishini tasniflang. 5. Xususiy aksiyalarining sotib olishining hisobini yuritishni tesniflang. 6. Sub’ektning olgan foydasi, uning ahamiyati va kelish yo’llari nimalardan iborat? 7. Taqsimlanmagan foydani aniqlash va uni taqsimlashni hisobga olishni eriting. 8. Grantlar, subsidiyalar, beminnat erdamlar va ularni hisobga olish nimalardan iborat? 9. Кelgusi sarflar, to’lovlar, ularni yaratish va hisobga olish nimalardan iborat? 10. Moliyaviy natijalar, ularning ahamiyati va aniqlash tartibini bayon eting. 11. Yakuniy moliyaviy natijani hisobga olish va schyotlarda qayd qilish qanday amalga oshiriladi? 388 10-BOB. MOLIYAVIY (BUXGALTERIYA) HISOBOT 10.1. Moliyaviy hisobotning moxiyati va ahamiyati. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishi uchun eng avvalo: o’zining o’tgan hisobot davridagi moliyaviy xo’jalik faoliyatini aks ettirishi, tahlil qilishi va baholashi; tashqi (investorlar, davlat muassasalari va yuqori tashkilotlar) va ichki iste’molchilar uchun o’zining moliyaviy xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ma’lumotlarni bir tizimga keltirgan holda yig’ib taqdim qilishlari lozim. Ushbu talablardan kelib chiqqan holda mulkiy va tashkiliy shakllaridan qat’iy nazar har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining o’tgan davrdagi moliyaviy xo’jalik faoliyatini yoritishi va unga baho berishi, ya’ni hisobot tuzishi shart. Chunki hisobotda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ma’lum davrdagi shart-sharoiti va faoliyatining natijasini yoritadigan ko’rsatkichlarning tizimi aks ettiriladi. Chunonchi: joriy hisob ko’rsatkichlaridan olingan qisqa ma’lumotlar; moliyaviy xo’jalik faoliyatini yorituvchi jamg’arma ma’lumotlar. Hisobot buxgalteriya hisobi jadvalining tugallanuvchi bosqichi hisoblanib, joriy hisobning hamma shakllarida jamg’arilgan ma’lumotlarga asosan tuziladi: tezkor (operativ) hisobning ma’lumotlari; buxgalteriya hisobining ma’lumotlari; statistika hisobining ma’lumotlari. Hisobot orqali sifat, miqdor va qiymat ko’rsatkichlari yordamida sub’ektning faoliyatiga tavsif beriladi. Tasdiqlangan shakllardagi buxgalteriya hisobotida sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar, ishlab chiqarish xarajati, sub’ektning mulki, moliyaviy holati va xo’jalik faoliyatining natijalari bo’yicha ma’lumotlar ma’lum tizimda aks ettiriladi. Bizga ma’lumki buxgalteriya hisobini yuritish jarayoni asosan to’rtta bosqichdan iboratdir: har bir voqea (muomala) xujjatlashtiriladi; ushbu voqea (muomala)dagi ma’lumotlar guruhlashtirilib bir xil ko’rinishdagi ma’lumotlarga aylantiriladi, ya’ni buxgalteriya hisobining schyotlarida qayd qilinadi; 389 Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl va mazmundagi hisobot shakllari to’lg’aziladi; xo’jalik faoliyatini baholash va uni yana ham rivojlantirish maqsadida tadbirlar belgilash uchun hisobot ma’lumotlari tahlil qilinadi. Ushbu bosqichlar bir butun bulib o’rganish jarayonida ushbu birlikka va ularning o’zaro bog’lanishiga e’tibor berish lozim. Buxgalteriya hisoboti sub’ektning kelgusidagi ishini rivojlantirish, nazorat qilish va uni baholash, jamoa, ta’sischilar, aksiyadorlar, boshqaruv muassasalari va qiziquvchi tashkilotlar uchun eng asosiy axborot manbai hisoblanadi. Hisobotlar asosan quyidagi belgilarga muvofiq bir biridan farq qiladi: taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning hajmi bo’yicha; qanday maqsad uchun tuzilishi; qamragan davri bo’yicha. Ma’lumotlarning hajmiga qarab hisobotlar quyidagicha guruhlanadi: qisman - sub’ektning aniq u yoki bu bo’limning faoliyatini tavsiflaydigan va baholaydigan ma’lumotlarni jamg’aradi; umumiy - sub’ektning jami xo’jalik faoliyatini tavsiflaydigan va baholaydigan ma’lumotlarni jamg’aradi. Foydalanish maqsadiga qarab quyidagicha guruhlanadi: tashqi - sub’ektning faoliyati bilan manfaatdor yoki unga qiziquvchi shaxslar foydalanishi uchun, sub’ektning faoliyat turi, daromadining darajasi va mulkining ahvoli to’g’risidagi ma’lumotlar. Bu hisobotni matbuotda e’lon qilish zaruriyati tug’iladi va xalqaro terminda "Omma uchun" deb ham yuritiladi; ichki - xo’jalik ma’muriyatining talabi uchun tuziladigan hisobotlar. Qamragan davri bo’yicha hisobotlar quyidagicha guruhlanadi: davriy hisobot - yil ichida tuziladigan kundalik, haftalik, oylik, kvartallik va yarim yillik hisobotlari; yillik - sub’ekt faoliyatining yillik ko’rsatkichlarini chuqur va to’liq qamragan ma’lumotlar yig’iladi. Hisobotni chuqur o’rganib va tahlil qilib erishilgan muvaffaqiyatlarning omillari, kamchiliklarining sababini aniqlash va ularni tugatish uchun tadbirlar belgilashga asos bo’ladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling